Hamidulla Dadaboyev


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/63
Sana18.10.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1709231
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   63
Bog'liq
h.dadaboev o‘zbek terminologiyasi

O‘n 
ikkinchi 
mavzu: 
O‘zbek 
terminologiyasini 
takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar 
Reja:
1.O‘zbek terminologiyasi tizimida arxaizmlarning o‘rni. 


98
2. Soha terminologiyasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar. 
3. Terminlarni unifikasiyalash va tartibga solish. 
Asosiy tushunchalar: arxaizm, eskirgan so‘z, istiloh, motivlangan, 
motivlanmagan, semantik ko‘chim, kalkalash, so‘z yasovchi affiks, suffiks, 
tushuncha, element, almashtirish, fe’ldan yasalgan ot-terminlar. 
Arxaizmlar ostida o‘tmishda faol qo‘llangan, biroq vaqt-zamon 
o‘tishi bilan ishlatilish chastotasi o‘ta susaygan yoxud o‘rnini tub yoki 
o‘zlashmalarga bo‘shatib berishga majbur bo‘lgan leksik birliklar nazarda 
tutiladi. Arxaizmlar o‘zbek tili so‘z boyligining shakllanish va 
rivojlanishining bizga ma’lum barcha davrlarida mavjud bo‘lgan. Sobiq 
sho‘rolar hukmronligi davrida o‘zbek tili leksikasida qadimdan faol 
qo‘llanib kelgan ko‘pdan-ko‘p tub hamda arab va fors-tojik tilidan turli 
omillar oqibatida o‘zlashgan so‘z va iboralar ruscha yoki rus tili orqali 
G‘arbiy Yevropa tillaridan kirib kelgan leksik birliklar bilan almashtirilgan 
edi. Buning natijasida, eski turkiy til va eski o‘zbek adabiy tilida ishlatilgan 
minglab so‘zlar, terminlar eskirgan, ya’ni arxaizmlar sirasiga kirib qolgan 
edi. O‘zbek tilining 1980 yilda Moskvada nashr qilingan ikki tomdan iborat 
izohli lug‘atida talaygina so‘zlarga eskirgan belgisi qo‘yilgani ma’lum.
O‘zbekiston Respublikasi 1991 yilda o‘z mustaqilligini qo‘lga 
kiritgach, mamlakat rahbariyati va hukumati oldida yuqoridagi nohaqlikka 
barham berish, moziyda ajdodlar tilida keng ko‘lamda ishlatilgan so‘z va 
terminlarga qayta jon ato etib, ularga til so‘z boyligidan munosib o‘rin 
berish, ya’ni eskirgan tamg‘asi bosilgan leksik birliklarni ruscha va u orqali 
tilimizga zo‘rma-zo‘raki olib kirilgan g‘arbiy yevropacha so‘z va istilohlar 
o‘rnida qo‘llash borasida jiddiy harakatlar amalga oshirildi. Buning natijasi 
o‘laroq, o‘zbek tilining leksik tarkibi, xususan, terminlar tizimida sezilarli 
o‘zgarishlar yuz berdi. Ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan 
ushbu hodisa oqibatida ko‘pdan-ko‘p eskirgan so‘zlar qaytadan muomalaga 
olib kirildi, va aksincha, totalitar tuzum va kommunizm qurish g‘oyasi, 
mafkurasi bilan bog‘liq tushunchalar insonlar turmush tarzidan chiqib 
ketgach, ularni ifodalovi ko‘pgina so‘z va terminlarni ishlatishga ortiqcha 
hojat qolmadi. Chunonchi, demokratik sentralizm, sotsializm, tarixiy 
materializm, ilmiy kommunizm kabi termin va birikmalar tarix sahifasidan 
o‘rin oldi. Aksincha, tom ma’nodagi erkin va ozod davlat barpo etish 
mafkurasi ostida o‘z yo‘lini tanlab olgan o‘zbek xalqi turmish tarzida paydo 
bo‘lgan mutlaqo yangi tushunchalar va realiyalar eski so‘zlar qatoriga 
kiritilgan leksemalar yordamida ifodalandi. Bunday holat ayniqsa, ijtimoiy-
siyosiy va sotsial-iqtisodiy terminlar tizimida ravshan ko‘zga tashlandi. 
Davlat boshqaruv strukturasining ijrochi, qonun chiqaruvchi va nazorat 
qiluvchi organlariga taqsimlanishi shu sohalarga oid terminlar tizimining sof 
o‘zbekcha yoki arabcha va forscha-tojikcha so‘zlar hisobiga kengayishiga 
olib keldi. O‘zbek tili ijtimoiy-siyosiy terminlar tizimidan vazir, bosh vazir, 
vazirlik, viloyat, tuman, qo‘rg‘on, hokim, viloyat hokimi, tuman hokimi, 
hokimlik// hokimiyat, oqsaqol, qishloq oqsoqoli singari arxaizmlar 


99
mustahkam o‘rin oldi. Jarayon, ma’ruza, mavzu, hujum, hamla, ilg‘or, 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling