Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
WORD MEANING AS A PSYCHOLINGUISTIC SIGN OF SPEECH
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
WORD MEANING AS A PSYCHOLINGUISTIC SIGN OF SPEECH
Xayriniso Ma’mirova * Annotation. The article presents general and analytical information related to language acquisition in the field of psycholinguistics. The article was prepared mainly on the basis of three plans. First, the levels of mastering the meaning of words in language acquisition in the world experience; secondly, the bilateral semantic structure of words in the language system; thirdly, stages such as connection of word meanings to a certain network in the linguistic mind of a learner of a certain language and manifestation of word meanings as psycholinguistic signs in these stages are highlighted. Key words: psycholinguistics, mental lexicon, subjective meaning, speech, language acquisition, thesaurus, verbal-semantic level. Muloqotni amalga oshirish jarayonida og‘zaki iboralardan tashqari, his-tuyg‘ular, imo- ishoralar va yuz ifodalaridan iborat tana harakatlaridan ham foydalanamiz. Yashashning nisbatan mukammal darajasiga erishish uchun inson, albatta, atrofidagilar bilan muloqot qila olishi, ichki kechinmalarinini yetarlicha anglab yetkaza olishi va yangi axborot qabul qilishi kabi hayotiy omillar bilan bilan ta’minlanishi kerak. Muloqot har doim shaxsni shakllantiradigan va insonlar o‘rtasidagi axborot almashinuvini ta’minlovchi kontekst sifatida muhim jarayondir. So‘z ma’nosi va uning nutqda reallashuvi murakkab jarayon bo‘lib bu haqda bitta maqola orqali to‘liq axborot berish bir muncha murakkab masala. Shu sababdan ushbu maqolamda so‘z ma’nosini nutqning psixolingvistik belgisi ekanligi haqidagi ayrim bilimlarimni uchta bosqichli yo‘nalishda ko‘rsatishga harakat qildim. 1. Dunyo tilshunosligi tajribasidan olingan shaxs lisoniy bazasining darajalanishida so‘zning ma’nosi; 2. So‘zning semantik ikkiyoqlama tuzilishi; 3. Til o‘zlashtiruvchining lisoniy ongida so‘z ma’nolarining subyektiv barqororlashuvi. Bugungi kunda tilshunoslikning zamonaviy sohalarida tilshunoslar bilan bir qatorda psixologlar va nevrologlar ham shaxs ustida tadqiqotlar olib bormoqda. Bunday konseptsion jarayon ingliz va rus tilshunosligida bir muncha to‘liq va tizimli asoslanib kelinmoqda. Jumladan, rus tilshunoslari “lingvistik shaxs” birikmasiga mujassamlashgan tushuncha orqali psixolingvistika jarayonlarning ichki va tashqi, strukturaviy va lingvistik murakkablik darajalari, lingvistik maqsad yo‘nalishlari va boshqa murakkab lingvistik voqeliklarni aks ettirishda foydalanishmoqda. Shunday tilshunoslardan biri, V.N.Karasik [V.N.Karasik,1994:2-4], “lingvistik shaxs”ni leksik tizimda mustahkamlangan, ma’lum bir milliy-ma’daniy doiradagi, asosan, bir tilde so‘zlashuvchining prototipi, mental leksikondagi lug‘at semantikasining identiketi, dunyoqarashlar, qadriyatlar va lug‘atdagi so‘zlar ma’nosida aks ettirilgan xatti- harakatlarga reaksiyasi o‘xshashligi bilan belgilanadi. S.G.Vorkachev (2001, 71boshqa tilshunoslardan farqli ravishda “etnosemantik shaxs” [S.G.Vorkachev,2001:71], tushunchasini ajratib ko‘rsatadi. Bu tushunchaga oydinlik kiritadigan bo‘lsak, bunda- kommunikativ shaxs tushunchasi subyektni ifodalaydi, unda shaxsning xarakteri ochiladi va u o‘z o‘rnida muloqotning ishtirokchisi ham bo‘ladi. Tilshunos olimlarning psixolingvistikaga oid ishlarida muloqot ishtirokchisi bo‘lgan “lingvistik shaxs”ning tildan foydalanishda (nutq jarayonida) gi lisoniy bazasini modelllar asosida darajalab chiqishgan. Quyida “lingvistik shaxs”ning nutq jarayonidagi lisoniy baza darajalari bilan tanishib chiqamiz: 1. Leksika – og‘zaki-semantik daraja. Buni aks ettiruvchi daraja deb ham nomlasak bo‘ladi. Bu daraja tilning leksik va grammatik fondiga egalik qilishini ko‘ramiz. * Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universiteti Lingvistika(o`zbek tili) mutaxassisligi II kurs magistranti, mamirovarovaxayriniso@gmail.com 256 2. Tezaurus – lingvokognitiv daraja. Bu daraja “lingvistik shaxs” lisoniy bazasidagi dunyo tasviri darajasi. Lingvokognitiv darajada til rivojlanishi uchun kognitiv rivojlanish bilan birga shaxsning aql-zakovati ham bir xil tezlikda rivojlanishi kerakligini isbotlaydigan tizim hisoblanadi. Agarda shaxning kognitiv bilimi bilimi bilan aqliy rivojlanishi o‘zaro tenglikda rivojlansa, dunyoni anglash, olamdagi predmetlarni nomlash, so‘zlarning ma’nolarini to‘g‘ri o‘zlashtirish, ulardan nutq jarayonida to‘g‘ri foydalana olish kabi muhim psixolingvistik jarayonlarda kamchiliklar kuzatilmaydi. 3. Pragmatik – motivatsion daraja. Bu tizimda shaxsning maqsadi, motivi va uni boshqaradigan rollari kommunikatsiyaning tipik elementlari hisoblanadi. Yuqoridagi darajalar so‘z ma’nosining nutq jarayonidagi o‘rnini va shakllarini aniqlashda ko'maklashadi.Masalan, og‘zaki-semantik darajada shaxs ongi, odatda, sterotipli birikmalarni qabul qiladi. Va o‘z o‘rnida har bir lingvistik shaxs ma’lum nutq jarayonida so‘z ma’nosidan foydalanishda lingvokognitiv darajadan boshlab, individual tanlash imkoniyatigacha mavjud. Bir konseptsiyaning boshqasiga nisbatan shaxsiy afzalligi nutqning motiv maqsadi, shaxsning ruhiy holati va ehtiyojlaridan kelib chiqib o‘zgarib boradi. Bu o‘rinda shuni aytishimiz mumkinki, real shaxs ichida lingvistik shaxs yashaydi. Lingvistik shaxs real shaxsning turli hayot pozitsiyalaridagi his-tuyg‘ularini ilfodolovchi so‘zlarning ma’nolarini ochib beradi. Ammo bugungi kunda yuqoridagi darajalarda so‘z ma’nolarining o‘zlashtirilishi bilan bog‘liq ilmiy dunyoqarash yetarliucha o‘rganilmagan va tajribalar ham deyarli uchramaydi. So‘z tilning asosiy elemanti bo‘lishi bilan bir qatorda uning muhim belgisi hamdir. So‘z obyektlar o‘rtasidagi munosabatlarni, obyektlarning harakatini va xususiyatlarini ifodalab, bizning dunyo haqidagi kognitiv bilimlarimizni kodlab beradi. Va bu uning asosiy vazifasi hisoblanadi. Yuqoridagi sanab o‘tilgan vazifalarni bajarishda so‘zning semantik tuzilishi muhim rol o‘ynaydi. So‘zning semantik jihatini va uning ikki tomonlama tuzilishini L.S.Vigotskiy, A.R.Luriya, A.A.Leontiyev, O.S.Vinogradova kabi psixolingvist olimlar chuqur tadqiq qilishgan. Zamonaviy psixoligiya va tilshunoslik sohalarida so‘zlarning ma’nolari shaxsning amaliy va ijtimoiy faoliyatida foydalaniladigan predmetlar mazmuning umumlashtirilgan va shaxsiy ongda barqaror aks etishi bilan ta’riflanadi. So‘z ma’nosi – jamiyatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida obyektiv shakllangan kategoriyadir. [Глухов, 2005:315]. So‘zning semantik tuzililishi murakkab. Bu semantik tarkibiy qism so‘zning vazifalari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan ikki darajani o‘z ichiga oladi: “So‘zning subyektiv bog‘liqligi” darajasi; [Выготский, 1934:63]. 1. So‘zning aniq bir belgilangan obyektni “haqiqiy ma’nosi”ni umumlashtirib nomlash darajasi. Vigotskiynig fikriga ko‘ra so‘z har doim obyektning harakati va sifatiga ishora qiladi. Va shu ishoraviy darajasi orqali predmetning o‘rnini bosishi va uning vakili sifatida qo‘llanilishi nazarda tutiladi. Va bu so‘zning subyektiv bog‘liqligidir. So‘zning asl ma’nosi ham ko‘p o‘lchovlidir. Va bu o‘lchovlar o‘zaro bog‘liq bo‘lgan uchta komponentdan tashkil topgan. Qisqaroq qilib aytganda so‘z ma’nosining ikkinchi dajarasi bu uning biz bilgan Grammatik ma’no dajarasi hisoblanadi, ammo uni nutqiy faoliyatdagi psixolingvistik tadqiqi strukturaviy tilshunoslik tadqiqidan birozgina farq qiladi. Masalan, “uvoq” so‘zi subyektiv bog‘liqlik jihatdan o‘zi ishora qilib kelayotgan tegishli predmetni bevosita ko‘rsatib kelish bilan birga shaxsning lisonida assotsativ tarzda “non”, “tandir”, “dasturxon” va shunga o‘xshash bir semantik maydonni yuzaga keltiruvchi to‘plamni hosil qiladi va bu holat nutqiy jarayondagina o‘z aksini topadi. “Uvoq” so‘zini ikkinchi tasnifdagi darajaga ko‘ra tahlil qilganimizda esa, nutqiy faoliyatda bu so‘zdan foydalanilganda oziq-ovqat turlari to‘plamini mentalniy leksikonimizda qo‘zg‘alishiga stimul vazifasini bajarib, katta foizda narsa-predmet otlari grammatik maydoniga birlashadi. So‘z birlik sonda bo‘lganligi bois bizdagi assotsativ maydon a’zolari ham birlik shaklga ega bo‘ladi va “uvoq” so‘zi eshitilganda har bir shaxsning ilmiy ongida qanday? yoki 257 qachon?, degan so‘roq emas, nima?, degan so‘roq shakl paydo bo‘ladi. Demak, so‘z va uning ma’nolari yuqoridagi ikki komponent orqali nutqimizda o‘zini namoyon etadi. Ya’ni bir tomondan obyetni nomlaydi, uning o‘rnini bosadi, undagi muhim xususiyatlarni ajratib ko‘rsatadi. Ikkinchi tomondan esa, u obyektni ma’lum bog‘lanishlar tizimi(turkum)ga kiritadi va tahlil qiladi. Til o‘zlashtirish jarayoni haqida kichik bir maqolaning tarkibiy qismida to‘liq ma’lumot berishning imkoni yo‘q, albatta. Shunday bo‘lsa ham so‘zning ma’nolari o‘zlashtirilishi bilan bog‘liq ayrim faktlar bilan tanishtirishga harakat qilaman. Nemis mutaxassisi Henriksenning so‘z ma’nosini o‘zlashtirilishiga oid mashhur modeli mavjud. Unga ko‘ra so‘z ma’nosini o‘zlashtirilishi 3 bosqichli modelni o‘z ichiga oladi: 1. Birinchi boshqichda yangi o‘zlashtirilayotgan so‘zning ma’nosi yuzaki tarzada qabul qilinadi va bu “qo‘pol” o‘zlashtirish deyiladi. 2. Ikkinchi bosqichda so‘z o‘zlashtirishdan bilish darajasiga ko‘tariladi va ong uchun “begonalik” dan qutiladi. 3. Uchinchi bosqichda so‘z shaxsning mental leksikonida ma’lum tarmoqqa ulanadi va ayrim so‘zlar bilan bog‘lanadi. Va shu bosqichda so‘zlarning ma’nolari subyektiv barqarorlashadi. Yuqoridagi bosqichlarni isbotlash uchun Germaniyada psixolingvistik tajriba o‘tkazilgan. Unga ko‘ra, 3 va 4 yoshli bolalardan 14 nafari tanlab olingan va bu bolalarning hech biri zaytun yyogi va uning rangi haqidagi lisoniy tafakkurga ega bo‘lmagan. Tadqiqotchi tomonidan zaytun yog‘ining rangi uchun “xrom” so‘zi o‘ylab topilgan. Bu so‘zni birinchi marta bolalar eshitishganida, bir nechta bolalar so‘zni takrorlashga harakat qilishadi. Bir haftadan so‘ng tushunish testi o‘tkaziladi. Tastda bolalarda 6 ta rangli qog‘ozlar bilan birga zaytun ham ko‘rsatiladi. “Xrom” so‘zi zaytun uchun 9 ta bola tomonidan aytilgan. 6 haftadan keyin bolalarning 8 nafari “xrom” so‘zini eslay olishmadi. 18 hafta davomida yangi so‘z bilan bog‘lab bolalar nutqida qo‘shimcha ishlar olib borilgandan keyingina 100 foiz bolalar “xrom so‘zini nutqida mustaqil qo‘llay boshlashdi. Xulosa qilib aytganda, so‘z ma’nosining murakkab tarkibi nutqiy faoliyatda o‘zini turli tomonlama namoyon qiladi va bu jaryonda o‘zini psixolingvistik belgi sifatida akslantiradi. Til sistemasidagi har bir so‘zning “lisoniy shaxs” Muloqotida o‘zlashtirilishi va qayta jonlanishi shu til egalarining qadriyat va milliy dunyoqarashini, til boyligini, olam haqidagi kognitiv bilimlarini umumlashtirishga yordam beradi. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling