Hamidulla Dadaboyev
www.mail.ru, www.hotmail.ru, www.mail.uz, www.inbox.uz
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
h.dadaboev o‘zbek terminologiyasi
www.mail.ru, www.hotmail.ru, www.mail.uz, www.inbox.uz singari
pochta qutilari orqali kiriladigan bepul elektron pochta xizmati hamda gipermatnli sahifalarga kirishni havola qiluvchi www saytlar termin- birikmalar qatorini yanada boyitishda xizmat qilmoqda. Shuni alohida ta’kidlash joizki, o‘zlashayotgan qo‘shma terminlarning ikkinchi komponenti ma’no nuqtai nazardan unga mos tushuvchi o‘zbekcha so‘z bilan har vaqt ham almashtirilavermaydi: -xona: ko‘chatxona (lesopitomnik), - zor: ko‘chatzor (lesopitomnik), - dor: yerdor, zamindor (zemlevladelets), -chan; yonuvchan (legkovosplamenyayushiysya), - xo‘r: qasamxo‘r (klyatvoprestupnik),-soz: kemasoz (korablestroitel), -qich: yirtqich (krovojadniy), -ish: nurlanish (lucheispuskaniye) va h.k. O‘zbek tili terminologiyasi tizimida ruscha-baynalmilal prefiksoidlar yoxud xalqaro terminelementlar (Madvaliyev 2017, 34-54) yordamida hosil qilingan kalkalar faol qo‘llanadi (Begmatov 1985; 181; Doniyorov 1977; 145-146). Bunday usulda yasalgan terminlar sirasiga quyidagilarni kiritish o‘rinli: avia-: aviaaloqa (aviasvyaz), aviaqism (aviachast), aviato‘p (aviapushka), aviasanoat (aviapromishlennost), aviakorxona (aviazavod) va h.k.; avto-: avtonozir (avtokontrolyor), avtoyo‘l (avtodoroga), avtoyuklagich (avtopogruzchik), avtohavoskor (avtolyubitel), avtotirkama (avtopritsep), avtosug‘orgich (avtopolivshik), avtomaktab (avtoshkola), avtopoyga (avtogonki), avtopoygachi (avtogonshik), avtoulov (автомашина) va h.k.; aero-: aeropurkagich (aeroopriskivatel), aerochanglagich (aeroopilitel), aerotadqiqot (aeroissledovaniye), aerosurat (aerosnimok) va h.k.; agro: agrosanoat (agropromishlennost), agrokimyo (agroximiya), agromadaniyat (agrokultura), agroiqlim (agroklimat), agroo‘rmon (agroles) va h.k.; anti-: antizarra (antichastitsi), antimodda (antiveshestvo), antidunyo (antimir), antijismlar (antitela) va h.k.; geo-: geosiyosat (geopolitika), geokimyo (geoximiya), geoiqlim (геоклимат) va h.k.; gidro-: gidroinshoot (gidrosoorujeniye), gidroko‘targich (gidropodyomnik), gidrokuchaytirgich (gidrousilitel) va h.k.; giper- : gipertekislik (giperploskost), gipertovush (giperzvuk), 106 giperchiziq (giperliniya), giperloyiha (giperproyekt) va h.k.; izo- : izochiziqlar (izolinii), izomoy (izomaslo) va h.k.; kvazi-: kvaziyulduz (kvazizvezda), kvaziquloq (kvaziuxo), kvaziqavariq (kvazivipuklost), kvazidavlat (квазигосударство) va h.k.; infra-: infratovushlar (infrazvuki), infraqizil (infrakrasniy), infratizim (infrastruktura) va h.k.; makro-: makroiqlim (makroklimat), makrosanoat (makropromishlennost), makrokoinot (makrokosmos), makrotuzilma (makrostruktura), makromaydon (makropole), makroiqtisodiyot (makroekonomika), makromatn (makrotekst va h.k.; mikro-: mikroiqlim (mikroklimat), mikrofotonusxa (mikrofotokopiya), mikrotuzilma (mikrostruktura), mikromaydon (mikropole), mikrotuman (mikrorayon), mikromatn (mikrotekst), mikrojarrohlik (микрохирургия) va h.k; moto-:motoaravacha (mototelejka), motopoyga (motogonki), motopoygachi (motogonshik) va h.k.; pnevmo-: pnevmoboshqarish (pnevmoupravleniye), pnevmobolg‘a (pnevmomolotok), pnevmoyuklagich (pnevmogruzchik), pnevmoqisish (pnevmodavleniye); tele-:teledastur (teleprogramma), teleminora (telebashnya), teleboshqaruv (teleupravleniye), telealoqa (telesvyaz) , telequrilma (teleustanovka), teleloyiha (teleproyekt), teleusta (telemaster) va h. k. Ayni chog‘da ba’zi prefiksoid-xalqaro terminelementlar ishtirokida yuzaga chiqqan terminlar donor tilda qanday shaklda bo‘lsa o‘zbek tiliga aynan o‘zlashadi: vidiokamera, vidiotelefon, vidioselektr, vidiokonferensiya, vidioseminar, ideogramma, kakografiya, avtoradio, avtopilot, avtoshturman, kibertexnologiya,neyrolingvistika,mikrobiologiya,mikrosemantika, anifashizm, antisionizm, sossyurologiya va h.k. Aksariyat monosemantik xarakterdagi avto-, anti-, gemato-, inter- ,makro-, mikro-, poli-, ultra-, mono-, bi-, tri- singari propozitiv, ya’ni prefiksal, -bus, -drom, -log-, -navt, -trop; -fob, -for, -skop kabi postpozitiv, ya’ni postfiksal yoki gen, gon, gramma singari ham prepozitiv, ham postpozitiv terminelementlar o‘zbek tilida tarjimasiz, aynan qo‘llanadi: avtopoyga, antiteza, gemotologiya ,interferensiya, polisemiya, poliartrit, ultratovush, monogrmma, monoteizm, bilingvizm, makromatn, mikrobiologiya, aerobus, svetafor, motodrom, teleskop, ixtiolog, seysmolog, turkolog, astronavt, kosmonavt, monogramma, grammafon va h.k. Arxi-, giper-, inter-, infra-, super-, ultra-, ekstra- kabi prepozitiv terminelementlar sifat belgisining meyordan oshiqligi yoxud o‘zakdan anglashilgan ism ma’nosining oliy darajasini ifodalaydi: arxisema, gipertovush, interfeys, intervent, interlingvistika, infraqizil, ultrabinafsha, ekstraktiv, superkubok va h.k. Xalqaro terminelementlar aniq ma’noni ifodalashga xoslangani bilan xarakterlanadi. Chunonchi, -log elementli terminlar biron fan sohasi mutaxassisini anglatishga xizmat qiladi: fonolog, nevrolog, terminolog, 107 leksikolog, seysmolog, antropolog, formokolog, travmatolog, tekstolog, dialektolog va h.k. – log elementli ayrim o‘zlashmalar –shunos affiksli matnshunos, shevashunos, terminshunos singari terminlar bilan sinonimik uyani shakllantirishda qatnashadi. Antonim, antroponim, gidronim, kosmonim, astroponiim, meronim, omonim, oronim, sinonim, toponim, xolonim singari terminlarning –onim postfiksal terminelementi zaminida shakllangani va muayyan munosabatlarni ifodalashga yo‘naltirilganiga shubha yo‘q. Xalqaro prepozitiv terminelementlarni maxsus tadqiq etgan A.Madvaliyev (2017,40) ularni quyidagi uch guruhga bo‘lish mumkinligini ta’kidlaydi: 1) donor tillar, ya’ni lotin va yunon tillarida mustaqil ma’noli so‘zlar sanalgan va terminologik sistemalarda ma’nosi tushunarli bo‘lgan terminelementlar: avto-, agro-, allo-, antropo-, astro-, biblio-, bio-, gastro-, geo-, getero-, gibro-, gomo-, zoo-, ixtio-, karbo-, kardio-, kosmo-, kripto-, lito-, makro-, mezo-, mikro-, nevro-, neo-, nitro-, poli-, radio-, sulfa-, tele-, tio-, elektro-, eritro- va h.k.; 2) lotin va yunon tillarida sanoq va tartib sonlarni anglatuvchi terminelementlar: bi-, geksa-, gepta-, detsi-, di-, milli-, nona-, penta-, proto- va h.k.; 3) lotin va yunon tillariga xos yuklama hamda pristavka (old qo‘shimcha yoxud old ko‘makchi) xarakteridagi terminelementlar: a-, an-, ana-, apo-, de-, dis-, in-, inter-, kontr-, meta-, para-, per-, pre-, pro-, re-, sin-, sim-, sub-, trans-, ultra-, eks-, en-, epi- va h.k. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling