Hamidulla Dadaboyev


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/63
Sana18.10.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1709231
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
Bog'liq
h.dadaboev o‘zbek terminologiyasi

havoisitgich 
(vozduxonagrevatel), 
havosovutgich 
(vozduxooxladitel), havotozalagich (vozduxoochistitel) va h.k. So‘nggi 
paytlarda birinchi komponenti qisqartmalardan tashkil topgan ikki 
komponentli terminlarning o‘zbek tili terminlar tizimida faol qo‘llanishi 
kuzatilmoqda. Chunonchi, internet tarmog‘ida qo‘llanayotgan DNS serveri,
BGP bayonnomasi, NSFNET tarmog‘i, ISDN standarti, BRI interfeysi, 
CASE tizimi shular jumlasidandir.
Ruscha-baynalmilal murakkab qo‘shma terminlarning o‘zlashishi. 
Hozirgi o‘zbek terminologiyasi tizimida haddan ziyod miqdordagi ruscha-
baynalmilal murakkab qo‘shma terminlar qo‘llanmoqda. Ushbu murakkab 
qo‘shma terminlarning ma’lum qismi o‘zbek tili tomonidan tayyor, asl holda 
o‘zlashtiriladi: general–mayor, unter – ofitser, shtab – kvartira, samolyot – 
snaryad, pistolet–pulemyot, marsh–parad, radiometr–rengenometr, shtab-
kvartira va h.k. Bunday o‘zlashmalar o‘zbek terminologiyasining salmoqli 


103
ulushini tashkil etadi. 
Boshqa bir guruh murakkab qo‘shma terminlarning so‘z tartibi 
o‘zbek tiliga o‘zlashish asnosida o‘zgaradi: uchuvchi –inspektor (lyotchik-
inspektor), kosmonavt- uchuvchi (lyotchik – kosmonavt), mexanik - injener 
(injener – mexanik), amfibiya - tank (tank –amfibiya), buldozer – tank 
(tank-buldozer), urolog- vrach (shifokor) (vrach –urolog) va h.k . 
Ruscha-baynalmilal murakkab qo‘shma terminlarning uchinchi 
guruhi o‘zlashish jarayonida qisman yoki to‘la o‘zbekcha leksik birliklar 
bilan almashtiriladi: 
Murakkab qo‘shma terminning komponentlaridan biri o‘zbekcha so‘z 
bilan almashtiriladi ( yoxud kalkalanadi): shlem-niqob (shlem-kaska), 
samolyot – nishon (samolyot –mishen), havo desanti (vozdushno-desantniy), 
o‘qchi –radist (strelok –radist), mina – tuzoq (mina-lovushka), odam-
amfibiya (chelovek-amfibiya), kilovatt-soat (kilovatt-chas), maktab-internat 
(shkola – internat), alfa-nurlar (alfa-luchi), alfa-yemirilish (alfa –raspad), 
gamma-nurlar (gamma – luchi), depozit hisobi (depozitniy schyot),
fyuchers bitimlar (fyuchersniye sdelki), elektron to‘lovi (elektronnaya plata) 
va h.k. Bunga o‘xshash terminlarning so‘z tartibi o‘zbek tiliga o‘zlashish 
chog‘ida saqlanib qoladi. 
Murakkab qo‘shma terminning komponentlaridan biri o‘zbek tilidagi
mutanosib so‘z bilan almashtiriladi ( yoki kalka yo‘li bilan tarjima qilinadi). 
Bunday holatda murakkab qo‘shma terminlarning so‘z tartibi o‘zbek tilida 
o‘zgaradi: tutuvchi – samolyot (samolyot-perexvatchik), buzg‘unchi – 
samolyot 
(samolyot-narushitel), 
raketaeltar-samolyot 
(samolyot-
raketanosets), demokrat-shoir (poet-demokrat) va h.k. 
Murakkab qo‘shma terminlarning har ikki komponenti o‘zbekcha 
ekvivalenti bilan almashtiriladi (yoxud kalkalanadi). Bunday vaziyatda 
o‘zlashma terminning so‘z tartibi o‘zgarishga uchramaydi: o‘ra-tuzoq 
(yama-lovushka), uchish – qo‘nish (vzlyotno-posadochniy), harbiy-havo
(voyenno-vozdushniy), harbiy-dengiz (voyenno-morskoy), harbiy-dala 
(voyenno-polevoy), ijtimoiy-iqtisodiy (obshestvenno-ekonomicheskiy) va 
h.k. Ayni holat o‘zlashma termin-birikmalarni kalkalashda ham aks etadi: 
davlat qarzi (gosudarstvenniy dolg), to‘lov qog‘ozi ( platyojnoye 
izvesheniye), to‘lov tartibi (platyojniy poryadok), meyoriy-huquqiy hujjatlar 
(normativno-pravoviye dokumenti) va h.k. 
O‘zlashma murakkab qo‘shma terminlarning har ikki komponenti 
o‘zbekcha mutanosibi bilan almashtiriladi (yoxud kalkalanadi), bunda 
murakkab qo‘shma terminlarning so‘z tartibi o‘zgaradi: mutaxassis – askar 
(soldat-spetsialist), mo‘ljalchi-o‘qchi (strelok-navodchik), qiruvchi-uchuvchi 
(lyotchik-istrebitel), kuzatuvchi–uchuvchi (lyotchik-nablyudatel), sinovchi – 
uchuvchi (lyotchik-ispitatel) va h.k 
Hozirgi o‘zbek tili terminologiyasida kalkalash yo‘li bilan yangi 
termin yasash masalasiga alohida diqqat qaratiladi. Ruscha-baynalmilal 
terminlarni to‘la yoki qisman tarjima qilish usuli bilan hosil qilingan o‘zbek 
tili terminlari mavjud terminologiya tizimining yana ham kengayishi va 


104
boyishida muhim ahamiyat kasb etadi. 
O‘n to‘qqizinchi asrning ikkinchi yarmi – yigirmanchi asr boshida 
ruscha-baynalmilal leksikaning o‘zbek tili so‘z boyligi tarkibiga shiddat 
bilan kirishi kuzatiladi. O‘zbek adabiy tili xorijiy so‘z va terminlarni 
o‘zlashtirish jarayonida ularni nafaqat tayyor, asl holda qabul qildi, balki 
kalkalash usuliga tayangan tarzda to‘laligicha yoxud qisman tarjama qilish 
yo‘lidan bordi. XX asrning boshlarida ko‘pgina ruscha-baynalmilal 
terminlar o‘zbek tiliga o‘girilgan edi. Chunonchi: uchuvchi (aviator), tintuv 
(obisk), ot quvvati, ot kuchi (loshadiynaya sila), otashxona (parovoz), otash 
kema (paroxod, korabl), davlat dumasi (gosudarstvennaya duma), dunyo ilmi 
(svetskiye nauki), erkinlik (svoboda), jadidchi (novator), spirtlik ichkuliklar 
(spirtniye napitki) shular jumlasidandir (Usmonov 1981). Bunga o‘xshash 
ancha erta yasalgan terminlarning aksariyati til qonuniyatlariga bo‘ysungan 
holda hozirgi o‘zbek tilida faol qo‘llanishda davom etmoqda. 
Xullas, hozirgi zamon o‘zbek tili terminologiyasi ruscha-
baynalmilal elementlarni struktur (so‘z yasovchi) hamda semantik kalkalash 
orqali sezilarli tarzda boyib bormoqda. 
Struktur kalkalash yasama so‘zlar, qo‘shma so‘zlar va so‘z birikmalari 
chegarasida sodir bo‘ladi. 
Yasama terminlarni kalkalash. Chet (rus) tili yasama terminlarini 
kalkalash jarayonida o‘zbek tilida bor bo‘lgan mutanosib asos hamda so‘z 
yasovchi affiks tanlanadi. Buning natijasida o‘zbek tilida mutlaqo yangi 
termin hosil bo‘ladi, bunday terminlar ayniqsa ilm-fan va texnika 
terminologiyasi tizimida keng ko‘lamda aks etgan: to‘g‘rilagich 
(vipryamitel), taqsimlagich (raspredelitel), ko‘targich (podyomnik),  itargich 
(tolkatel), tebranish (amplituda), oziqlagich (pitatel), iqlimlashish, 
iqlimlashtirish (akklimatizatsiya), o‘rmonshunos (lesovod), issiqxona 
(teplitsa), davlatshunos (gosudarstvoved), hissador (dolshik), vasiyatchi 
(zaveshatel), buyurtmachi (zakazchik), tamg‘alash (kleymeniye), moydon 
(maslyonka), portlatgich (vzrivatel) va h.k.
Qo‘shma terminlarni kalkalash. Qo‘shma terminlarni kalkalab tarjima 
qilish jarayonida ularning har ikki komponentiga mutanosib tushadigan 
o‘zbekcha so‘z tanlanadi. Xususan: yarimo‘tkazgich (poluprovodnik), 
shaltoqsepgich 
(jijerazbrasivatel), 
ariqkovlagich 
 
(kanavakopatel), 
suvo‘lchagich (vodomer), gazo‘lchagich (gazomer), tezotar (skorostrelniy), 
moyjuvoz (masloboyka), bug‘tarqatgich (paroraspredelitel), tulkiquyruq 
(lisoxvost), yog‘och kesuvchi (lesorub), muzyorar (ledokol), kamqonlik 
(malokroviye), arzonbaho (malotsenniy), junqanot (zool.sherstokril), 
asalxo‘r (zool. medoyed), qisqa metrajli (korotkometrajniy), qiziltan 
(krasnokojiy), 
qizilqanot 
(zool. 
krasnoperka), 
kartoshkaekkich
(kartofelesajalka), 
kartoshkaqazgich 
(kartofelekopatel), 
suvgul 
(bot. 
vodokras), suvqovoq (bot.gorlyanka) singari katta miqdordagi terminlar 
ayni shunday yo‘l bilan hosil qilingan. 
Internet tarmoqlarida qo‘llanayotgan katta miqdordagi ikki tarkibli 
termin-birikmalarning birinchi komponenti inglizcha, ikkinchi komponenti 


105
esa o‘zbekcha so‘z bilan berilmoqda. M.: Banyan tarmog‘i, Internet 
tarmog‘i, Internet banki, Internet texnologiyasi, Internet provayderi va h.k.
Ayrim hollarda ikki tarkibli o‘zlashma terminlarning birinchi 
komponenti inglizcha leksemalarning qisqargan bosh harfi, ikkinchi 
komponenti esa o‘zbekcha elementdan tashkil topishi kuzatiladi: DNS 
serveri, BGP bayonnomasi, NSFNET tarmog‘i, CASE tizimi va h.k. 
Bugungi kunda internet terminlari tizimida faol ishlatilayotgan 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling