Hamidulla Dadaboyev


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/63
Sana18.10.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1709231
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   63
Bog'liq
h.dadaboev o‘zbek terminologiyasi

asfalt-lash 
(asfaltirovaniye) 
va 
h.k. 
Tormojeniye, 
kooperirovaniye, izolirovaniye singari o‘zlashma terminlarning asosi o‘zbek 
tilida mustaqil ma’no ifodalamaydi. Bunday vaziyatlarda o‘zbek tilida 
o‘zlashmaning asosi qayta tiklanadi va unga o‘zbekcha affiks qo‘shiladi. 
Masalan, tormoz-lash (tormojeniye), abstrakt-lash (abstragirovaniye), 
model-lashtirish (modelirovaniye) va h.k.; 
b) – atsi(ya), -izatsiya, -fikatsiya, -k(a): sian-lash (sianizatsiya), 
ion-lash (ionizatsiya), mexanika-lash (mexanizatsiya), gaz-lashtirish 
(gazifikatsiya), germet-lash (germetizatsiya), kondens-lash (kondensatsiya), 
tabul-lash (tabulyatsiya), vals-lash (valsovka), frezer-lash (frezerovka), 
legal-lashtirish (legalizatsiya), pasport-lashtirish (pasportizatsiya), verbal-
lashish (verbalizatsiya), konseptual-lashish (konseptualizatsiya) va h.k.
Ba’zan modernizatsiya, elektrofikatsiya singari o‘zlashmalarga –lash, 
-lashtirish 
qo‘shimchalari qo‘shilishi natijasida modernizatsiyalash, 
modernizatsiyalashtirish, 
elektrofikatsiyalash, 
elektrofikatsiyalashtirish 
singari terminlar ham paydo bo‘ladi. 
O‘zbek tiliga o‘zlashgan ruscha-baynalmilal terminlar. Ruscha 
so‘z + ruscha so‘z yoki baynalmilal so‘z + ruscha so‘z strukturali qo‘shma 
terminlar o‘zlashish jarayonida o‘zbek tili qonuniyatlariga bo‘ysunadi. 


102
Ruscha-baynalmilal qo‘shma terminlarning o‘zbek tilida 
o‘zlashishi tubandagi usullar bilan amalga oshadi: 
1. Ruscha-baynalmilal terminlarning rus tiliga xos ikkinchi 
komponenti o‘zbek tilidagi mos so‘z bilan emas, balki so‘z yasovchi affiks 
bilan almashtiriladi. Oqibatda, ruscha-baynalmilal qo‘shma termin o‘zbek 
tilida yasama terminga aylanadi: 
- soz: mashina-soz (mashinostroitel), vagon-soz (vagonostroitel), 
samolyot-soz (samolyotostroitel), raketa-soz (raketostroitel), shahar-soz 
(gradostroitel) va h. k.;
-sozlik:mashina-sozlik 
(mashinostroyeniye), 
shahar-sozlik 
(gradostroitelstvo) 
vagon-sozlik 
(vagonostroyeniye), 
pribor-sozlik 
(priborostroyeniye), raketa-sozlik (raketostroyeniye) va h. k.; 
-shunos: 
material-shunos 
(materialoved), 
mashina-shunos 
(mashinoved) va h. k.; 
2. Ruscha-baynalmilal qo‘shma terminlarning ikkinchi komponenti 
ayni o‘zbekcha mutanosibi bilan almashtiriladi yoxud kalka usuli bilan 
tarjima qilinadi: bomba - qidirgich (bomboiskatel), bomba -pana 
(bomboubejishe), 
giper 
– tovush (giperzvuk), kino – qurilma 
(kinoustanovka), elektr - hisoblagich (elektroschetchik), elektr–sim 
(elektroprovod), 
radio-niqoblash 
(radiomaskirovka), 
mikro-qarz 
(mikrokredit) alfa-sinov (alpha-testing), kross-brauzerlik (cross-browser) va 
h.k.
Ushbu metod ruscha-baynalmilal xarakterdagi qisqartma qo‘shma 
terminlarni o‘zlashtirish jarayonida ham qo‘l keladi: aero-chana (aerosani), 
tele-markaz (teletsentr), termo–qarshilik (termosoprotivleniye), gelio-
qurilma (gelioustanovka), tele-sharhlovchi (telekommentator), avia–sozlik 
(aviastroyeniye), avto–yo‘l (avtodoroga), veb-hujjat (veb-dokument), veb-
anjuman (veb-konferensiya), motoo‘qchi rota (motostrelkovaya rota) va 
h.k. 
3. Ruscha – baynalmilal terminning har ikki komponenti o‘zbekcha 
mutanosibi bilan almashtiriladi (yoki kalka qilinadi): ko‘prikqo‘ygich 
(mostoukladchik), 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling