Hamidulla Dadaboyev


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/63
Sana18.10.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1709231
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   63
Bog'liq
h.dadaboev o‘zbek terminologiyasi

tiši bars “urg‘ochi yo‘lbars”, va h.k. 
Astroponimlar: ay “oy”, kűn “quyosh”, altun yultuz “Cho‘lpon, 
Venera”, Baqïr soqïm “Mars”, Čadan//Čazan// Čayan “Chayon yulduzlar 
turkumi”, Yetigän “”Katta Ayiq”, nujum “astronomiya”, Ot yulduz “Mars”, 
Suv yulduz “Merkuriy”, Topraq yulduz “Saturn”, Yïğač yulduz “Yupiter”, 
yer “yer, zamin” va h.k. 
Anatomik terminlar – yűräk “yurak”, qaraq “ko‘z, ko‘z gavhari”, 
qarïn “qorin”, qol “qo‘l”, baš “bosh”, bağïr “jigar”, ővkä/őpkä  “o‘pka” va 
h.k. 
Tibbiy terminlar – buğan “chipqon”, kaka tau “yiringli yara, 


33
chipqon”, ig “dard, kasallik”, ig ağrïğ “kasallik, dard”, ig kegän “dard, 
kasallik”, adaq ağrïğ “oyoq og‘rig‘i”, ağïz ağrïğ ig “og‘iz kasalligi”, burun 
ağrïğ
 
 ig “burun kasalligi”, boğuz ağrïğ ig “qilizo‘ngach, halqum kasalligi”, 
yűräk ağrïğ ig “yurak kasalligi”, onunč ağrïğ ig “tomog‘ og‘rig‘i kasalligi”, 
qulğaq ağrĭğ ig “quloq kasalligi”, ağrïğčï “kasal, bemor, dardmand”, tib 
“tibbiyot”, čurnï  (sanskrit) “surgi dori” va h.k. 
Ma’dan nomlarlarini anglatuvchi terminlar: altun “oltin, tilla, zar”, 
kűműš “kumush”, teműr “temir”, baqïr “mis” va h.k. 
Dunyo (kurra)ning to‘rt tomoni va vaqt (sutka) o‘lchov birligini 
ifodalovchi terminlar tizimi – kűn ortu 1) “peshin”; 2) “janub”, tűn ortu 1) 
“yarim kecha”; 2) “shimol”, tűn sarï  “” shimol”, taƞ sarï  “”sharq”, kűn 
tuğsïq “sharq, kuntug‘ar”, kűn batsïq “g‘arb, kunbotar”, batar “G‘arb”, 
tuğar “Sharq” va h.k. 
Ilm-fanga oid tushunchalarni ifolalovchi terminlar: bilig, bilim “ilm, 
bilim”, baqšĭ  (xit.) “ustoz, muallim”, darb, tadif (ar.) “ko‘paytirish”, qismat, 
tansif “bo‘lish”, adad (ar.) “raqam, miqdor, son”, kuzur, jazr (ar.) “ildiz”, 
misahat (ar.) “chegara, ildiz chiqarish”, handasa “geometriya”, saqïš  
“arifmetika”, davat (ar.) “siyohdon”, kağid (ar.) “qog‘oz”, xat (ar.) “alifbo, 
xat” va h.k. 
Diniy tushunchalar nomlari (teonimlar): bayat “Tangri, Xudo”, 
bačaq//bačağ “ro‘za”, burxan (xit.) “budda; payg‘ambar, but”, yalabač 
//yalavač //yalafar “payg‘ambar”, savčï
  
“payg‘ambar” va h.k. 
Ekologik terminlar: sűzűk suv “tiniq, ko‘m-ko‘k suv”, tärkin suv 
“balchiqli suv”, et yer “yumshoq yer; yumshoq tuproq”, tatïrlïğ  yer “qattiq 
yer”, qarqağ “o‘tsiz va suvsiz joy, qaqroq”, sarğan yer “sho‘rxok yer”, 
sağïz topraq “sog‘ tuproq”, ačuq kők “ochiq havo” va h.k. 
Keltirilgan misollar qadimgi turkiy til terminologiyasining mavzu 
nuqtai nazaridan turfa, miqdor jihatdan ancha ko‘pligi, istilohlarning asosini 
asl turkiy so‘zlar tashkil etganini tasdiqlaydi. Ayni paytda sanskrit, xitoy, 
so‘g‘d, arab, fors-tojik tillariga xos o‘zlashmalarning ham o‘rni bilan 
qo‘llangani kuzatiladi
O‘rta Osiyoning arablar tomonidan fath qilinishi oqibatida 
islom dini, arab tili va madaniyati, arab xati shu mintaqada azaldan 
istiqomat qiluvchi xalqlar, millatlar, qabilalar, qavmlar, urug‘lar 
intellektual hayotidan mustahkam o‘rin oldi. Arablar hukmronligidan 
keyin eron madaniyati, ayniqsa, Somoniylar humronligi yillarida 
taraqqiy etdi va uning turkiy tillar tabiati, xarakteriga ma’lum 
darajada ta’siri ko‘zga tashlandi. X asr oxiriga kelib Sharqiy 
Turkiston, Yettisuv va Koshg‘arda Qoraxoniylar saltanati tashkil 
topdi. Shu davrdan e’tiboran turkiy adabiy tillarning shakllanishida 
jiddiy ijodiy jarayonlar sodir bo‘ldi. Qoraxoniylar vaqtida jonli tillar 
adabiy tildan farqli o‘laroq chet tillar elementlariga nisbatan oz 
ta’sirda bo‘lgan. Fors-tojik tili aksariyat hollarda rasmiy-idoralarda 
eski turkiy til bilan yonma-yon qo‘llangan u bilan raqobatga 
kirishgan. Bu kezlarda eski turkiy til so‘z boyligi, xususan, terminlar 


34
tizimi umumtil leksikasi tarkibida shakllandi va taraqqiy etdi. Bunda 
ekstralingvistik omillar qatori intralingvistik faktorlarning ham roli 
katta bo‘lgan edi. Matematika, geografiya, falakiyot, tibbiyot, 
minerologiya, zoologiya, geometriya kabi aniq fanlar singari falsafa, 
filologiya, 
tilshunoslik, 
adabiyotshunoslik, 
tarixshunoslik, 
dinshunoslik kabi gumanitar fan sohalarining jadal rivojlanishi 
asosida eski turkiy til terminologiyasining qadimgi turkiy til terminlar 
tizimidan ko‘p jihatdan farqlanishi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ayni 
chog‘da, qadimgi turkiy til so‘z boyligida mavjud bo‘lgan asl turkiy 
terminlarning salmoqli qismi bu davr terminologiyasida ham 
iste’molda qolavergan. 
Qoraxoniylar davri terminologiyasi tizimi eski turkiy tilning 
o‘z resurslari hamda arab va fors-tojik tillaridan o‘zlashgan birliklar 
hisobga kengayib borgan.
Eski o‘zbek tili terminologiyasi (XV-XIX asr oxiri) sistemasi 
qadimgi turkiy til va eski turkiy til terminologiyasidek o‘z ichki 
imkoniyatlari hamda o‘zlashmalar hisobiga shakllandi va rivojlandi. 
Eski o‘zbekcha terminlar yasalish jihatdan tub va derivatlardan 
tashkil topgan edi. Terminlar yasalishida qatnashgan affikslarni 
leksik-grammatik xarakteriga ko‘ra quyidagicha tasniflash mumkin: 
Ism-o‘zaklardan ot-terminlar yasovchi affikslar: yurt-

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling