Iqtisodiy ko`rsatkichlarni tahlili


Download 17.43 Kb.
Sana23.02.2023
Hajmi17.43 Kb.
#1225209
Bog'liq
Iqtisodiy ko`rsatkichlarni tahlili


Iqtisodiy ko`rsatkichlarni tahlili
Bu haqda joriy yilning 12-may kuni Prezident ishtirokida makroiqtisodiy vaziyat, hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o'sishni ta'minlash bo'yicha birinchi yarim yillikdagi ustuvor vazifalarga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishida ma'lum qilindi. Shuningdek, mazkur davrda sanoat — 3,8 foizga, qishloq xo'jaligi — 3,1 foizga o'sgani ham ta'kidlandi.
Birinchi chorakning makroiqtisodiy tahlillariga ko'ra, O'zbekiston iqtisodiyoti kuchli o'sish traektoriyasiga qaytmoqda. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ishlab chiqarish hajmining o'sishi kuzatildi. Dastlabki uch oyda qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi mahsulotlari ko'rsatkichlari 2020-yil birinchi choragiga nisbatan biroz pastlaganiga qaramay, 3,1 foiz o'sish bilan yakunlandi.
Bunda qayta ishlash sohasidagi 4,6 foiz yuqorilash, elektr energiyasi, gaz, bug' va konditsionerlik sohasidagi ishlab chiqarishning 2020-yilning birinchi choragidagi 7,9 foizdan joriy yilning mos davrida 10,1 foizni tashkil etganligi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 3,8 foizga oshishiga xizmat qildi.
Mazkur davrda qurilish sektori 0,5, xizmat ko'rsatish sohasi 5,8, transport sohasida yuk aylanmasi 2,8 foizga o'sishi kuzatildi. Yilning dastlabki uch oyida chakana savdo hajmi ham o'tgan yilning shu davriga nisbatan (3,8 foiz) biroz pasaygan holda, 2,8 foizga yuqoriladi.
Barcha imkoniyatlar yaratib berilayotganiga qaramay, ayrim tarmoqlarda yetarli ko'rsatkichga erishilmagani ham ko'zga tashlanmoqda. Xususan, birinchi chorakda “O'zavtosanoat”da ishlab chiqarish hajmi 40 foizga, “O'zbekneftgaz”da 4,7 foizga, charm mahsulotlari 10 foizga pasaygan. Davlatimiz rahbari yig'ilishda mutasaddilarga “so'nggi bir yilda dori-darmon va tibbiyot buyumlariga ehtiyoj keskin oshsa-da, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish 22 foizga kamayishini qanday izohlash mumkin?”, deya savol berdi. Vazirlar, viloyat, tuman va shahar hokimlari, tarmoq va bank rahbarlariga may-iyun` oylarida birinchi navbatda asosiy energoresurslar ishlab chiqarish hajmlarini oshirish bo'yicha topshiriqlar berdi.
Hamkor mamlakatlarda ahvol qanday?
Bugun mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi uzoq-yaqindagi boshqa davlatlarning taraqqiyotiga ham bevosita ta'sir ko'rsatmoqda. Bu barcha sohalardagi hamkorlik aloqalari natijasida mamlakatga kirib keladigan pul mablag'larida yaqqolroq ko'zga tashlanadi. Pandemiya qo'shni mamlakatlar hamda yirik savdo sheriklarimiz iqtisodiyotiga salbiy ta'sir ko'rsatishda davom etmoqda. Xususan, Qozog'iston YAIM birinchi chorakda o'tgan yilning shu davriga nisbatan 1,6 foizga kamaygan bo'lsa, Qirg'iziston iqtisodiyotidagi turg'unlik davom etayapti. Rossiya YAIMda esa, mazkur davrda taxminan 1,8 foizga pasayish kuzatilgan. Bu borada Xitoy iqtisodiyotida rekord darajada o'sish sur'ati (18,3 foiz) qayd etildi. Mamlakatda 2020-yilning to'rtinchi choragida YAIM o'sishi 0,6 foizni tashkil etgan edi.
Dunyodagi vaziyat yurtimiz iqtisodiyotiga ham ta'sir ko'rsatmay qolmayapti. Pandemiya sababli xorijiy sarmoyalar kamayishda davom etmoqda. Biroq, bu pasayish o'tgan yilning shu davriga nisbatan sezilarli darajada — 11,2 foizdan 3,5 foizgacha sekinlashdi. Bunda asosan markazlashtirilgan investitsiyalar kamayib bormoqda.
Aksincha, markazlashtirilmagan investitsiyalar ulushida 13,6 foiz o'sishga erishildi. To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar 30,6 foizga, aholi hisobidan investitsiyalar 20 foizga oshdi.
Tashqi savdodagi holatlar dinamikasi
Jiddiy inqiroz tashqi savdoga ham ta'sir ko'rsatishda davom etyapti. Tahlillarga ko'ra, yurtimizda birinchi chorakda tashqi savdo aylanmasi hajmi 11,6 foizga kamayib, 7,1 milliard dollarni, import esa 1,3 foizga pastlashib, 4,7 milliard dollarni tashkil etdi.
Ta'kidlash joizki, o'tgan yilning birinchi choragida oltin 1 milliard dollarga sotilib, eksport tarkibining qariyb 30 foizini tashkil etgan bo'lsa, joriy yil boshida oltinsiz eksport hajmi 2,4 millird dollarga etdi. Demak, oltinni hisobga olmaganda, tovar va xizmatlar eksporti birinchi chorakda 6 foizga oshgan.
Eksport tarkibida oziq-ovqat mahsulotlarini xorijga yetkazib berish hajmi 18,4 foiz, kimyoviy mahsulotlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar 21 foiz, rangli metallar 58 foiz, mashinalar va uskunalar 58 foiz, to'qimachilik va to'qimachilik mahsulotlari 37,8 foizga o'sishi kuzatildi. Shuning barobarida, energiya va neft mahsulotlari eksporti 53,1 foiz, qora metallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar 22,7 foiz, xizmatlar 25,7 foizga pasaygani qayd etildi. Shu bois, yig'ilishda birinchi yarim yillikda eksport hajmini 5,2 milliard dollarga etkazishni ta'minlash bo'yicha topshiriqlar berildi.
Import borasida ham sezilarli tafovutlar ko'zga tashlanmoqda. Xususan, xorijiy mamlakatlardan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish 48,4 foiz, kimyoviy mahsulotlar 13,3 foiz, qora metallar va ulardan ishlangan mahsulotlar 13,3 foizga o'sgan bo'lsa, mashina va uskunalar importi 16,1 foiz, energiya tashuvchilar va neft mahsulotlari 2,2 foiz, xizmatlar 20,4 foizga kamaydi.
Shunday qilib, birinchi chorak yakunlariga ko'ra, O'zbekistonning iqtisodiy rivojlanishiga global inqirozning ta'siri sezilmoqda. Lekin o'tgan yilning birinchi choragiga nisbatan iqtisodiyotning qator tarmoqlarida o'sish sur'atlari bo'y ko'rsatyapti. Murakkab sharoitga qaramasdan, O'zbekiston iqtisodiyoti inqirozgacha bo'lgan dinamikaga qaytishga faol intilmoqda.
Download 17.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling