"Hamkorbank" аtb passivlari operatsiyalari va bank faoliyatining asosiy ko’rsatkichlarining dinamikasi va tahlili
Download 52.28 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Hamkorbank” АTB tomonidan xo’jalik subyektlarini kreditlash tartibi va mijozni kreditga layoqatliligini baholash tahlili
3-jadvaldan “Hamkorbank” ning jami aktivlari 2 barobarga o’sganini ko’rishimiz mumkin.Barcha turdagi aktivlar miqdori o’sgan. Bankining 2018 yildagi kechiktirilgan soliqlari 2019 yilga kelib mavjud emas. Eng sezilarli o’sish boshqa bankdagi mablag’lar miqdorida, 8 982 014 dan 258 034 763 ga oshgan. Bank 2019 yilga kelib o’tkan yillarga nisbatan ko’p investitsiya kiritgan (117 112 381 ming so’m). Aktivlar tarkibida har ikki yilda ham kredit va lizing operatsiyalari eng katta ulushni egallagan (50 foizdan yuqori). 3.“Hamkorbank” АTB tomonidan xo’jalik subyektlarini kreditlash tartibi va mijozni kreditga layoqatliligini baholash tahlili “Hamkorbank” ATB tomonidan jismoniy shaxslarga quyidagi ko‘rinishdagi kredit turlarini taqdim etishi mumkin: -avtokredit (avtomobil vositalari xarid qilish uchun kredit); -ipoteka kreditlari; -maishiy texnikalar uchun kreditlar; -mikroqarz va boshqalar. Quyida biz avtokredit misolida mijozlarga kreditning berilishi, uning rasmiylashtirilishi, foiz hisoblanishi hamda qaytarilishigacha bo‘lgan jarayonlarni va uning buxgalteriya hisobini hamda ular bilan bog‘liq hujjatlarni ko‘rib chiqishimiz mumkin. Avtokredit – bunda mijozlar quyidagi bosqichda kreditdan foydalanishlari mumkin hisoblanadi: Mijoz tomonidan ariza bilan murojaat qilinadi; Kredit bo‘yicha mutaxassis kredit olish imkoniyatini baholaydi Bankda hisobraqam ochiladi; Mijoz tomonidan avtosalon bilan tuzilgan shartnoma va boshqa boshlang‘ich hujjatlar bankka topshiriladi; Ariza tasdiqlangach esa, bank tomonidan kredit mablag‘i dilerning hisob raqamiga ko‘chirib beriladi. Kredit olish uchun asosan mijozning ish haqi to’g’risidagi, garov shartnomasi, kredit foizini so‘ndirish grafigi, kredit shartnomasi va boshqa zarur hujjatlarni ko‘rishimiz mumkin. Unda mijozlar guruhi to‘rt sinfga ajratilgan bo‘lib, kredit qo‘mitasi tomonidan mijoz o‘rganiladi hamda u 1-sinfdan 3-sinfgacha mansub deb topilgandagina unga kredit ajratilishi mumkin degan qarorga kelinadi, aks holda, ya’ni mijoz 4-sinfga mansub deb topilsa, uning ko‘rsatkichlari, eng asosiysi ish haqi kreditga layoqatsiz deb topiladi va unga kredit ajratilmaydi. Bundan tashqari ushbu ilovadagi hujjatlarda shu namoyon bo‘ladiki, bankning 2019-yildagi boshqa banklardan farqli bo‘lgan kredit siyosatini ko‘rishimiz mumkin. Bulardan biri, bank kredit ajratish uchun mijozlar tomonidan garovga kredit miqdorining 125% miqdorida garovga mulk talab qiladi. Kredit shartnomasi rasmiylashtirilgandan so‘ng, bankda kredit berilishi bo‘yicha majburiyat yuzaga keladi hamda quyidagi buxgalteriya provodkasi beriladi: Dt 91809 – “Banklarning kredit va lizing berish majburiyatlari” Kt 96351 – “Bankning kredit berish majburiyati bo‘yicha kontr- hisobvarag‘i”. Garovga olingan mulk bilan bog‘liq rasmiylashtiriladigan hujjatlar kredit bo‘limi xodimlari tomonidan konvertga solinadi va yelimlanadi hamda kassaga topshiriladi. Mazkur hujjatlar solingan konvert bir so‘m miqdorida balansdan tashqari schyotga kirim qilinadi va quyidagicha buxgalteriya provodkalari beriladi: Dt 94502 – “Garov sifatida olingan mulklar va mulkiy huquq (talab)lar” Dt 94503 – “Garov sifatida olingan kafolat va kafilliklar” Kt 96381 – “Garov sifatidagi qimmatli qog‘ozlar, mulklar va mulkiy huquq (talab)lar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” Bunda garov to‘liq summada hisobga olinadi. Garov hujjatlari hisobga olinsa: Dt 93609 – “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar” Kt 96379 – “Saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlar va boshqa qimmatli buyumlar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” Garov hujjatlari kassada saqlanadi. Kredit va hisoblangan foiz to‘liq qaytarilganda ta’minot balansdan tashqari hisobvaraqlardan hisobdan chiqariladi va yuqoridagi provodkalarga teskari provodka beriladi: Dt 96381 – “Garov sifatidagi qimmatli qog‘ozlar, mulklar va mulkiy huquq (talab)lar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” Kt 94501, 94502, 94503 – “Garov sifatida olingan qimmatli qog‘ozlar”/ “Garov sifatida olingan mulklar va mulkiy huquqlar”/ “Garov sifatida olingan kafolat va kafilliklar”. Dt 96379 – “Saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlar va boshqa qimmatli buyumlar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” Kt 93609 – “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar hisobvarag‘i” Bank tomonidan berilgan kredit amaldagi qiymatida aks ettiriladi va qarzdorga berilgan pul mablag‘lari summasini ifodalaydi: Dt 11901–13301/ 14301–15501 – tegishli qisqa va uzoq muddatli ssuda hisobvaraqlari Kt 10301(O‘zRMBdagi vakillik hisobvarag‘idan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar – Nostro) – 16103 (Bosh ofisi/filialdan filiallararo va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar)/ 10100 - «Kassadagi naqd pul va boshqa to‘lov hujjatlari» (kredit naqd pulda berilganda)/ Mijozning tegishli talab qilib olinguncha hisobvarag‘i/ Bank plastik kartasi (BPK) hisobvaraqlari Mijozlarning kredit qaytarish bo‘yicha majburiyati balansdan tashqari hisobvaraqda hisobga olinadi: Dt 91901/91905 – qarzdorlarning qisqa va uzoq muddatli kreditlari va lizing bo‘yicha majburiyatlari; Kt 96345/96349 – qarzdorlarning qisqa va uzoq muddatli kreditlari va lizing bo‘yicha majburiyatlari kontr-hisobvaraqlari. Banklar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun potensial qarz oluvchilardan vositachilik haqi olinayotganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Dt – qarz oluvchining talab qilib olunguncha depozit hisobvarag‘i Kt 22896 – “Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar” Kredit qadrsizlanishini tasdiqlovchi obyektiv dalillar va sharoitlar aniqlangan taqdirda, zarar summasi quyidagi ikki miqdordan eng yuqorisi bo‘yicha baholanadi: 1) “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zahiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga (ro‘yhat raqami 2696, 2015-yil 14 iyul) muvofiq aniqlangan summa bo‘yicha; 2) kreditning balans qiymati va kreditning dastlabki real foiz stavkasi bo‘yicha diskontlangan kutilayotgan kelajakdagi pul oqimlarining joriy qiymati o‘rtasidagi farq bo‘yicha. Bank ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholashni quyidagicha aks ettiradi: Dt 56802 – “Kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash” Kt – Kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar zahirasi - Kreditning tegishli kategoriyasi (kontr-aktiv). Agar kredit portfelining keyingi tahlili natijasida uning zahiralari yuqorida ko‘rsatilgan talablardan oshsa, bank zahira summasini oxirgi sana holati bo‘yicha aniqlangan, ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar summasiga muvofiqlashtirishi lozim. Bunda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Dt Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar zahirasi - Kreditning tegishli kategoriyasi (kontr-aktiv) Kt 56802 – “Kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash”. Tijorat banklari mijoz bilan tuzilgan kredit shartnomasi va kreditni qaytarish grafigiga asosan berilgan kreditlarni qaytarish operatsiyalarini amalga oshiradi. Kreditlarni qaytarilishi qarz oluvchining asosiy, shuningdek ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlaridan quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali amalga oshiriladi: Dt 10100, mijozning talab qilib olinguncha hisobvarag‘i, Bank plastik kartochkasi (BPK) hisobvarag‘i; Kt 11901-13301/14301-15501 – tegishli qisqa va uzoq muddatli kredit hisobvarag‘i Agar kredit kafil tomonidan qaytarilsa quyidagicha provodka beriladi: Dt – “Kafolat beruvchining talab qilib olinguncha hisobvarag‘i” Kt – 10301 – Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i - Nostro (agar mablag‘ oluvchiga boshqa tijorat banki tomonidan xizmat ko‘rsatilsa) Kt – Ssuda hisobvarag‘i Agar kreditlar naqd pulda qaytarilsa, quyidagicha provodka beriladi: Dt 10100 – “Kassadagi naqd pul va boshqa to‘lov hujjatlari”; Kt – tegishli kredit hisobvarag‘i. Mijozning kreditlari bo‘yicha majburiyati kamayadi, ya’ni mijoz qarzni qaytaradi: Dt 96345/96349 – “Qarzdorlarning kreditlari va lizing bo‘yicha majburiyatlari kontr-hisobvaraqlari” Kt 91901/91905 – “Qarzdorlarning kreditlari va lizing bo‘yicha majburiyatlari” Kreditlar bo‘yicha foizlar buxgalteriya hisobining hisoblab yozish usuli bo‘yicha tan olinadi, ya’ni: Dt 16309 – “Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar” Kt 41400-44700 – “Uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar” Hisoblangan foizlar kelib tushganda, quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi: Dt 10101, 10111, Bankning vakillik hisobvarag‘i, mijozning tegishli talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i; Kt 16309 – “Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar” Agar hisoblangan foizlar o‘z vaqtida to‘lanmasa, foiz summasi muddatida to‘lanmagan foiz hisobvarag‘iga o‘tkaziladi: Dt 16377 – “Hisoblangan shartnoma muddatida to‘lanmagan foizlar” Kt 16309 – “Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar” Shu bilan birga bu summa kartoteka-2 ga kirim qilinadi: Dt 90963 – “Muddatida to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari” Kt 96321 – “Muddatida to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq” Muddati o‘tgan foizlar to‘langanda esa, foiz summasi kartoteka-2 dan chiqariladi va to‘lanadi: Dt 10101 va hokazolar Kt 16377 – “Hisoblangan shartnoma muddatida to‘lanmagan foizlar”. Lizing operatsiyalarida “Orient Finans” XATB da quyidagicha amaliyotlar amalga oshiriladi, ya’ni bank lizing oluvchining topshirig‘iga asosan lizing obyektini sotib oladi. Dt 19909 – “TMQ lar uchun to‘langan mablag‘lar” Kt – sotuvchining hisobraqami Lizing obyekti 2 xil usulda yetkazib berilishi mumkin: lizing obyektini to‘g‘ridan-to‘g‘ri lizing oluvchiga yetkazib berilganda: Dt 15600 -tegishli lizing (moliyaviy ijara) hisobvarag‘i Kt 19909 – “TMQ lar uchun to‘langan mablag‘lar” 2) lizing obyektini oldin bankka kirim qilinib, keyin lizing oluvchiga yetkazib berilganda: Dt 16500 – asosiy vositalar Kt 19909 – TMQ lar uchun to‘langan mablag‘lar Dt 15600 – “Tegishli lizing (moliyaviy ijara) hisobvarag‘i” Kt – asosiy vositalar Lizing bo‘yicha foizlar hisoblab boriladi va lizing qoldig‘i summasiga hisoblanadi: Dt 16323 – “Lizing bo‘yicha hisoblangan foizlar” Kt 45100 – “Lizing bo‘yicha foizli daromadlar” Lizing qarzdorligi lizing oluvchi yoki kafil tomonidan to‘langanda: Dt-mijoz hisobvarag‘i Kt 16323 Kt 15600 Kreditga layoqatlilik – bu mijozning moliyaviy faoliyatiga har tomonlama berilgan baho bo‘lib, u qarz oluvchining so‘ralayotgan kreditni (asosiy qarz summasi va u bo‘yicha foizlarni) o‘z vaqtida qaytarish va boshqa qarz majburiyatlarini to‘lay olish qobiliyatini ko‘rsatadi. Kreditga layoqatlilikni tahlil qilishning maqsadi qarz oluvchining majburiyatini o‘z vaqtida va to‘liq qaytarib berish qobiliyatini aniqlashdan iborat. Korxonaning o’z aylanma mablag’larining yetarliligi (НСОС) Moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobotning 1-shakl “Buxgalteriya balansi” to’g’risidagi ma’lumotlardan foydalanib, o’z aylanma mablag’larining yetarlilik darajasi hisoblanadi va u quyidagicha aniqlanadi: NSOS = (Xususiy kapital (480 – 470 – 460) + Uzoq muddatli kredit va qarzlar (570+580) – Uzoq muddatli aktivlar (130) Esda tuting! Korxonaning uzoq muddatli aktivlari (Balans aktivining I bo‘limi) xususiy kapitalidan oshib ketsa, nolikvid balans vujudga keladi. Nolikvid balansga ega bo‘lgan korxona Bank kreditidan foydalanishga haqli emas. Korxonalarning kreditga layoqatliligini aniqlashda turli xil ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Ko‘rsatkichlar soni chegaralanmagan, ya’ni qarz oluvchining faoliyatidan kelib chiqqan holda, har bir tijorat banki uni o‘zi mustaqil aniq laydi. Banklar orqali qarz oluvchining kreditga layoqatliligini baholash turlicha bo‘lishi mumkin, lekin ularning hammasi ma’lum bir andozaga tushirilgan moliyaviy koeffi tsiyentlardan foydalanadilar. Ularga: Qoplash koeffitsiyenti, Likvidlilik koeffitsiyenti, Mustaqillik (muxtoriylik) koeffitsiyenti, ya’ni o‘z mablag‘lari bilan ta’minlanish koeffitsiyenti. Download 52.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling