Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- III . MADANIYATLARARO MULOQOT VA O‘ZBEK TILI TARAQQIYOTI TURK TILSHUNOSLIGIDAGI «SO‘Z GURUHI ( KELIME GRUBU)» TUSHUNCHASI TALQINI VA TASNIFIGA DOIR
Foydalanilgan adabiyotlar
1. MirziyoyevSh. "Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik" Toshkent-2017 2. Siddiqova Sh. “Ruhiy holat ifodalanishida oʻziniki boʻlmagan koʻchirma gaplarning oʻrni” Respublika ilmiy-amaliy konfrensiyasi maqolalar toʻplami.Toshkent-2012 3. Azimova I., Mavlonova K.va boshqalar. “Ona tili va oʻqish savodxonligi” 1-qism. Toshkent- 2021. 4. Umarova M., X.Hamroqulova, R.Tojiboyeva 3-sinf oʻqish kitobi. “Oʻqituvchi” nashriyoti – Toshkent, 2019. 280 III . MADANIYATLARARO MULOQOT VA O‘ZBEK TILI TARAQQIYOTI TURK TILSHUNOSLIGIDAGI «SO‘Z GURUHI ( KELIME GRUBU)» TUSHUNCHASI TALQINI VA TASNIFIGA DOIR THE CONCEPT OF "WORD GROUP" IN TURKISH LINGUISTICS IS RELATED TO INTERPRETATION AND CLASSIFICATION Zilola Xudaybergenova Annotation. This article examines the interpretation and research of the word combination, which is one of the important syntactic units, in Turkish linguistics. In particular, the word group term used in this meaning and function in Turkish linguistics is explained. While in Uzbek linguistics there is mostly unanimity in the definition and classification of word combinations, in Turkish linguistics there is a diversity of opinions on this matter, and it is shown that word group classifications are different in terms of content and form. Keywords: Uzbek, Turkish, syntax, phrase, word group. Tilshunoslikning muhim bo‘limlaridan biri bo‘lgan, gap qurilishini tadqiq etuvchi sintaksis bo‘limining asosan ikkita birligi – so‘z birikmasi va gap dunyo tilshunosligida yakdillik bilan eʼtirof etiladi. Tilshunoslik sohasidagi yangiliklar matn lingvistikasini ham alohida o‘rganish zaruratini dalillab berdi. O‘zbek tilshunosligida so‘z birikmasi deb nomlangan sintaktik birlik uchun turk tilshunosligida so‘z guruhi atamasi qo‘llaniladi. Bir qarashda, o‘zbek tilidagi so‘z birikmasi va turk tilidagi so‘z guruhi taʼrifiga ko‘ra umuman mushtaraklikka ega. O‘zbek tilshunosligida ikki va undan ortiq mustaqil maʼnoli so‘zning o‘zaro semantik, grammatik jihatdan bog‘lanishidan hosil bo‘lgan til birliklariga “so‘z birikmasi” deyiladi. Turk tilshunosligida ikki va undan ortiq so‘zlarning qo‘shimcha, yordamchi so‘zlar yoki ohang yordamida birikishidan hosil bo‘ladigan tugallanmagan hukm bildiruvchi, gap tarkibida bir gap bo‘lagi vazifasini bajaruvchi til birligiga «so‘z guruhi” nomi beriladi [Yaman, 2000 : 39]. Bunda quyidagi farqlar namoyon bo‘ladi: • o‘zbek tilida so‘z birikmasi kamida ikki mustaqil maʼnoli so‘zdan tashkil topmog‘i lozim; • turk tilida so‘z guruhi ixtiyoriy ikki so‘z turkumiga kiruvchi so‘zlardan («mustaqil so‘z + mustaqil so‘z” yoki «mustaqil so‘z + yordamchi so‘z” shaklidan) iborat bo‘ladi; • so‘z birikmasi tarkibiga ko‘ra gapda aniqlovchi, to‘ldiruvchi va yoki hol vazifasini bajarib keladi; • so‘z guruhi har doim ajralmas sintaktik konstruksiya hisoblanadi, yaʼni so‘z guruhlari gapda bir gap bo‘lagi vazifasida keladi. O‘zbek tilida baʼzan so‘z birikmalarining quyidagi uch turini ajratish hollari uchraydi: • frazeologik xarakterdagi birikmalar, • otni ifoda etgan birikmalar, • sintaktik birikmalar [Комилова, 1955 : 13]. Ammo asosan so‘z birikmalarining uch turi – otli, feʼlli, ravishli birikmalar eʼtirof etiladi [Ғуломов, Асқарова, 1987: 20-22, 26-28]. Turk olimlarining fikr-mulohazalari bilan tanishish jarayonida shu narsa maʼlum bo‘ldiki, ularda gap tarkibidagi narsa, shaxsning xususiyatini xarakterlovchi so‘zlarga umuman gap bo‘lagi tarzida yondashuv yo‘q. Bu, quyidagi yondashuv, xulosa natijasi sifatida yuzaga kelgan: Turk tilshunoslarining tadqiqotlari tahlil qilinganida, sintaksisning o‘rganish obʼekti sifatida ikki til birligi – gap (cümle) hamda so‘z guruhi (kelime grubu, kelime öbeği) tilga olinadi [Ergin, 1993, Banguoğlu, 1990]. Professor, filologiya fanlari doktori, Turkiya Respublikasi Bartin universiteti, aloliz74@mail.ru 281 O‘zbek tilshunosligida esa, maʼlumki, sintaksis doirasida gap hamda so‘z birikmasi tadqiq etiladi. Mantiqan qaralganida, “so‘z birikmasi” va “so‘z guruhi” sintaktik birlik sifatida mutanosib bo‘lmog‘i darkor, ammo «kelime grupları” – so‘z guruhlari atamasi ostida beriluvchi til birligini tasniflash, taʼriflashda farqli yo‘nalish asosida ish ko‘rilishi maʼlum bo‘ladi. Mashhur turk tilshunosi Muharram Erginning eʼtirofiga ko‘ra, atrofimizni o‘rab turgan borliqni va narsalarni, holatlarni va harakatlarni turli xususiyatlari bilan ifodalash uchun bir so‘zdan ko‘ra yanada keng til birliklariga ehtiyoj bordirki, aynan shu vaziyatda so‘z guruhlari o‘rtaga chiqadi. Bittadan ortiq so‘zdan tashkil topgan, tuzilishi va maʼnosida butunlik bo‘lgan, tilda bir birlik sifatida qo‘llanilgan til birliklari so‘z guruhidir. Mazkur so‘z guruhlari gapda bir bo‘lak vazifasini bajaradi. Bir so‘z singari turlanadi yoki tuslanadi, eng oxirgi so‘z qo‘llanilgan grammatik shakl butun bir so‘z guruhiga taallquli bo‘ladi. Olim so‘z guruhlari narsalar va harakatlarni yanada kengaytirib bildirgani uchun yoki keng bir tushunchani yoki harakatni bildirgani uchun ularni belirtme gurupları – aniqlov guruhlari deb ataydiyu yakka bir narsani yoki harakatni bildirishda so‘z guruhlari tarkibida qo‘llanilgan , yonma-yon kelgan, bir-biriga bog‘langan so‘zlar bir vazifani bajaradi, bir-birining maʼnosini to‘ldiradi. Shu bois, so‘z guruhlari belirten/ aniqlovchi—belirtilen/ aniqlanmish, tamamlayan/ to‘ldiruvchi—tamamlanan / to‘ldirilmish, tâbi olan tobe/—tâbi olunan / hokim, asıl unsur / bosh unsur—yardımcı unsur / yordamchi unsur sifatida ikki komponent bordir. Muharram Ergin turk tilidagi so‘z guruhlarini quyidagi 14 ta turlarga ajratadi: bog‘lama guruhi (bog‘lovchili guruh) - bağlama gurubu, ko‘makchili so‘z guruhi /edat gurubu, sifat birikmasi / sıfat tamlaması, egalik guruhi va ot birikma / iyelik gurubu ve isim tamlama, oidlik guruhi / aitlik gurubu, atributiv guruhi /isnat gurubu, genetiv, dativ, lokativ, ablativ guruhlari. genitif, datif, lokatif, ablatif gurupları, feʼlli guruhi /fiil gurubu, sifatdoshli so‘z guruhi / partisip gurubu, ravishdoshli so‘z guruhi / gerundium gurubu, qisqartma so‘z guruhlari /kısaltma gurupları, akkuzativ so‘z guruhi (tushum kelishigili so‘z guruhi) /akkuzatif gurubu, takrorlar /tekrarlar. Bog‘lama guruhi (bog‘lovchili guruh) - bağlama gurubu bog‘lama ko‘makchilari bilan hosil qilinadigan so‘z guruhi bo‘lib, ve - va, ile – bilan, ...‘den -..‘e kadar – ...-dan ...gacha vositasida hosil qilinadi. Undovli so‘z guruhi /ünlem gurubu nomidan ham maʼlum bo‘lganidek, bir undov so‘z va bir ot turkumiga oid so‘zdan tashkil topgan, grammatik vositalarsiz birikkan so‘z guruhidir. Masalan: a beyim – a beyim , be birader – ee birodar, be adam – ee-e odam, bre kız – ey qiz, ey arkadaş – ey do‘st. Ko‘makchili so‘z guruhi /edat gurubu bir so‘z va bir ko‘makchidan tashkil topgan so‘z guruhidir. Misol uchun, benim için – men uchun, senin gibi – sen kabi, onun güzel hatırı için – uning hurmati uchun, eve doğru – uyga qarab/uy tomon, yeşil gözleri ile / yashil ko‘zlari bilan. Olim taʼriflagan sifat birikmasi, ot birikmasi va unvon guruhi o‘zbek tilshunosligidagi so‘z birikmasini ajratish mezonlariga qisman mos keladi. Sifat birikmasi / sıfat tamlaması bosh so‘z sifat bilan ifodalangan so‘z guruhidir. Egalik guruhi va ot birikma / iyelik gurubu ve isim tamlama egalik qo‘shimchalari yordamida hosil qilingan so‘z guruhlarini qamrab oladi. O‘zbek tilida izohlovchi+ izohlanmish tipidagi so‘z birikmalari turk tilida unvon guruhi / ünvan gurubu nomini oladi. Shaxs otining unvon yoki qarindosh-urug‘lik nomlari bilan qo‘llanishidan hosil bo‘lgan unvon guruhi, zotan, barcha turk tilshunoslari tomonidan so‘z guruhining ayri bir tipi sanaladi. Oidlik guruhi / aitlik gurubu turk tilida oidlik qo‘shimchasi deb nomlangan -ki qo‘shimchasi vositasida yasaladi. Bu qo‘shimchaning o‘zbek tilidagi muqobili ham otning tegishlilik shaklini yasovchi qo‘shimchasi deb nomlanadi. -ki qo‘shimchasi bosh kelishik, qaratqich kelishigi, o‘rin-payt kelishigi qo‘shimchalariga qo‘shiladi. Bunda ushbu kelishik qo‘shimchalari so‘z guruhi tarkibidagi oxirgi so‘z tarkibiga birikib keladi va oidlik guruhini yasaydi. Masalan: tarihten önceki – tarixdan avvalgi, yaşlı adamınki – keksa odamniki, Ankara Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling