Hamidulla Dadaboyev


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/63
Sana18.10.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1709231
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   63
Bog'liq
h.dadaboev o‘zbek terminologiyasi

nigilist, sotsialist, oportunist, kommunist va h.k.). Biroq aksariyat hollarda 
terminlar yasashda qatnashgan suffikslar o‘zbek tilining aynan bir xil
o‘xshash affikslari bilan almashtiriladi.
So‘z yasovchi suffikslari –chi affiksi bilan almashtirilgan 
terminlar
a) - ist: tank-chi (tankist), traktor-chi (taktorist), shtanga –chi 
(shtangist), parashyut-chi (parashyutist), roman-chi (romanist), torpeda-chi 
(torpedist), radiometr-chi (radiometrist), monarxiya-chi (monarxist), futbol-
chi (futbolist), signalchi (signalist) va h. k.; 
b) - nik: transport-chi (transportnik), montaj-chi (montajnik), 
neft-chi (neftyanik), desant-chi (desantnik) va h. k.;
v) - shik: armatura–chi (armaturshik), tunnel-chi (tunnelshik), 
tramvay-chi 
(tramvayshik), 
falsovka–chi 
(falsovshik; 
falsovshitsa), 
postanovka-chi (postanovshik), signal-chi (signalshik) va h. k.; 
g) - chik: proxod-chi (proxodchik), raketa-chi (raketchik), 
razvedka-chi (razvedchik), prokat-chi (prokatchik), parketchi (parketchik) 
va h. k.;
d) - ovshik// -lshik: kran-chi (kranovshik), seyalka-chi 
(seyalshik), nivelirovka-chi (nivelirovshik), shtamp-lovchi, shtampovka-chi 
(shtampovshik) va h.k.; 
y) – yor: lift-chi (liftyor), bashnya-chi (bashnyor), eksport-chi 
(eksportyor), import-chi (importyor), boks-chi (boksyor) va h. k.;


– 
tor: 
aviasiya-chi 
(aviator), 
eksperiment-chi 
(eksperimentator), 
ekspropriasiya-chi 
(ekspropriator), 
evakuasiya-chi 
(evakuator), dekorasiya-chi (dekorator) va h.k.; 
i) - sk (iy): gvardiya-chi (gvardeyskiy; gvardeyets), polisiya-chi 


101
(politseyskiy) va h. k.; 
k) - smen: rekord-chi (rekordsmen), sport-chi (sportsmen), 
polisiya-chi (polismen), yaxta-chi (yaxtsmen) va h. k. 
l) - ant: diversiya-chi (diversant) va h. k. 
Shunday qilib, shaxs oti, muayyan kasb-hunar egasi nomi hamda 
shaxsning holati, ahvoli, vaziyatini ifodalovchi ruscha suffikslarni o‘zbekcha 
(turkiy) –chi affiksi bilan almashtirish natijasida quyidagi jihatlar 
voqelanadi: a) ruscha-baylalmilal so‘zning asosi o‘zgarmagan holda yangi 
termin yasaladi ( respublika-chi – respublikanets, dozimetr-chi – dozimetrist, 
medalchi-medalist); b) o‘zlashma asos shakli to‘la tiklangandan so‘ng yangi 
termin yuzaga keladi( seleksiya - chi – seleksioner, seyalka - chi – seyalshik) 
va h.k. 
O‘zbek tiliga o‘zlashgan fe’ldan yasalgan ot – terminlar. 
Ma’lumki, rus tilida fe’ldan yasalgan ismlar – ni(ye), -k(a), -atsi(ya),-
izatsi(ya), -fikatsiya singari suffikslar ko‘magida hosil qilinadi. Mazkur 
suffiksli terminlar o‘zbek tili terminologiyasi sistemasiga o‘zlari ifodalovchi 
realiyalar va tushunchalar bilan birgalikda tayyor til birliklari sifatida kirib 
keladi. Masalan: amortizatsiya, nevrotizatsiya, neyrulyatsiya, anneksiya
assimilyatsiya, artikulyatsiya, alliteratsiya, aeronavigatsiya, korporatsiya
kriminalistika, kriminologiya, leksikologiya, intonatsiya, dissimilyatsiya va 
h.k. 
Shu bilan bir qatorda, fe’ldan yasalgan ot – terminlar o‘zlashtirish 
jarayonida o‘zbek tili ta’siriga uchraydi va fe’ldan ot yasovchi suffikslar 
hech bir qiyinchiliksiz o‘zbekcha –lash,- lashtirish kabi faol affikslar bilan 
almashtiriladi. Ba’zi bir ashyoviy materiallarga murojaat qilamiz: 
a) - ni (ye): akkredit-lash (akkreditovaniye), kod-lash 
(kodirovaniye), 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling