Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

 
 
 
 


261 
YOZMA NUTQ FAOLIYATI MURAKKAB PSIXOLINGVISTIK JARAYON 
SIFATIDA 
WRITTEN SPEECH ACTIVITY AS A COMPLEX PSYCHOLINGUISTIC PROCESS 

Madina Abdullajonova 
*


Annotation. In this article, the stages of acquiring writing skills, psycholinguistic 
operations in written speech activity are analyzed based on the descriptive method. The 
theoretical and practical importance of studying this issue was discussed. 

 Key words: stages of learning writing, fine motor skills and gross motor skills, 
graphomotor skills, phonemic analysis, grapheme. 
 
Kishilik jamiyati mavjud bo‘lishining asosiy shartlaridan biri insonlarning o‘zaro 
kommunikativ aloqaga kirishishlaridir. Insonlar og‘zaki va yozma nutqdan foydalangan holda 
kommunikativ maqsadlarini amalga oshiradilar. Ma’lumki, yozma nutq og‘zaki nutqqa nisbat 
kechroq shakllanadi, og‘zaki nutqning shakllanishi yozishni muvaffaqiyatli tarzda 
o‘zlashtirish uchun zarur shartlardan biri hisoblanadi. 
Bugungi kunda zamonaviy tilshunoslik sohalari, xususan, psixolingvistika, 
neyrolingvistika, ontolingvistika kabi fanlar yozma nutq faoliyatini murakkab, tizimli jarayon 
sifatida baholamoqda. A.R.Luriya, T.V.Axutina, R.I.Lalayeva, O.A.Tokareva, L.S.Svetkova 
kabi olimlar tomonidan mazkur faoliyatning psixofiziologik xususiyatlari atroflicha tadqiq 
etilgan. Ushbu maqolada yozuv o‘zlashtirilishining bosqichlari hamda yozma nutq faoliyatini 
tashkil etuvchi muhim operatsiyalar haqida so‘z boradi.
Yozuv – bu grafomotor va lingvistik komponentlarni birlashtirgan, uzoq vaqt 
mobaynida egallanadigan murakkab mahorat. Yozish malakasini egallash og‘zaki nutqdan 
farqli ravishda maxsus o‘rganishni talab qiladi. Yozish jarayoni nutq faoliyatining eng 
murakkab, ongli shakli bo‘lib, o‘zining kelib chiqishi va rivojlanish yo‘li, psixologik mazmuni 
bilan ham, tarkibiga kiradigan psixolingvistik operatsiyalar nuqtayi nazaridan ham og‘zaki 
nutq jarayonidan keskin farq qiladi. [A.Luriya, 2002, 14] Og‘zaki nutq sof amaliy ko‘rinishda 
bo‘lib, kattalar nutqiga "jonli moslashish" orqali o‘zlashtiriladi va artikulyatsiyasi uzoq vaqt 
davomida “ongsiz” bo‘ladi, ya’ni til qurilish qonunlari, uning tovush tarkibi bola maktabda 
fonetika, grammatikani o‘rgangachgina anglashiladi. Yozma nutq faoliyati esa boshidanoq 
maxsus ongli o‘rganish orqali shakllantiriladi. 
Yozuv o‘zlashtirilishini shartli ravishda quyidagi 4 bosqichga ajratish mumkin. 
1-bosqich. Tayyorgarlik davri (maktabgacha ta’lim davri). Bu bosqichda bolaning 
nozik motorika qobiliyati shakllanish jarayonida bo‘lib, qog‘oz-qalam bilan ishlash 
ko‘nikmalari rivojlanadi. Umumiy va nozik motorikaning yetarli darajada rivojlanishi 
bolaning yozma nutq faoliyatini egallashida muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiy izlanishlar 
bolada yozuv ko‘nikmasini shakllantirish tayyorgarliksiz qiyin kechishini isbotlagan. Ya’ni 
ma’lum shakllarni o‘zlashtirish harflarni muvaffaqiyatli o‘rganish uchun asos bo‘ladi. 
2-bosqich. Analitik davr (maktabning alifbo o‘zlashtirishgacha bo‘lgan va alifbo 
davri). Mazkur bosqichda harflarning alohida elementlari va ularning yaxlit ko‘rinishi 
o‘zlashtiriladi, tovush-harf aloqasi mustahkamlanadi. Har bir harfning yozilishi dastlab bir 
qator alohida harakatlar orqali yuzaga chiqadi. O‘quvchi mazkur bosqichda harfning har bitta 
elementini to‘g‘ri yozishga diqqatini qaratadi. Bu jarayonni tashkil qiluvchi psixolingvistik 
operatsiyalar haqida quyiroqda so‘z boradi. 
3-bosqich. Analitik-sintetik davr (alifbodan keyingi davr). Ushbu bosqichda harflar 
birikmasi orqali bo‘g‘in, bo‘g‘inlar yordamida so‘zlar hosil qilish malakasi egallanadi. 
4-bosqich. Sintetik davr. Mazkur davrda, tom ma’noda yozuv fikrni ifodalash 
vositasiga aylanadi.
*
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU Lingvistika mutaxassisligi 2-bosqich magistranti


262 
Neyropsixologik modellar shuni ko‘rsatadiki, yozuvning lingvistik komponenti so‘z 
tarkibini tahlil qilib, elementlarini grafemik tasviriga moslashtiradi, motor komponent esa 
orfografik tasvirlarni yozuvga aylantiradi. [Ellis, 1982; Margolin, 1984; Roeltgen, 2000]
Yozma nutq faoliyati ko‘plab aqliy funksiyalarni o‘z ichiga oluvchi yaxlit 
psixofiziologik jarayon ekanligi fanda o‘z isbotini topgan. Uning amalga oshishi nutq-eshituv, 
vizual, umumiy motorika va nozik motorika analizatorlarining birgalikdagi faoliyatiga 
asoslanadi. Yozish jarayonida ular orasida yaqindan bog‘lanish va o‘zaro aloqadorlik 
o‘rnatiladi. Bu jarayonning tuzilishi yozuv malakalarini o‘zlashtirish bosqichiga, yozuvning 
maqsadi va xususiyatiga bog‘liq ekanligini ta’kidlab o‘tish joiz. Yozish bilan birga o‘qishni
o‘zlashtirish orfoepik va orfografik qoidalar o‘rtasidagi tafovutlarni tushunishga yordam 
beradi. 
A.R. Luriya fikricha, miyaning barcha uch bloki yozish malakasini egallashda faol
ishtirok etadi. Olim yozuv jarayonining psixolingvistik mazmunini tashkil etuvchi bir qancha 
о‘zaro bog‘langan operatsiyalarni ajratib ko‘rsatadi. Yozuv jarayoni tarkibiga kiruvchi 
birinchi muhim operatsiya yozuv asosidagi sо‘zlarning tovush tarkibini tahlil qilish 
hisoblanadi. [Luriya, 2002: 21] Mazkur tahlil ikki bosqichda amalga oshiriladi: dastavval 
so‘zni tashkil etuvchi tovushlarning ketma-ketligi aniqlanadi, so‘ng mazkur tovushlar ongdagi 
lisoniy tasviri – fonemalarga moslashtiriladi. Ilmiy adabiyotlarda bu jarayon “Fonematik 
idrok” atamasi bilan ham yuritiladi (R.I.Lalayeva, R.Ye.Levina, L.F.Spirova va boshqalar). 
Bir qarashda sodda tuyilgan mazkur operatsiya yozuvni endi o‘zlashtirayotgan bola uchun 
ma’lum qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Jumladan, bola bir bo‘g‘inli yoki tarkibi 
ochiq bo‘g‘inlardan iborat ikki-uch bo‘g‘inli so‘zlarning tovush tartibini oson aniqlashi 
mumkin. Ko‘p bo‘g‘inli, qator va qo‘sh undoshli so‘zlarni tahlil qilishda esa, ko‘pincha, 
chalkashlikka yo‘l qo‘yadi. 
Fonematik idrok va fonematik tahlil nutq-eshituv va nutq-harakat analizatorlarining 
о‘zaro aloqasi yordamida amalga oshiriladi. Ya’ni, sо‘zning tovush tarkibi va tartibini 
aniqlashda artikulatsiyaning roli katta. Yozishni endi o‘rganayotgan o‘quvchi hech qachon 
so‘z bo‘g‘inlarini talaffuz qilmay yozmaydi. Avval, yozuv asosidagi so‘zning bu tarzda ovoz 
chiqarib takrorlanishi baland ohangda bo‘ladi, keyin u shivir-shivirga aylanadi va natijada 
yo‘qolgandek tuyiladi. Biroq uzoq vaqt davomida deyarli har bitta harf yashirin ichki talaffuz 
yordamida yoziladi.
L.K.Nazarova o‘tkazgan tajribalar yozuv jarayonida gapirmay yozish boshlang‘ich sinf 
о‘quvchilarida xatolar sonining keskin ortishiga olib kelishini isbotlagan. Ovoz chiqarib, 
shivirlab yoki ichida aytib yozish, A.R.Luriyaning fikricha, so‘zdagi tovushlarni aniqlashga, 
о‘xshash tovushlarni bir-biridan farqlashga va yetarlicha aniq bо‘lmagan tovushlarni aniq 
fonemalarga aylantirishga imkoni beradi. 
Sо‘zning tovush tahlilidan keyingi muhim operatsiya aniqlangan fonemalarni harfning 
vizual tasvirlariga moslashtirishdir. О‘quvchi yozilishi kerak bо‘lgan harfning grafik belgisini 
kо‘ruv orqali tasavvur qila olishi kerak (A.N.Kornev, A.R.Luriya, L.S.Svetkova va 
boshqalar). Bu jarayonda vizual tahlilning aniqligi muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir 
fonemani grafema yordamida kodlash uning о‘ziga xos tasviri, elementlarining fazoviy 
joylashuvini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Bolalar harf tasvirlarini oson o‘zlashtirib 
olishlariga qaramay. qayta kodlash jarayonida bir qator qiyinchiliklarga duch kelishlari 
mumkin: ko‘p hollarda optik jihatdan bir-biriga yaqin harflar (g-q; p-q va hokazo)ning 
almashtirilishi kuzatiladi. Bu ko‘rinishdagi xatolarning doimiy takrorlanishi “oyna yozuvi 
sindromi”dan darak beradi.
Demak, ko‘plab alifbolarda assimmetrik va о‘xshash harflar mavjudligi ularni aniq 
farqlash uchun vizual analiz va sintez, optik-fazoviy tasavvur yetarli darajada shakllangan 
bo‘lishi kerakligini ko‘rsatadi.
Fonemalarni fazoviy qatorga aylantirish jarayoni bolalarda amalda fonematik tahlil va 
grafomotor operatsiyalar bilan barobar kechadi. Bu sanab о‘tilganlar yuqori darajada diqqatni 
tо‘plash va uni taqsimlashni talab qiladi.


263 
Uchinchi, ya’ni eng so‘nggi bosqich – optik belgilar (grafemalar)ni kerakli grafik 
chiziqlar (kinemalarga) aylantirish hisoblanadi. Bu bosqichda nozik motorikaning ahamiyati 
yaqqolroq ko‘rinadi. Buni A.R.Luriya murakkab “kinematik melodiya (hamohanglik) ” deb 
nomlaydi. Shunday qilib, qо‘l harakatlarining uzluksizligini ta’minlash yozma nutq 
faoliyatining muhim tarkibiy qismi sanaladi. 
Agar alohida yozish haqida emas, balki yaxlit yozma nutq haqida gapiradigan bo‘lsak, 
u matn g‘oyasini yaratish, g‘oyaning yaxlitligini saqlash, leksik va sintaktik amallar, ichki 
nutq dasturi kabi muhim operatsiyalarni ham o‘z ichiga oladi. Shunga qaramay, har qanday 
yozma nutq faoliyati ko‘rinishlari: diktant yozish, matnni ko‘chirib yozish, ijodiy matn 
tayyorlash va hatto elektron matn yaratish ham umumiy psixolingvistik operatsiyalar orqali 
birlashadi
Dastavval to‘liq ongli harakatlar natijasi bo‘lgan yozma nutq faoliyati keyinchalik 
avtomatlashgan, deyarli ongsiz operatsiyaga aylanadi. Natijada uning funksional tuzilishi
qisqaradi, barcha texnik operatsiyalar ong maydonini tark etadi va diqqat sohasida
harfning faqat semantik tomoni saqlanadi. Faqat alohida holatlarda, masalan, tovush tarkibi 
murakkab bo‘lgan so‘zni yozishda bola so‘zni tovushlarga tizimli ravishda ajratishga qaytadi: 
alohida operatsiyalar yana ongli bo‘ladi. [A.Luriya, 2002, 17] Katta yoshli insonlarning 
yozuvi avtomatlashgan hisoblanadi va yozuv malakalarini endi o‘zlashtirib borayotgan 
bolaning yozuvidan farq qiladi. Chunonchi, katta yoshdagilar yozuvi aniq maqsadga 
yo‘naltirilgan faoliyat bo‘lib, uning asosiy maqsadi ongdagi fikrni bayon etish yoki uni qayd 
qilishdan iborat boʻladi. Katta yoshli insonlarning yozuvi sintetik jarayon mahsuli hisoblanadi. 
Bunda so‘zning grafik obrazi alohida elment (harf) lar bilan emas, balki bir butun sifatida 
talaffuz etiladi. So‘z yagona motor akti orqali yuzaga keladi.
Xulosa qilib aytganda, yozuvning murakkab psixologik tuzilishi bosh miyada 
hamkorlikda faoliyat yurituvchi butun bir kompleks orqali ta’minlanishidan dalolat beradi 
(T.V.Axutina, L.S.Vigotskiy, A.R.Luriya, L.S.Svetkova). Yozma nutq faoliyatini tashkil 
etuvchi psixolingvistik operatsiyalar mazkur jarayonni kognitiv faoliyat mahsuli sifatida 
baholash imkonini beradi. Yozuv ko‘nikmasi rivojlanishining har bir bosqichida mazkur 
jarayon turlicha qurilganligi sababli, yuqorida ta’kidlab o‘tilgan operatsiyalarning roli 
o‘zgarib turadi. Natijada, bu masalani atroflicha tadqiq etish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shu 
bilan birga, yozuvning psixolingvistik tomonini tadqiq etish yozma nutq faoliyatidagi o‘ziga 
xos buzilishlar – disgrafiya muammosini chuqur o‘rganish va korreksion ishlarni 
takomillashtirishga asos bo‘ladi.

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling