«Hamkorbank» atb


Download 1.73 Mb.
bet1/3
Sana30.10.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1733861
  1   2   3
Bog'liq
Xamkorbank



Reja :

  1. Hamkorbank tizimining shakillanishi va ahamiyati

  2. Bank missiyasi va strategiyasi

  3. Komplayens nazorati

  4. Аudit xulosa

  5. Foydalanilgan adabiyot





«Hamkorbank» ATB — xorijiy kapital ishtirokidagi aksiyadorlik-tijorat banki („Hamkorbank“ OAJ) boʻlib, Oʻzbekistondagi tijorat bankidir. Bank Oʻzbekiston Markaziy banki tomonidan 1991-yil 31-avgustda berilgan 64-sonli litsenziyaga ega. 2019-yil 1-dekabr holatiga koʻra, aktivlari va kapitali boʻyicha Oʻzbekistonning TOP-10 banki qatoridan joy oldi. Bank Respublikaning barcha ma’muriy hududlarini qamrab olgan 153 ta bank xizmatlari ofislariga ega.
Bank faoliyatining asosiy yoʻnalishlari Oʻzbekiston iqtisodiyotining real sektorini kreditlash, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va yangi ish oʻrinlarini yaratishga koʻmaklashish maqsadida texnik va texnologik modernizatsiyalash boʻyicha loyihalarni moliyalashtirishdan iborat. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash bankning asosiy yoʻnalishlaridan biridir. Bank mamlakat moliya bozorini rivojlantirishdan tashqari, oʻz omonatchilari, mijozlari va aksiyadorlari manfaatlarini yuqori qoʻyadi.
Mikromoliyalash, kichik biznes sub’ektlarini kreditlash, yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish, savdoni moliyalashtirish va institutsional rivojlanish uchun texnik koʻmak berish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish yuzasidan xalqaro moliya institutlari (XMI) bilan 15 yildan ortiq davr mobaynida muvaffaqiyatli hamkorlik olib borilayotganligi Hamkorbank ishonchliligi va barqarorligining muhim koʻrsatkichidir. XMI bilan hamkorlik bank rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
Xalqaro va mahalliy kapital bozorlariga muvaffaqiyatli tarzda kirib borish va ishonchli qarz oluvchi sifatida obroʻ-e’tibor qozonish xalqaro investorlar tomonidan Bankka boʻlgan ishonchning tobora oʻshib borayotganligining dalilidir. Bank aksiyalarining bir qismi Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC), Gollandiya taraqqiyot banki (FMO) va responsAbility Investitsion kompaniyasi tomonidan xarid qilinishi buning isbotidir.
Tarix
1991-yil — litsenziya olish va faoliyatni boshlash.
1992-yil — „Toshkent“ Respublika fond birjasi va Rossiya banklari uyushmasi aʼzosi.
1993-yil — Oʻzbekiston Respublika valyuta birjasi aʼzosi va Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi aʼzosi.
2000-yil — ATB „Andijonbank“ ATB „Hamkor bank“ deb nomlandi.
2001-yil — IFC hukumat kafolatisiz birinchi kredit liniyasini taqdim etgan.
2002-yil — Jahon banki qishloq xoʻjaligi korxonalarini qayta qurish uchun birinchi kredit liniyasini taqdim etdi, YeTTB mikromoliyalash liniyasini taqdim etdi.
2005-yil — Bank SWIFT tizimiga va VISA toʻlov tizimiga aʼzo boʻldi.
2009-yil — „Korporativ axloq kodeksi“ ishlab chiqildi.
2010-yil — IFC Bankning aktsiyadoriga aylandi.
2011-yil — Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi bilan kelishuv imzolandi, KfW bilan hamkorlik boshlandi.
2012-yil — Triple Jump tomonidan imzolangan shartnoma. Bank VISA va China Union Pay kartalarini chiqarish jarayonini tashkil qildi.
2013-yil — Bank yangi brend nomi va logotipini taqdim etdi, rebrending.
2014-yil — FMO bankning ikkinchi xorijiy aktsiyadoriga aylandi. Natijada bank xorijiy kapital ishtirokidagi bank maqomini oldi.
2015-yil — Hamkorbank Rossiya banklari assotsiatsiyasining doimiy aʼzosi boʻldi.
2018-yil — Hamkorbank va IFC tomonidan London fond birjasida soʻmdagi Samarqand obligatsiyalarining qoʻshma chiqarilishi. ResponsAbility Bankning navbatdagi aktsiyadoriga aylandi.
2019-yil — " Moody’s " va " S& P Global Ratings " bank reytinglarini yangiladi, reyting oʻzgarishlari — „Ijobiy“.
2020-yil — Oʻzbekiston Ipoteka kreditlarini qayta moliyalash kompaniyasi bilan Bosh shartnoma imzolandi.
2021-yilda bankning kredit portfeli 8 trillion soʻmdan oshdi. Jahon tiklanish va taraqqiyot banki bilan 25 million AQSH dollari miqdorida kredit liniyasi ajratish boʻyicha kelishuv imzolandi.
Hamkorbank“ ATB rahbariyati
Chet el kapitali ishtrokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat banki Kengash Raisi — Ibragimov Ikram Ibragimovich.
„Hamkorbank“ ATB boshqaruvi raisi — Jurayev Baxtiyerjon Tuymuratovich.



Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling