"Hamkorbank" аtb passivlari operatsiyalari va bank faoliyatining asosiy ko’rsatkichlarining dinamikasi va tahlili
Download 52.28 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hamkorbank” АTB passivlari operatsiyalari va bank faoliyatining asosiy ko’rsatkichlarining dinamikasi va tahlili.
Reja: Kirish “Hamkorbank” АTB passivlari operatsiyalari va bank faoliyatining asosiy ko’rsatkichlarining dinamikasi va tahlili. “Hamkorbank” АTB aktivlari tarkibi va ularning joylashishi hamda sifatining tahlili. “Hamkorbank” АTB tomonidan xo’jalik subyektlarini kreditlash tartibi va mijozni kreditga layoqatliligini baholash tahlili “Hamkorbank” АTB da pul muomalasini tashkil etish, ular bo’yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar. “Hamkorbank” АTB tomonidan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi va tahlili. “Hamkorbank” АTB ning daromadlari, xarajatlari va foydasini shakllanishi va ularning tahlili, mavjud muammolar va ularni hal etish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo’nalishlari
amaliyot o‘tayotgan tijorat banki passivlari operatsiyalari va bank faoliyatining asosiy ko’rsatkichlarining dinamikasi va tahlili; bankning aktivlari tarkibi va ularning joylashishi hamda sifatining tahlili; Bank tomonidan xo’jalik subyektlarini kreditlash tartibi va mijozni kreditga layoqatliligini baholash tahlili; bankda pul muomalasini tashkil etish, ular bo’yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar; bank tomonidan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi va tahlili; bankning daromadlari, xarajatlari va foydasini shakllanishi va ularning tahlili, mavjud muammolar va ularni hal etish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo’nalishlarini; bankning yangi xizmat turlari va uning qo’llanilish amaliyoti hamda xorijiy davlatlarning ayni shu tizimdagi ko’rsatkichlari bilan qiyosiy tahlilini amalga oshirishni o’rgandim. Amaliyot kunlari davomida nazariy ma’lumotlar asosida amaliy harakatlarni kuzatish imkoniyati yaratib berildi va bu amaliyotimni to’laqonli o’tashimni ta’minladi. Bank xodimlari tarkibi ko’plab malakali mutaxasislardan iborat bo’lib, bank joriy amaliyotlarini ulardan o’rganish menda malakaviy bilimlar va Iqtisodiyot sohasiga qiziqishimni yanada ortishiga o’z hissasini qo’shdi.
bank faoliyatini resurslar bilan ta’minlash; iqtisodiyotga yo‘naltirilishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha mablag‘lar manbalarini shakllantirish; jalb qilingan mablag‘larga bank foizlarini to‘lash yo‘li bilan aholi va yuridik shaxslar daromadlarini oshirish; o‘z kapitali hajmini oshirib borish; bank operatsiyalarini riskdan himoya qilish uchun rezerv fondlarni tashkil qilish. Tijorat banklarining resurslarini qaysi subyektga tegishli ekanligiga qarab, bankning o‘z mablag‘lariga va jalb qilingan mablag‘larga tasniflash mumkin. Yuqorida keltirilgan passiv operatsiyalarning birinchi va ikkinchi shakllarida banklarning o‘z mablag‘lari yuzaga keladi, qolgan oxirgi ikki shaklda esa bankning jalb qilingan resurslari yoki bank uchun qarzga olingan – kredit resurslari yuzaga keladi. Shu bois bank passivlarining hajmi bankning o‘z mablag‘lari va uning majburiyatlari yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Banklar amaliyotining xo‘jalik subyektlari faoliyatidan farqli xususiyati shundaki, agar korxona, tashkilotlar o‘z faoliyatini olib borishda xarajatlarining aksariyat qismini o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirsa, banklar faoliyatida esa ularning o‘z mablag‘lari yoki kapitali u faoliyatining 15-20 foiz ehtiyojini qoplaydi. Bu holat bozor munosabatlarining faol ishtirokchisi bo‘lgan banklarning moliyaviy barqarorligi va likvidliligi uning resurslari tarkibidagi o‘z mablag‘lari salmog‘iga, faoliyatining ko‘lami esa jalb qilingan mablag‘larga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Banklarning passiv operatsiyalarni amalga oshirish orqali resurslarni shakllantirish imkoniyati va huquqi, boshqacha qilib aytganda, chetdan mablag‘larni jalb qilish chegarasi Markaziy bank tomonidan belgilanadi va muvofiqlashtiriladi hamda u bankning qanday tashkiliy-huquqiy shaklda subyekt sifatida faoliyat yuritayotganligi, uning o‘z mablag‘lari hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Bank resurslari tarkibida davlat mablag‘larining mavjud emasligi banklarning passiv operatsiyalari yordamida, ular resurslari hajmini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bankning passiv operatsiyalari yordamida xo‘jalik oborotida bo‘lgan bo‘sh pul mablag‘lari bank resurslariga jalb etiladi. Shu sababli passiv operatsiyalar nafaqat bank resurslarini shakllatirish uchun, balki pul muomalasining barqarorligini ta’minlashda ham muhim ahamiyatga ega. Banklarning o‘z mablag‘lari hajmining yuqori bo‘lishi banklar faoliyati barqarorligini ta’minlashning asosi hisoblanadi. Bankni tashkil qilishning ilk bosqichidagi xarajatlar, bank binosi, texnika-texnologiya, dasturiy ta’minotlari, xodimlarining ish haqi bilan bog‘liq xarajatlarning barchasi bankning o‘z mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Bank faoliyati uchun zarur bo‘lgan rezervlar, fondlar ham bankning o‘z mablag‘lari hisobidan shakllanadi. Banklarning o‘z mablag‘lariga – bankning ustav kapitali va unga tenglashgan mablag‘lar, jumladan, zaxira kapitali, maxsus fondlar, moddiy rag‘batlantirish fondi, boshqa har xil tashkil qilingan fondlar hamda taqsimlanmagan foydasi kiradi. Jalb qilingan mablag‘lar – depozitlar, jamg‘armalar, qarzga olingan mablag‘lar kontokorrent hamda korrespondent hisobvaraqlarida o‘z ifodasini topadi. Moliyaviy menejment tizimida eng muhim yo‘nalishlardan biri bank aktiv va passivlarini samarali boshqarish hisoblanadi. Aktivlarni boshqarish asosida o‘z va jalb qilingan resurslarni joylashtirish tartibi va yo‘llari yotadi. Tijorat banklarining passivlarini boshqarishda xalqaro bank amaliyotida “Bank passivlarini boshqarish” nazariyasidan keng foydalaniladi. Mazkur nazariyada asosiy e’tibor tijorat banklarining depozit bazasini yaxshilashga qaratiladi. Bank resurslari bank balansining passiv qismida aks ettiriladi. Bankning ixtiyorida mavjud bo‘lgan resurslar uning amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan aktiv operatsiyalar uchun yetarli bo‘lmasa, zarur miqdordagi mablag‘larni Markaziy bankdan, nobyudjet fondlardan, pul bozoridan sotib olish yoki qarzga olish mumkin. Resurslarni jalb qilishda bank o‘z kapitalining yetarli darajasi miqdoriga ega bo‘lishi va uni me’yor darajasida ta’minlashi lozim. Tijorat banki o‘z mijozlarining bo‘sh turgan mablag‘larini qarzga olish bilan, bir vaqtning o‘zida, bu mablag‘larni o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash majburiyatini ham oladi, shuning uchun bank barqaror likvidlikka ega bo‘lishi kerak. Ishonchlilik va likvidlilik tamoyillari tijorat banki faoliyatining zarur shartlaridan bo‘lib, ular aholining bo‘sh turgan pul mablag‘larining banklar sari oqimini ta’minlaydi. Undan tashqari bankning ahvoli moliyaviy jihatdan kam samarali bo‘lgan holatda mijozlar o‘z mablag‘larini qaytarib olishlariga ishonch hosil qilishlariga zamin yaratadi. Quyida “Hamkorbank” ATB ning so’ngi yillardagi passivlari ko‘rsatkichlarini keltirib o‘taman. Download 52.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling