Hamidulla Dadaboyev
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
h.dadaboev o‘zbek terminologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fe’l –terminlarning yasalishi.
ma’naviy (ma’naviyat), ma’rifiy (ma’rifat ), tijoriy (tijorat) va h.k.
Yuqorida keltirilgan ashyoviy misollar o‘tgan asrning 60- yillarida kammahsul deb topilgan –(v)iy affiksining (Kononov 1960;152) hozirgi vaqtga kelib nisbatan unumli affiksga aylanganligidan dalolat beradi. Kezi kelganda aniq fanlar terminologiyasida –(v)iy affiksi ishtirokida atoqli otlar (kishi ismlari, joy nomlari va h.k.) asosida yuzaga chiqqan kyuriy, nilsboriy, eynshteyniy, hamroboyeviy, poloniy (Poloniya-Polshaning lotincha nomi), prometiy (Prometey- 74 afsonaviy qahramon) kabi familyaviy terminlar (Lotte 1961, 427)ning keng qo‘llanishini ta’kidlash o‘rinli. Fe’llardan sifat-terminlar yasashda quyidagi modellar faol sanaladi: – (i) q /(i) k affiksli so‘z yasovchi model Mazkur model o‘zbek tilida fe’l turkumli so‘zlardan nafaqat ot-terminlar, balki sifat-terminlarni hosil qilishda ham unumlidir. -q/-k ( unli asoslardan keyin keladi), - (i)q//-(i)k (undoshli asoslardan keyin keladi) o‘timli fe’llardan passiv ma’nodagi sifat-terminlar, o‘timsiz fe’llardan esa shu fe’lga xos leksik-semantik ma’noga ega sifat-terminlar yasaydi ( Kononov 1960;155): yaltiroq (yaltira-moq), siqiq, ochiq ( til. bo‘g‘in), yopiq (mat.; til.), cho‘ziq (til.), qattiq, o‘lik, chaqiriq (harb.; yur. ) va h. k. – ma affiksli so‘z yasovchi model Mahsuldorligi chegaralangan ushbu model o‘timli fe’llardan passiv ma’noli sifat – terminlarni hosil qilsa: yozma, chizma, terma (sport; mus.), yasama (til.), burama, ko‘chirma (til.) va h.k; o‘timsiz fe’llardan esa ular boshlang‘ich asosiga xos leksik- semantik mazmunni anglatuvchi sifat-terminlarni yasaydi ( Kononov 1960; 155): ko‘chma, yonlama (harb.), og‘ma (mat.), tug‘ma (tib.) va h. k. –qoq//-g‘oq affiksli so‘z yasovchi model Namoyon bo‘ladigan xususiyat, xossani ifodalovchi mazkur kammahsul model ayrim sifat–terminlarni yasaydi: yopishqoq, burishqoq, ilishqoq, qorishqoq, qurushqoq, qaqroq va h.k. – qir/- kir//-g‘ir/- gir affiksli so‘z yasovchi model Bu kammahsul model faol namoyon bo‘ladigan xususiyat, fazilatni anglatadigan sifat-terminlarni shakllantiradi: o‘tkir, uchqir, chopqir, olg‘ir, topqir, keskir, sezgir (tib.) va h.k. Fe’l –terminlarning yasalishi. O‘zbek terminologiyasi tizimida qator affikslar yordamida asosan ot va sifatlardan, ayrim hollarda esa boshqa so‘z turkumlardan yasalgan fe’l – terminlarning katta miqdorda qo‘llanishi kuzatiladi. Ism asoslardan fe’l – terminlar yasashda quyidagi modellar ishtirok etadi: -la affiksli so‘z yasovchi model Ushbu o‘ta mahsuldor model quyidagi ma’no-mazmunli fe’l - terminlarni yasashda xizmat qiladi: a) jarayon, ish-harakat, najijani ifodalaydi: hisob-la-, yiring- la-, shamol -la-, sud-la-, em-la-, o‘g‘ir-la - (o‘g‘ri), payvand-la-, dalil-la-, litsenziya-la- va h.k.; 75 b) boshlang‘ich asosdan anglashilgan narsa-predmet, buyum bilan birga qilinadigan harakatni bildiradi: beton-la-, asfalt-la-, tormoz-la-, shtamp-la-, egov-la-, shifr-la-, press-la-, kumush-la-, bomba-la-, urug‘-la-, kavshar-la-, parma-la- va h.k.; v) kimnidir yoxud nimanidir boshlang‘ich asosdan anglashilgan narsa-predmet, buyum, modda ta’siriga yo‘liqtirish, duchor qilishni bildiradi: o‘q-la-, moy-la-, lok-la-, sement-la-, sirka-la-, tuz-la-, yod-la-, sir-la- va h.k.; g) dastlabki asosga xos belgi-xususiyat, sifat, fazilat, xossa, shakl, tuzilishga ega bo‘lmoq ma’nosini anglatadi: yax-la-, qurt-la- , muz-la-, sho‘ra-la-, gul-la- va h.k.; d) boshlang‘ich asosga oid bo‘lgan xususiyat, xossa, fazilat, ko‘rinish, tuzilish, shakl haqida kimgadir yoxud nimagadir xabar berish ma’nosini ifodalaydi: ayb-la-, saf-la-, dud-la-, chegara-la-, jazo-la-, ko‘l-la-, kurtak-la- va h. k. - lan affiksli so‘z yasovchi model Mazkur sermahsul model tubandagi ma’noli fe’l – terminlarni hosil qiladi: a) dastlabki asosdan anglashilgan narsa, buyumga egalik qilishni bildiradi: qurol-lan -, yaroq-lan-, kasal-lan-, xasta-lan-, qopqoq-lan-, kojux-lan- va h.k.; b) natijani anglatadi: qadoq-lan-, kristal-lan-, gaz-lan-, gudron-lan, botqoq-lan-, osh-lan-, butoq-lan-, tormoz-lan-, davo- lan- va h.k.; v) boshlang‘ich asosdan anglashilgan biror narsaga duchor bo‘lish, uning ta’siri ostida qolish ma’nosini ifodalaydi: zarar-lan-, foyda-lan-, jazo-lan-, zahar-lan- va h.k.; g) jarayon nomini bildiradi: sur-lan-, sir-lan-, nur-lan-, oziq- lan-, o‘g‘it-lan-, oksid-lan-, loyiha-lan-, imzo-lan-, sarf-lan-, saf- lan-, xrom-lan-, ion-lan- (Kononov 1960; 249-250) va h.k. - lash affiksli so‘z yasovchi model -lash affiksli mazkur sermahsul model boshlang‘ich asosning leksik ma’nosidan kelib chiqib, qator fe’l – terminlarni yuzaga chiqaradi. Boshlang‘ich asosdan anglashilgan xususiyat, xossa, fazilat, shakl, holat, vaziyatga egalik qiluvchi jarayon yoxud pirovard natija yoki dastlabki asosdan anglashilgan narsaga aylanish, o‘tish jarayonini ifodalaydi (Kononov 1960; 251) : xira- lash-, sodda-lash-, o‘troq-lash-, chet-lash-, standart-lash-, sust- lash-, konsentratsiya-lash-, demokrat-lash-, radio-lash- , markaz- lash-, kompyuter-lash- va h.k. – lashtir affiksli so‘z yasovchi model -lashtir (-lash-tir) qo‘shimchali bu o‘ta unumli model jarayon, natija, belgi-xususiyat, shakl, vaziyat, holat nomini ifodalovchi fe’l – terminlar yasaydi: gaz-lashtir-, elektr-lashtir-, 76 sikl-lashtir-, chet-lashtir-, chuqur-lashtir-, shablon-lashtir-, ekran- lashtir-, qalbaki-lashtir-, mashina-lashtir-, mexanizatsiya-lashtir-, militarizatsiya-lashtir-, kompyuter-lashtir-, legal-lashtir-, robot- lashtir- va h.k. - lashtiril affiksli so‘z yasovchi model – lashtiril (-lash+tir+il ) qo‘shimchali bu qolip jarayon, natija, belgi-xususiyat nomini anglatuvchi fe’l - terminlarni hosil qiladi: mashina-lashtiril -, maxsus-lashtiril -, mahalliy-lashtiril -, mexanizatsiya-lashtiril-, kompyuter-lashtiril-, milliy-lashtiril-, ixtisos-lashtiril-, avtomat-lashtiril-, aniq-lashtiril-, demokrat- lashtiril-, yer-lashtiril-, robot-lashtiril- va h. k. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling