Hamidulla Dadaboyev
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
h.dadaboev o‘zbek terminologiyasi
soqchi, malham, shifokor, bosh shifokor, saraton, qorason, hay’at, bo‘hron,
muhr, yorliq, taftish singari turfa sohalarga oid terminlar bugungi kunda millat vakillari tilida faol ishlatilmoqda. Xullas, istiqlol tufayli anchagina eskirgan so‘z va istilohlar o‘zbek tili lug‘at tarkibidan qayta o‘rin egalladi va ular millat vakillarining kundalik muloqati uchun zarur vazifani bajarishda xizmat qilmoqda. Terminologiyaga doir adabiyotlarda ta’kidlanishicha, motivlanmagan, ya’ni belgili terminlar o‘z tarkibiga tilda mavjud tub leksik birliklar,boshqa tillardan kirgan o‘zlashmalar, kalkalar, shuningdek, o‘z so‘zlardan semantik (metonimik) ko‘chim orqali hosil bo‘lgan terminlarni qamrab oladi. O‘zlashmalarning har qanday til taraqqiyoti va boyishi qonuniyatining manbalaridan biri ekanligi sir emas. O‘zlashtirish jarayoni murakkab hodisa bo‘lib, lingvistik hamda ekstralingvistik omillar bilan chambarchas bog‘langan. Ijtimoiy – siyosiy, tijoriy-iqtisodiy, diniy munosabatlar, madaniy aloqalar, bir tildan boshqa tilga qilinadigan adabiy tarjimalar va h.k. natijasida u yoki bu til lug‘at tarkibida o‘zlashmalar paydo bo‘ladi. Tabiiy, ushbu hodisa boshqa qarindosh bo‘lmagan tillardan kirgan katta miqdordagi o‘zlashmalarga ega o‘zbek adabiy tili uchun ham taalluqlidir. Uzoq muddatli tarixiy taraqqiyot davomida o‘zbek xalqi o‘zga xalq va millatlar bilan mustahkam siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ilmiy va lisoniy munosabatlarda bo‘lgan. Bunday aloqlar natijasida o‘zbek adabiy tilining lug‘at tarkibi yangi tushunchalar hamda realiyalar hisobiga yanada boyidi va boyib bormoqda. O‘zbek adabiy tiliga kelib chiqishi nuqtai nazaridan turfa va rang-bararang so‘zlar o‘zlashgan. Kalkalash so‘z o‘zlashtirishning oliy shakli bo‘lib, tilning bugungi kundagi lug‘at tarkibi kengayishi va boyishida juda faolligi allaqachon aniqlangan. Kalkalash jarayoni o‘zbek tilining barcha terminologik sistemalariga xos bo‘lib (Shaaxmedov 1974), asosan ikki ma’lum, ya’ni: a) sturuktur (so‘z yasash), b) semantik kalka turi orqali reallashadi. Bu tizimda, shubhasiz, struktur kalkalar yetakchilik qiladi. Struktur (so‘z yasash) kalkalar sirasiga o‘zbek adabiy tili vositalari yordamida boshqa tillarga oid modellardan, ularning morfologik qismlarini tarjima qilish bilan yasalgan terminlar kiradi. Muayyan tilning leksik – so‘z yasash materiallari negizida hosil qilingan struktur kalkalar tom ma’nodagi o‘zlashma hisoblanmaydi (Tixonov 1991; 136). Hozirgi o‘zbek terminologiyasi tizimida chet tillarga xos elementlarning alohida miqdori mavjud bo‘lib, ularni kalkalashga hech qanday hojat yo‘q. Masalan, telefon, telegraf, traktor, tank, izotop, indikator, orden, bolt, arfa, ring, xokkey, departament, parlament, mina, import, eksport, antenna, armatura, prokuror, aerobus, avtobus, metro, ampermetr, motor, dizel, astronavt, mexanik, radiotexnik, proton, neytron, elektron, 100 radioaktiv, distributiv, audiovizual, identifikatsiya, autentifikatsiya, retranslyatsiya,divergensiya, dissimilyatsiya, iyeroglif , diftong kabi ruscha- baynalmilal xarakterdagi ko‘pgina terminlar tarkiban o‘ta rang –barang bo‘lib, texnika, ilm-fan, madaniyat, san’atning hamma sohalarini qamrab olgan. Bunday yuzaga kelishni ifodalovchi hamda muttasil rivojlanuvchi terminlar qatlami o‘zbek tilining mulkiga aylangan. Hozirgi paytda ham tayyor terminlarni o‘zlashtirish jarayoni o‘z faolligini saqlab qolmoqda. Ayni chog‘da, o‘zbek tili ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy- texnikaviy va h.k. sohalari terminologiyasi tizimida o‘zbek tili qonunlariga bo‘ysungan holda muayyan qismi o‘zbek tilining so‘z yasovchi elementlari bilan almashtirilgan ulkan miqdordagi ruscha-baynalmilal terminlar qo‘llanmoqda. So‘z yasovchi suffiksi o‘zbek tili affiksi bilan almashtirilgan o‘zlashma – terminlar. Rus tili terminologiyasi tarkibining salmoqli ulushini so‘z yasovchi suffikslar bilan yasalgan, motivlangan terminlar tashkil qiladi (Istoriya leksiki russkogo literaturnogo yazika 1981; 152-166). So‘z o‘zlashtirish jarayonida kam miqdordagi terminlar so‘z yasovchi suffikslari bilan birga o‘zlashtiriladi (metallist, militarist, motorist, Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling