Hamidulla Dadaboyev
partonimik, graduonimik munosabatlar aksini topgan
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
h.dadaboev o‘zbek terminologiyasi
partonimik, graduonimik munosabatlar aksini topgan. Giper-giponimik munosabatlar deyarli barcha terminologik sistemalarda mavjud bo‘lib, tabiat va jamiyatdagi o‘ta murakkab munosabatlarni ifodalovchi o‘ziga xos xususiyatga egaligi bilan xarakterlanadi. Chunonchi, “qon aylanish sistemasining markaziy a’zosi” semamali yurak giperonimining aortal yurak, astenik yurak, atletik yurak, buqoq yurak, limfatik yurak, litral yurak, yo‘lbars yurak, periferik yurak, tireotoksik yurak, fibraid yurak, o‘pka yurak, ho‘kiz yurak; “yiring hosil qiluvchi jarayonlarda ajralib chiqadigan moddalardan zaharlanish” sememali sepsis giperonimining ginekologik sepsis, kiprik sepsisi, kriptogen sepsis, kindik sepsisi, odontogen sepsis, og‘iz sepsisi,tonzillogen sepsis, xirurgik sepsis, chilla sepsisi, yara sepsisi, quloq sepsisi kabi giponimlari tibbiyotda faol qo‘llanadi. Aviatsiya giperonimining qirg‘oq mudofaa aviatsiyasi, yaqinga uchadigan aviatsiya, hamkorlik aviatsiyasi, harbiy-dengiz floti aviatsiyasi, yordamchi aviatsiya, uzoqqa uchuvchi aviatsiya, fuqarolik aviatsiyasi, bevosita pana qiluvchi aviatsiya, harbiy havo mudofaasi (HHM) aviatsiyasi, madadchi aviatsiya, aloqa aviatsiyasi, maxsus topshiriqlar aviatsiyasi, bosh qo‘mondonlik zahira aviatsiyasi singari giponimik qatorlari harbiy terminologiyadan keng o‘rin olgan. Shunga o‘xshash munosabatlarning huquqshunoslik terminologiyasida ham bot-bot namoyon bo‘lishini ko‘rish mumkin. M., sir giperonimi asosida advokat siri, aloqa siri, davlat siri, kasb siri, maslahatxona siri, muassasa siri, omonat siri, yozishmalar siri,tashkilot siri, farzandlikka olish siri, xavfsizlik siri kabi giponimlar voqelangan. Tilshunoslik//lingvistika giperonimi qiyosiy-tarixiy tilshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik, tipologik tilshunoslik, gender tilshunosligi, kognitiv tilshunoslik, pragmatik tilshunoslik, sotsiolingvistika, psixolingvistika, kompyuter tilshunosligi, etnolingvistika, mentalingvistika, neyrolingvistika, biolingvistika singari giponimik qatorlarni yuzaga keltirgan. Ulkan ko‘lamli terminologiya giperonimi arxeologiya terminologiyasi, biologiya terminologiyasi, botanika terminologiyasi, bojxona-soliq terminologiyasi, ijtimoiy-siyosiy terminologiya, kimyo terminologiyasi, musiqa terminologiyasi,sport terminologiyasi,ilmiy- 85 texnikaviy terminologiya, transport terminologiyasi, ekologik terminologiya, harbiy terminologiya, tilshunoslik terminologiyasi, adabiyotshunoslik terminologiyasi,tarixiy terminologiya, zamonaviy terminologiya va h.k. giponimlardan tashkil topgan. Baliq giperonimi giponimlari qatoriga mo‘ylovdor baliq, moybaliq, oq amur, oqcha, sazan, xumbosh baliq, qizilko‘z baliq, do‘ngpeshona baliq, laqqa baliq va h.k. kiritish mumkin. Kompyuter tilshunosligida keng qo‘llanuvchi modellashtirish giperonimi informatsion modellashtirish, imitatsion modellashtirish, iqtisodiy-matematik modellashtirish, lingvistik sodellashtirish, kognitiv modellashtirish, kompyuterli modellashtirish, matematik modellashtirish, matematik-kartografik modellashtirish, molekulyar modellashtirish, mantiqiy modellashtirish, pedagogik modellashtirish, psixologik modellashtirish, statistik modellashtirish, struktur modellashtirish, fizik modellashtirish, evolyutsion modellashtirish kabi giponimlarni qamrab oladi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling