«Hamkorbank» atb
Bank missiyasi va strategiyasi
Download 1.73 Mb.
|
Xamkorbank
- Bu sahifa navigatsiya:
- Komplayens nazorati
Bank missiyasi va strategiyasi
*Bank missiyasi Ishonchli hamkor sifatida yuqori sifatli va texnologik bank mahsulotlari va xizmatlarini taklif qilish orqali mijozlarning talablarini maksimal darajada qondirish *Bank istiqbollari Mijozlar uchun eng yaxshi hamkor Hodimlar uchun eng yaxshi ish beruvchi Aksiyadorlar uchun eng yaxshi biznes *Bankning strategik maqsadlari Bankning bozordagi mavqeyini mustahkamlash Bank faoliyati samaradorligini oshirish Ilg’or ekotizimni shakllantirish * Ustuvor yo’nalishlar Chakana biznesni rivojlantirish Kichik va o’rta biznesni qo’llab quvvatlash Xazina amaliyotlarini rivojlantirish *Asosiy 4 tashabbus Markazlashtirish Transformatsiya Optimallashtirish Raqamlashtirish *Aktivlar va kapital o’sishi 3 yil ichida aktivlar miqdorini eng kamida 2 marta, kapital miqdorini esa 2.4 marta oshirish. *Daromadlilik 3 yil davomida 1.8 trln. so’m miqdorida sof foyda olish va kapital foydalilik ko’rsatkichini 25%dan kam bo’lmasligini ta’minlash Komplayens nazorati Komplayens nazorat tizimi ilk bor AQShda 1906 yilda vujudga keldi. Bunga zaruriyat mamlakat iqtisodiyotida xavfsizlikni ta'minlashga qaratilgan kompaniya va korporatsiyalarning tashkil etilishi bilan bog‘liqdir. Bugungi kunda “Baker and McKenzie” xalqaro yuridik firmaning 2019 yilgi rasmiy ma'lumotlariga asosan 150 dan ortiq mamlakatlardagi kompaniyalarida korrupsiyaga qarshi komplayens nazorat tizimi joriy etilgandir. Komplayens nazorat tizimini joriy etish bo‘yicha samarali tajribaga ega mamlakatlar amaliyotiga muvofiq ushbu xizmat eng keng tarqalgan quyidagi ikkita modeli qo‘llaniladi: 1. Kompaniya va tashkilot faoliyatini faqatgina mavjud o‘rnatilgan ichki qonun va qoidalarga muvofiq tashkil etishga qaratiladi. Bunda komplayens xizmatini joriy etilishi minimal qoidalar bilan cheklanadi. 2. Komplayens nazorat tizimining tashkil etilishi korrupsiya xavflarni baholashda xalqaro tashkilotlarning (Bazel bank qo‘mitasining tavsiyalari, Xalqaro komplayens assotsiatsiyasi) tavsiyalariga asoslanadi va bu modelda komplayens xizmatning maqomi, vazifasi, faoliyat doirasi asosan xalqaro standart va tavsiyalarga asoslanadi. Mazkur ikki modelning o‘zaro farqli jihati, birinchi modelda komplayens nazorat tizimini o‘zida tashkil etayotgan kompaniya yoki tashkilot mavjud qonunlik me'yorlari yoki o‘zi ishlab chiqqan ichki qoidalar bilan tartibga solinadi va joriy etishning minimal talablari bilan cheklanadi. Ikkinchi modelda esa faoliyatni tashkil etish nafaqat milliy qonunchilik, balki xalqaro standartlar va tashkilotlarning tavsiyalari asosida joriy etiladi. Ushbu shaklda ichki qonunchilik normalarida ko‘zda tutilmagan korrupsiya xavflariga faoliyat mos keladigan qo‘shimcha profilaktik qoidalarni joriy etish mumkin bo‘ladi. Mazkur tajriba samaradorligi bilan ajralib turadi va asosan yirik iqtisodiy salohiyatga ega AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy kabi davlatlar amaliyotiga to‘g‘ri keladi. Bu o‘rinda ushbu sohani tartibga solishga qaratilgan Sloveniya qonunchiligi o‘ziga xosligi bialn ajralib turadi. Xususan, 2014 yil 26 aprelida qabul qilingan “Cloveniya davlat xoldinggi akti to‘g‘risida”gi (Slovenian sovereign holding Act, 2014) Qonunida komplayens nazorat tizimining maqomi va vakolatlari belgilangan. Hamkorbank komplayens faoliyati Bank xizmatlari uchun tariflar miqdori “Hamkorbank” ATB Boshqaruvining qarori bilan tasdiqlangan “Mijozlarga ko'rsatiladigan xizmatlar uchun olinadigan Bank xizmat xaqi tariflari”ga muvofiq belgilanadi. Har bir bank xodimi Sizga xizmat ko'rsatish jarayonida “Korporativ Etika Kodeksi”ga rioya qilishi zarur. Mazkur hujjatga muvofiq: Bank poraxo'rlik va korruptsiyaning har qanday ko'rinishini inkor etadi; Na xodimlar, na Bank bilan hamkorlik qiluvchi uchinchi shaxslar biror harakatni amalga oshirish yoki tezlashtirish uchun bankning mansabdor shaxslarini rag'batlantirishi mumkin emas; Bank mijozlar, kontragentlar va hamkorlar bilan bir tarafga ustunlik beruvchi va/yoki shartnoma shartlarining qonuniyligini buzadigan, shartnomaga asoslanmagan munosabatlar olib borishni taqiqlaydi; Xodimlarning mijozlarga nisbatan harakatlari xolisligiga ularning shaxsiy manfaati yoki boshqa shaxslarning ta'sir qilishiga yo'l qo'yilmaydi; Bank xodimlariga mijozlar yoki uchinchi shaxslardan har qanday ko'rinishdagi sovg'alar, takliflar yoki xizmatlarni qabul qilish taqiqlanadi. “ Mijozlar – bankning asosiy qadriyati, biz mijozlarga nisbatan samimiy munosabatdamiz, xayrixoxmiz va ularni bezor qilishdan yiroqmiz.” 2022 yilning oxiri boyicha “PricewaterhouseCooper” xalqaro kansalting va auditorlik bilan shugulanuvchi kompaniya audit o`tqazgan. Guruhning konsolidatsiyalangan moliyaviy hisoboti quyidagilardan iborat: 2022-yil 31-dekabr holatiga ko‘ra konsolidatsiyalangan moliyaviy holat hisoboti; yakunlangan yil uchun foyda yoki zarar va boshqa to'liq daromad to'g'risidagi konsolidatsiyalangan hisobot; o'sha paytda yakunlangan yil uchun kapitaldagi o'zgarishlar to'g'risidagi konsolidatsiyalangan hisobot; o'sha paytda tugagan yil uchun pul oqimlari to'g'risidagi konsolidatsiyalangan hisobot; va muhim buxgalteriya siyosati va boshqa tushuntirish ma'lumotlarini o'z ichiga olgan konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotga eslatmalar. Аudit Xalqaro Audit Standartlariga (ISA)ga muvofiq o'tkazildi. Foydalanilgan adabiyot. https://uz.wikipedia.org/, https://www.hamkorbank.uz/ , https://m.kun.uz/, Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling