Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Begimqulov U.Sh. Pedagogik ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari. – T.: “Fan” nashriyoti, 2007. –144-b. 2.Dexkanova M. Ta’lim jarayonida noan’anaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llash usullari // Ta’lim texnologiyalari. – Toshkent, 2006. – № 1. – B.9-11. 3.Qo‘ng‘irov R., Begmatov E., Tojiyev Y. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. –T: «O‘qituvchi», 1992. 4. Султонова Г.А. Педагогик маҳорат. – Тошкент: ТДПУ, 2005. 5. Ҳасанбоев Ж., Тўрақулов Х., Ҳайдаров М., Ҳасанбоева О., Усманов Н. Педагогика фанидан изоҳли луғат. – Тошкент: Фан ва технология. 2009. – Б.154. IJTIMOIY TARMOQLARDAGI SIYOSIY XAVFLILIGI MAVJUD MATNLARNI LINGVISTIK EXPERTIZASI O‘TKAZISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI PECULIARITIES OF CONDUCTING LINGUISTIC EXPERTISE OF POLITICALLY DANGEROUS TEXTS IN SOCIAL NETWORKS Nargisa Soliyeva * Annotation. The examination of political texts is one of the main research objects in linguistic expertise. Social network messages, as well as the expression of negative information through various micro-blocks, assessment of the level of danger is important. Texts threatening social and political security can be expressed in different ways. The article talks about types of texts that threaten social and political security, their characteristics and forms of expression. Key words: expertise, political speech, social network message, linguistic expertise, forensic political science expertise, threat, invitation. Lingvistik ekspertizada bahsli matn tiplarini ajratishda ijtimoiy-siyosiy xavfsizlikka daxl qiluvchi matnlar alohida ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy-siyosiy aloqalarning kuchayishi, ommaviy axborot vositalarining ochiqligi va ayniqsa ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari sonining keskin oshganligi axborot xavfsizligini ta’minlash zaruratini opaydo qiladi. Oxirgi vaqtlarda aynan ijtimoiy tarmoqlar istalgan turdagi axborotlarni uzatish, yashirin kommunikativ maqsadni ifodalashning eng qo’lay vositasiga aylandi. Dunyo global siyosiy beqarorlik davriga kirdi. Bu bilan ijtimoiy keskinlik o'choqlari paydo bo'ladi, "rangli inqiloblar" sodir bo'lishi xavfi ortadi. Hozir har qachongidan ham muhim bo‘lib, kechayayotgan jarayonlarni obyektiv, ilmiy tushunish kerak, bir-biri bilan murakkab tarzda o‘zaro bog‘langan ob’ektiv va subyektiv xarakterdagi ichki va tashqi omillar majmud. Odatda, ijtimoiy-siyosiy beqarorlik xavfini siyosatshunoslar muayyan vaziyatlar va aniq shaxslarning harakatlarini tahlil qilish asosida o‘rganadilar.[Коротаев А.,2018:9] Biroq, siyosatshunoslik tahlili juda sub'ektivdir, chunki u o'z baholarida mumkin bo'lgan aniq ekspertlarning fikrini aks ettiradi. Statistik ma'lumotlarni qayta ishlashga asoslangan beqarorlik indekslarini qo'llash siyosiy tahlilning ob'ektivligini oshiradi, ammo, muayyan hududda sodir bo‘layotgan beqarorlikning tub ildizi, o‘choqlarini aniqlash va bartaraf etish biroz murakkabliklarni yuzaga keltiradi. Muayyan mamlakatda ijtimoiy-siyosiy beqarorlik xavfini tahlil qilishning murakkabligi ko'p jihatdan unda yuzaga keladigan siyosiy vaziyat har doim uzoq tarixga ega bo'lib, uning xususiyatlari keyingi voqealar qaysi yo'nalishda rivojlanishi uchun muhimdir. Shu sababli, mamlakatdagi mavjud vaziyatni aks ettiruvchi beqarorlik indekslari yordamida nutq tahlili, qoida tariqasida, ishonchli natija bermaydi. Tahlilning ishonchliligini oshirish uchun ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar (SES) faoliyati barqarorligining pasayishi natijasida beqarorlikni umumiy nuqtai nazardan ko'rib chiqishga imkon beradigan nazariy tushuncha va unga asoslangan mantiqiy- 270 matematik vositalar to'plami talab qilinadi. Ushbu ilmiy muammoni hal qilish uchun metodik yondashuv quyida taklif etiladi: Ijtimoiy –siyosiy xavfsizlikka qarshi matnlar turli tiplarga bo‘linishi mumkin. Boisi kommunikativ maqsadni ifodalash yo‘llari ham turlichalikni ko‘rsatadi. Xususan, quyidagi xususiyatga ega matnlarni ijtimnoiy-siyosiy xavflilik darajasi mavjud (quyi, o‘rta, yuqori) deb baholash mumkin: • Tahdid ko‘rinishidagi matnlar (yakka bir shaxs, yoki jamoaga qo‘rquv, tazyiq vositasida tahdid ko‘rsatish orqali ta’sir ko‘rsatish); • Da’vat ko‘rinishidagi matnlar (biror diniy oqimga qo‘shilish, inqiloblarni amalga oshirishga da’vat etish, missionerlikni targ‘ib qilish, insonlarning diniy e’tiqodlariga salbiy ta’sir ko‘rsatish); • Tashviqot ko‘rinishidagi matnlar (salbiy mazmunga ega bo‘lgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish, matnli audio, vizual vositalar orqali muayyan ishni qilish/ qilmaslikka undash, inson erkini bevosita bo‘ysundirish). Tahdid - do‘q qilish, qo‘rqitish. 1. Qo‘rqituv, do‘q-po‘pisa. “Gulnorning zaharlanganini Mirzakarimboy va o‘g‘illari qat’iyan rad qilib, ma’suma qurbonning ota –onalarining tillarini do‘q, tahdid bilan muhrlashga tirishdilar”. Oybek. Tahdid qilmoq. Tahdidli xatti-harakat qilmoq, do‘q-po‘pisa qilmoq. “U Hamidani chaqirib olib , Haydarga tayoq bilan tahdid qilib qo‘ydi”. Tahdidning semalari orasida aynan ushbu ko‘rastilgan biofrinchi semasi lingvistik ekspertizada ijtimoiy siyosiy xavfsizlikka daxl qiluvchi matnlar tahlilida ishtirok etadi. Bugungi kunda tahdid bilan bog‘liq murojaatlarning soni ham kundan-kunga oshib bormoqda. Stataistik ma’lumotlarga ko‘ra, tahdid bilan bog‘liq murojaatlar soni oxirgi o‘n yillikka nisbatan keskin oshgan. Bunday murojaatlarning asosiy salmog‘ini shaxsni obro‘sizlantirish, qadrini tushirish, omma oldida sharmanda qilish, ijtimoiy tarmoqlar orqali ovoza qilish, shaxsiy ma’lumotlarini tarqatish, yaqinlarining hayotiy daxlsizligiga rahna solish, ishiga ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq holatlarga a’loqador. Muloqot va yozma matnda tahdidning semantikasini ochib berish Rossiya qonunchiligida nazarda tutilgan jinoyatlarning bir qator elementlari bo'yicha ekspert tadqiqotlarini o'tkazishda zarurdir. Xususan, bular gijgijlash, tovlamachilik, odam o‘ldirish bilan tahdid qilish, har xil turdagi majburlash bilan bog‘liq jinoyatlar, shuningdek, ekstremistik faoliyat, poraxo‘rlik, bosqinchilik va h.k. turlari: tahdidlar - jazo va ogohlantirish tahdidlari. Tahdidlar-jazolar, agar adresat ma'ruzachi uchun nomaqbul ish qilgan va u qabul qiluvchini keyingi jazo haqida ogohlantirgan holatlarda qo'llaniladi. .[ Гловинская М.,2004:9] Xususan, shaxsiy yozishmalardan olingan quyidagi misollarga diqqat qaratamiz: 1. A) Makkillab qolibsanmi. Ahvolingni sekuntta hal qilaman. Luboy minusingni topaman. Qigan chpelarini hammasini zapis qivoganman. K.t…ni q…b yur. Qo‘limda yana nimalar borligini bilmiysan. Urug‘ aymog‘in bn enagnikiga t…b kelishga qudratim yetadi. B) Qo‘lizdan keganini qilin. Qurqadigan joyim yu. A) Kop chiranmagin. Sharmandaeyni chiqaraman. .[ Matn ayrim qisqartirishlar bilan olindi.] 1. Hurmatli xodimlar, ertadan hamma yuz foiz ishga chiqishi shart. Otpuska tugagani qachon edi, kecha birorta xodim o‘z o‘rnidamas. Yangi o‘quv yiliga ko‘p qolmadi, qattiq tayyorlanish kerak. Hujjatlaringizni taxlang. Toifaga topshiradiganlar birorta hujjat topshirmadinbgiz, aytib qo‘yay, maktab sizga ball bermaydi. Bir hafta qattiq kuni bilan ishliymiz. Kimda kim vaqtida kelmasa va bo‘yin tovlasa avansga yozilmaydi, premyadan umidlaringni uzaveriylar. 15soatdan ortiq dars ham berilmaydi. Oylik, ish kerak bulsa vaqtida kelib ishlaringni bitiringlar. Kechgi beshda yana bir yo‘qlama qilinib uyga jo‘natilasiz. Xabarni olganlar izoh qoldiring. Har ikki matnda tahdid elemntlari ko‘zga tashlnadi; ingvistik ekspertizada tahdid sifatida baholanuvchi matnlarning semantic darajasiga ham diqqat qilish lozim. Ya’ni, tahdidning quyi/yuqori/o‘rta darajasi, shuningdek, insonning hayoti, shaxsiy daxlsizligi ta’sir etish 271 darajasiga ko‘ra. Yuqoridagi matnlarda tahdidning semantic tabiatini quyidagicha belgilash mumkin: Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling