Hamidulla Dadaboyev
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
h.dadaboev o‘zbek terminologiyasi
Savol va topshiriqlar:
1. Arxaizmlar sirasiga qanday leksik birliklar kiradi? 2. Nima uchun hozirgi o‘zbek tilida ilmiy kommunizm, demokratik sentralizm singari terminlar qo‘llanmaydi? 3. Mustaqillik davrida qanday arxaizmlar qayta qo‘llanishga kiritildi? 4. Kalkalashning til lug‘at boyligining kengayishidagi o‘rniga baho bering. 5. Qanday terminlarni kalkalashga hojat yo‘q? 6. Ruscha motivlangan terminlarning o‘zbek tiliga o‘zlashishi xususida bahs yuriting. 7. Ruscha murakkab qo‘shma terminlarning o‘zbek tiliga o‘zlashishi jarayonida yuz beruvchi hodisalarni belgilang. 8. Internet sohasida qo‘llanayotgan termin-birikmalarga faktik misollar keltiring. 9. O‘zbek tilida qo‘llanayotgan ruscha-baynalmilal prefiksoid-xalqaro terminelementli terminlar to‘g‘risida fikr yuriting. 10. Xalqaro prepozitiv terminelementlar ishtirok etgan terminlarga manbalardan misollar keltiring. 11.Quyidagi matnda qo‘llangan sinonim va antonim terminlarni aniqlang, ularni izohlang:Sotuvči va xaridor o‘rtasida alohida kelishuv yoki sotish shartnomasiga asosan sotuvchi tomonidan xaridorga beriladigan yengillik; odatdagi to‘lanadigan maoshga qo‘shimcha mukofot, narxning 108 o‘sishi munosabati bilan asosiy ish haqiga qo‘shilgan qo‘shimcha haq bonus deb ataladi. Test: 1.O‘zlashmalar qanday terminlar tarkibida mavjud bo‘ladi? A. motivlangan V. motivlanmagan S. sharxlangan D. izohlangan 2. Kalkalash qanday turlar orqali reallashadi? A. struktur, semantik V. struktur, geneologik S. struktur, diaxronik D. struktur, sinxronik 3. liftchi, bashnyachi, importchi terminlarida qo‘llangan –chi affiksi rus tilidagi qaysi suffiks o‘rnida kelgan? A. -ist V. -nik S. -yor D. –tor 4. Rus tilida –fikatsiya suffiksi qaysi so‘z turkumidan ismlar yasaydi? A. ot V. sifat S. ravish D. fe’l 5. Ruscha-baynalmilal terminlarning o‘zbek tiliga o‘zlashishi nechta usul bilan amalga oshadi? A.ikki V. uch S. to‘rt D. besh 6. Ruscha-baynalmilal qo‘shma terminning ikkinchi komponenti o‘zbekcha mutanosibi bilan aynan almashtirilgan qatorni aniqlang. A. elektrsim V. samolyotsoz S. elektrhisoblagich D. mashinashunos 7. Ruscha-baynalmilal terminning har ikki komponenti o‘zbek tilida tarjima qilingan qatorni belgilang. A. DNS-serveri V. havotozalagich S. avtoyo‘l D. telemarkaz 8. Ruscha-baynalmilal elementlarni o‘zbek tiliga tarjima qilishning nechta turini bilasiz? 109 A. ikki V. uch S. to‘rt D. besh 9. arxi- prepozitiv terminelement qanday ma’noni ifodalaydi? A. belgining meyordan kamligi V. belgining meyordaligi S. belgining me’rdan ortiqligi D. belgining meyorsizligi Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling