Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotation.
- Key words
- Muammoli ta’lim
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Hojiyev A. Oʻzbek tili sinonimlarining izohli lugʻati. Toshkent. “Oʻqituvchi”. 1974. 2. Jumaniyozov R. Sinonimlar taʼrifi masalasi //Oʻzbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 1970. № 1. B. 35. 4. Hojiyev A. Oʻzbek tili sinonimlarining izohli lugʻati. - Toshkent. “Oʻqituvchi”, 1974. B.4-10. 5. Rahmatullayev Sh. Semik tahlil va leksik sinonimiyani taʼriflash masalasi.// Oʻzbek tili va adabiyoti. - Toshkent, 1979. №5. B. 55. 7. Hojiyev A. Oʻzbek tili sinonimlarining izohli lugʻati. Toshkent. “Oʻqituvchi”. 1974. 6. Kay Martin. History of machine Translation. URL: htttp://www.lsadc.orq/Kay.html (2022) 7. M.Y. Blokh. A cource in theoretical English Grammar. — M.: Vishaya shkola, 2008 8. History of machine translation. URL:. https://en.wikipedia.org/wiki/ “TILNING TASVIRIY VOSITALARI” MAVZUSINI O‘QITISHDA ILG‘OR XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISH USE OF ADVANCED FOREIGN EXPERIENCES IN TEACHING THE TOPIC “VISUAL MEANS OF LANGUAGE” Ma’mura Xangilova * Annotation. This article discusses the effectiveness of using foreign experiences in national education. In particular, the perspectives and methods of using "Case" technology in linguistic education are shown. Examples of this method are given on the topic. Key words: educational process, foreign experience, "Case" technology, philological education, visual aids Keyingi yillarda O‘zbekistonda mamlakatimizning jahon hamjamiyatiga yanada chuqur integratsiyalashuvini ta’minlash maqsadida chet tillarni, xususan, ingliz tilini o‘qitishning kompleks tizimi yaratilib, amalda keng joriy etilmoqda. Ana shunday ishlar qatorida o‘zbek tili va adabiyotining xalqimiz, jamiyatimizning ma’naviy rivojida, zamonaviy ilm-fan taraqqiyotida tutgan o‘rni va roli bilan bog‘liq dolzarb mavzularda muhim ilmiy tatqiqotlar amalga oshirilmoqda, ko‘plab lug‘at va qomuslar, risola va darsliklar nashr etilmoqda. O‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha mutaxassislar, ilmiy-pedogogik kadrlar tayyorlash, mazkur yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalariga katta e’tibor berilmoqda. Oliy ta’limda o‘zbek tilshunosligiga doir fanlarni o‘qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida ishlash davrning asosiy talabi, hayotiy zarurat bo‘lib qolmoqda. Mazkur talabni amalga oshirish uchun esa “innovatsiya”ning mohiyatini anglash va ta’limda xorijiy tajribalarni qo‘llash uchun ularni saralay bilish pedagog oldida turgan muhim vazifa sanaladi[Begimqulov,2007]. Pedagogik texnologiya bilimlarni egallashda rejalashtirish, boshqarish va ta'minlashni tahlil qilish uchun faoliyatni tashkil etish usulini, odamlar,g‘oyalar, vositalarni o‘z ichiga oluvchi kompleks integral jarayon demakdir. Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik texnologiyalar markazlari mavjud bo‘lib, ular pedagogik jarayonlarni tashkil etishda muhim rol o‘ynaydi. AQShda 1971- yil “Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar bo‘yicha AQSh Assotsiatsiyasi”tuzildi. Hozirgi kunda mamlakat bo‘ylab va Kanadada bu kengashning 50 ta filiallari ish olib bormoqda. AQSh da 1961-yilda “Pedagogik texnologiya” jurnali, 1971- yilda esa – “Audiovizual o‘qitish” jurnali nashr etila boshlandi. Angliyada 1967 yil - Pedagogik texnologiya bo‘yicha Milliy kengash 1964-yildan boshlab “Pedagogik texnologiya va o‘qitishni dasturlashtirish”jurnalini, 1971- yilda – “Pedagogik texnologiya” jurnalini nashr eta boshladi. Yaponiyada - Pedagogik texnologiyalar muammolari bilan 4 ta ilmiy tashkilotlar shug‘ullanadi. 1967- yilda “Pedagogik texnologiyalar bo‘yicha Milliy kengash” tashkil etildi, * Navoiy viloyati, Nurota tumani 22-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi 267 uning filiallari 22 ta davlat universitetlarida joylashtirilgan. 1965- yildan boshlab Yapon tilida har uch oyda “Pedagogik texnologiya” jurnali va ingliz tilida yiliga ikki marta “Pedagogik texnologiyalar sohasida tadqiqotlar” jurnali nashr etiladi. Yaqinda “Pedagogik texnologiyalar bo‘yicha umumyapon Markaziy kengashi” tashkil etildi, u muammolar bo‘yicha xalqaro aloqalar o‘rnatish bilan ham shug‘ullanadi. Italiyada – 1971- yili pedagogik texnologiyalar bo‘yicha Milliy markaz tashkil etildi va “Pedagogik texnologiyalar” jurnali nashr etiladi. Vengriyada – 1973- yili o‘qitish texnologiyasi Davlat Markazi tashkil etildi. O‘qitish texnologiyasi bo‘yicha Xalqaro seminarda (Budapesht, 1977) olim S.G.Shapovalenko o‘qitish jarayonining uchta texnologik prinsiplarini ko‘rsatdi: 1. Bilim va texnikani mukammal egallash. 2. Audiovizual materiallari fondi bilan tanishish. 3. Ulardan samarali foydalanish metodikasini, shu jumladan ijodiy yondashishni ham bilish. Vengriya olimi L. Salai “o‘qitish texnologiyasi” tushunchasiga rejalashtirish, maqsadlarni tahlil qilish, o‘quv-tarbiyaviy ishlar jarayonini ilmiy tashkil etish, samaradorligini oshirish maqsadida eng muhim vosita va materiallarni tanlashni kiritib o‘qitish jarayonini tashkil etuvchilarni doirasini ancha kengaytirdi. E. Bisterski va J. Sellerlar (AQSh) to‘plangan ma'lumotlar bo‘yicha o‘qitish texnikasi faqatgina yordamchi vosita va yangi sistemadan iborat bo‘libgina qolmay, balki o‘qish jarayoni tashkiliy shaklini, metodi va mazmunini o‘zgartirib uning rivojlanishida katta rol o‘ynadi. Bu esa o‘z navbatida o‘qituvchilar va o‘quvchilarni pedagogik fikrlashlariga katta ta'sir ko‘rsatdi. Rossiya XX asrning 90-yillarida pedagogik texnologiyalar bo‘yicha Markaz tashkil etildi, “Maktab texnologiyasi”, “Ta'limda innovatsiyalar” jurnallari nashr etiladi. O‘zbekiston 1997- yili kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilingandan boshlab ta'lim tizimida, pedagogik nashrlarda pedagogik texnologiyalar muammolari dolzarb tadqiqotchilik obyektlari sifatida ko‘tarila boshlandi. 1999- yilda Respublika ta'lim Markazi qoshida pedagogik texnologiyalar bo‘yicha Markaz tashkil etildi. “Ta'lim texnologiyalari”, “Ta'lim muammolari”kabi jurnallar nashr etila boshlandi, pedagogik texnologiyalar muammolari bo‘yicha maqolalar “Xalq ta'limi”, “Pedagogik ta'lim”, “Ta'lim va tarbiya”jurnallarida, “Ma'rifat”, “O‘qituvchilar gazetasi” va boshqa ilmiy- pedagogik nashrlarda bosilib chiqarilmoqda. 1994-yili pedagogik texnologiyalar muammolari bo‘yicha 1-Respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi o‘tkazildi, ma'ruzalar va hisobotlar materiallari maxsus to‘plamda chop etildi. Pedagog-olimlar U. Nishonaliyev, N. Saidaxmedov, N.Egamberdiyeva, B.Xodjayev, N.Azizxodjayeva, U. Tolipov, B.L. Farberman va boshqalar Respublikada pedagogik texnologiyalar muammolari bo‘yicha jiddiy tadqiqotlar olib bormoqdalar. Ularning izlanishlari va tashabbuslari natijasida bugun ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan keng foydalanilmoqda. Lugʻaviy jihatdan “innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda “innovation” – “yangilik kiritish”[Hasanboyev,2009] degan ma’noni anglatadi. Mazmunan esa tushuncha negizida “innovatsiya” tushunchasi muayyan tizimning ichki tuzilishini o‘zgartirishga qaratilgan faoliyatni ifodalaydi. Shu ma’noda ta’limga yangicha yondashuv, unga kirib kelayotgan har bir yangi qarash va tushuncha innovatsiyaning hayotiy ifodasidir, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Zamonaviy sharoitda O‘zbekiston Respublikasining uzluksiz ta’lim tizimida rivojlangan xorijiy mamlakatlarning o‘qitish amaliyotida qo‘llanilayotgan ilgʻor pedagogik texnologiyalar va ta’lim innovatsiyalaridan foydalanilmoqda. Ular ichida eng keng tarqalgani “Muammoli ta’lim Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling