Affikslar yordamida so'z yasash


Download 63.05 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi63.05 Kb.
#226136
Bog'liq
Affikslar yordamida so'z yasash

Affikslar yordamida so'z yasash


Affiksatsiya usuli
  • So‘zning o‘zak yoki negiziga sifat yasovchi qo‘shimchalar qo‘shish orqali narsaning belgisini bildiradigan yangi so‘zlar yasash usulidir. Sifat yasovchi qo‘shimchalar o‘zakka qo‘shilib kelish o‘rniga ko‘ra ort va old yasovchilarga bo‘linadi. Bu yasovchilar ko‘pincha ot yoki fe’l asosli o‘zak va negizlardan sifat yasaydi.

- li: ot asosdan anglashilgan narsaga egalik belgisini anglatadi: miltiqli, uchli, kuchli, sutli; ba’zan bu affiks fe’lning harakat nomi

shaklidan: yeyishli, o‘tirishli hamda

sifatdosh shaklidan ham sifat yasaydi: tushunarli, qiziqarli.

- siz: asosdan anglashilgan narsaga ega emaslik belgisini anglatadi: sutsiz, suvsiz, kuchsiz.

be-: bu qo‘shimcha - siz affiksining sinonimidir: beminnat, betinim, beparvo, beg‘am.

no-: ot va sifat turkumiga mansub so‘zlardan sifat yasaydi: noumid, noiloj, noo‘rin, noto‘g‘ri, nomunosib, noma’qul.

- chan: asosdan anglashilgan xususiyatga moyillik belgisini ifodalovchi sifat yasaydi: ishchan, uyatchan , sinovchan, ta’sirchan.

- chil: asosdan anglashilgan narsa belgisini ifodalaydi: dardchil, izchil, epchil.

- iy\-viy: asosdan anglashilgan narsaga oidlik, tegishlilik belgisiga ega sifat yasaydi: tarbiyaviy, ommaviy, oilaviy, g‘oyaviy.

Otdan sifat yasovchi affikslar

Mazkur affiks bilan birga arab tilidan kirib kelgan lug‘aviy, maishiy, jinoiy, jiddiy, madaniy kabi so‘zlar o‘zbek tilida ma’noli

qismlarga ajralmaydi. Shu bois ular tub so‘z hisoblanadi.

- gi, -ki, -qi: asosdan anglashilgan narsaning payt va o‘ringa ko‘ra belgisini ifodalaydi: yozgi, qishki, kechki, ichki, tashqi.

- simon: asosdan anglashilgan narsaga o‘xshashlik belgisini ifodalaydi: odamsimon, kumushsimon, tuxumsimon.

- shumul: asosdan anglashilgan darajaga egalik belgisini anglatadi: olamshumul, jahonshumul.

- dor: asosdan anglashilgan narsaga egalik belgisini hosil qiladi: mazmundor, bo‘ydor, unumdor, puldor, rangdor.

- mand: asosdan anglashilgan narsaga egalik belgisini anglatadi: davlatmand, orzumand, kasalmand.

- kor: asosdan anglashilgan xususiyatga kuchli darajada egalik belgisini hosil qiladi: fidokor, ehtiyotkor, isyonkor, omilkor, naqshinkor.

- i: asosdan anglashilgan narsaning millat, joy yoki vaqtga oidligini bildiruvchi sifat yasaydi: qozoqi, qishloqi, bahori.

- cha: asosdan anglashilgan narsaning millat, joy yoki miqdorga oidligini bildiruvchi sifat yasaydi: o‘zbekcha, farg‘onacha, otiqcha, erkakcha.

- parvar: shaxsning asosdan anglashilgan narsani sevishi, unga sadoqati belgisini bildiruvchi sifat yasaydi: xalqparvar, vatanparvar, adolatparvar.

- aki: asosdan anglashilgan narsaining harakat usuliga ko‘ra belgisini ifodalaydi: og‘zaki, zo‘raki, xomaki, qalbaki.

- namo: narsadan anglashilgan xususiyatga egalik belgisini ifodalaydi: majnunnamo, avliyonamo, darveshnamo.

Bulardan tashqari -kash (dilkash, hazilkash), -gar(ishvagar, sitamgar), -chil (dardchil, xalqchil), -don (gapdan, bilimdon), -msiq (qarimsiq),

-m (qaram), -lom (sog‘lom), -qa (qisqa), -lik(ko‘rpalik, ko‘ylaklik mato), -omuz (hazilomuz, ibratomuz) kabi kam unum affikslar orqali ham sifat yasaladi.



Otdan sifat yasaydigan affikslar

choq\-chaq\-chiq. O‘zlik nisbatdagi fe’llarga qo‘shilib, harakat bajarishga moyillikning kuchliligini ifodalovchi sifat yasaydi: maqtanchoq, tortinchoq, kuyinchak, erinchoq, sirpanchiq, qizg‘anchiq.

-gir\-qir\-g‘ir\-kir. Fe’ldan anglashilgan harakatning kuchliligini ifodalovchi sifat yasaydi: topqir, uchqur, chopqir, olg‘ir, sezgir, keskir.

-ma. Narsaning fe’ldan anglashilgan harakat vositasida yuzaga kelishini anglatuvchi sifat yasaydi: qaynatma (sho‘rva), burma (ko‘ylak), ko‘chma (ma’no), ag‘darma (etik).

-k\-q\-iq\-uk\-uq\-ak. Harakatning natijasi bo‘lgan holat belgisini ifodalovchi sifat yasaydi: iliq, siniq, yig‘loq, chirik, oqsoq, yumshoq, bo‘lak.

Fe'ldan sifat yasaydigan affikslar

-ki\-qi. Fe’l va taqlid so‘zlardan sifat yasaydi: sayroqi, buzuqi, yig‘loqi, jizzaki, jirtaki.

-kin\-qin-\-g‘in. Fe’l asosiga qo‘shilib, holat, xususiyat ma’nosidagi sifat yasaydi: tushkun, jo‘shqin, ozg‘in, turg‘un.

-mon. Asosdan anglashilgan harakatni bajarish qobiliyati kuchli ekanligini anglatuvchi sifat yasaydi: bilarmon, o‘larmon, yeyarmon.

-ag‘on. Fe’ldan anglashilgan harakatni bajarish qobiliyati kuchli ekanligini anglatuvchi sifat yasaydi: topag‘on, bilag‘on, chopag‘on.

-mas. Harakatning inkoriy belgisi bo‘lgan sifat yasaydi: yengilmas, o‘tmas, qo‘rqmas, ajralmas, qaytmas, buzilmas.

-ch. faqat fe’ldan sifat yasaydi: jirkanch, tinch, shoshilinch, tiqilinch.

- qoq\-g‘oq: harakatni bajarishga moyilligi kuchli ekanligini anglatuvchi sifat yasaydi: qochqoq, yopishqoq, urushqoq, tirishqoq.



- ildoq. Taqlid so‘zlardan sifat yasaydi: likildoq, shaqildoq.

Fe'ldan sifat yasaydigan affikslar

E'tibor uchun tashakkur!


Download 63.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling