Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

hamma juda yaxshi tanigan, yarın sabahtan akşama kadar uğraşa uğraşa yapacağ(ım iş) – 
ertaga tongdan oqshomgacha jon-jahlim bilan qiladigan (ishim).
Ravishdoshli so‘z guruhi / gerundium gurubu ravishdosh va unga tobe bo‘lgan so‘z yoki 
so‘zlarning birlashishidan hosil bo‘ladi. Bosh so‘z vazifasida ravishdosh qo‘llaniladi: sağa sola 
koşa koşa – u yoqqa-bu yoqqa yugura-yugura, sabahtan akşama kadar kırlarda gezip – tongdan 
oqshomgacha qirlarda kezib, kadın bütün camları temizleyerek – ayol barcha derazalarni 
tozalab, kardeşim dün memleketten para getirince – ukam kecha mamlakatdan pul olib 
kelganida, bizden ayrılanları arkada bırakıp yolumuza devam edince – bizdan ajralganlarni 
orqada qoldirib ketib yo‘limizda davom etganimizda, çocuk hüngür hüngür ağlayarak etrafına 
bakmadan uzaklaşırken bola ho‘ng-ho‘ng yig‘lab atrofiga qaramay uzoqlashar ekan.
Qisqartma so‘z guruhlari /kısaltma gurupları so‘z guruhlarining va gaplarning qisqarishi 
natijasida hosil bo‘ladi. Tilshunosning taʼkidicha, bu guruhlarning hech qanday qoidasi yo‘q. 
Odatda boshqa so‘z guruhlari, gaplarning qisqarib, shablonlashgan ko‘rinishlari bo‘lib, miqdori 


283 
unchalik ko‘p emasdir. Masalan: gün aydın so‘zma-so‘z: kun oydin (maʼnosi: ertalabki salom), 
güle güle – so‘zma-so‘z: kulib-kulib (maʼnosi: uchrashguncha), günden güne – kundan kunga, 
baştanbaşa – boshdan-oyoq, omuz omuza – yelkama-elka, baş üstüne – bosh ustiga.
Akkuzativ so‘z guruhi (tushum kelishigili so‘z guruhi) /akkuzatif gurubu tushum kelishi 
qo‘shimchasini olgan bir ot va undan keyin kelgan ot turkumiga oid so‘zdan tashkil topadi. 
Ikkinchi komponent ot bilan yasalgan qo‘shma feʼlning otdan iborat komponenti bo‘ladi, shu 
sababli o‘timli feʼl hisoblanadi: her şeyi borçlu – har narsa uchun qarzdor, seni istikbal – seni 
kelajak, yapılanı tenkit – bajarilgan ishni tanqid, kitabı birine ithaf – kitobni birovga bag‘ishlov. 
Misollardan ko‘rinadi, akkuzativ so‘z guruhi sifatdoshli so‘z guruhining yoki feʼlli so‘z 
guruhining qisqartirilgan, yordamchi feʼli tushirilgan ko‘rinishidir. Shuning uchun Muharram 
Ergin bu tartibdagi so‘z guruhini qisqartma guruhi deb ham ataydi. Shu bois, birinchi 
komponentdan keyin hol qatnashishi mumkin: kitabı her gün orda birine hediye – kitobni har 
kuni u yerda biriga hadya, her şeyi olur olmaz tenkit –har narsani bo‘lar-bo‘lmas tanqid.
Takrorlar /tekrarlar. Mazkur so‘z guruhi sirasida aynan takrorlar, sinonim so‘zli takrorlar, 
antonim so‘zli takrorlar, ilovali takrorlar kabi takroriy qo‘llanilgan so‘z shakllarining barchasi 
tilga olinadi.
Mazkur so‘z guruhlarining taʼrif va tavsiflarini tahlilidan kuzatiladiki, Muharram Ergin 
quyidagi mezonlarni diqqatga oladi: 
• Yordamchi so‘zlarning ishtiroki (bog‘lovchi, ko‘makchi, undov so‘zlar); 
• Grammatik shakllarning (so‘z o‘zgartiruvchi va shakl yasovchi qo‘shimchalar) 
mavjudligi (kelishik qo‘shimchalari, feʼlning vazifadosh shakllari, oidlik qo‘shimchasi, 
akkuzativ so‘z guruhi); 
• Uslubiy belgilar (takrorlar, qisqartma so‘z guruhlari, atributiv guruhi /isnat gurubu); 
• So‘z guruhidagi so‘zlarning miqdori eng kamida ikkita bo‘ladi va imkon qadar 
kengaytirilishi mumkin. Berilgan misollar orasida 6-8 so‘zli so‘z guruhlari ko‘p uchraydi; 
• So‘z guruhining nomini belgilashda tobe so‘zning tuzilishi bosh mezondir. Iqqinchi – 
bosh komponent odatda hech bir grammatik ko‘rsatkichni olmagan bo‘lishi kerak (shakl 
yasovchi qo‘shimchalarni olgan bo‘lishi mumkin). 
V.Xatibo‘g‘luning fikriga ko‘ra, sintaksisning tadqiqot obʼekti ikki turda bo‘ladi: 
1. Hukm bildirmaydigan birikmalar.
2. Hukm bildiradigan birikmalar[Hatiboğlu, 1982 : 5-34].
Birinchi guruh (hukm bildirmaydigan birikmalar)ga so‘z birikmalari (tamlama), qo‘shma 
so‘zlar (birleşik sözcükler) va juft hamda takroriy so‘zlar (ikizlemeler) kiradi. Bu guruhga 
kiritilgan birikuvlar kamida ikkita so‘zdan tashkil topgan va bir tushunchani ifodalashga xizmat 
qiladigan konstruksiyalardir.
Ikkinchi guruh (hukm bildiradigan birikmalar) esa gaplar (tümceler), frazeologizmlar 
(deyimler), maqollar(atasözleri)ni o‘z ichiga oladi.
Tilshunos so‘z birikmalarining quyidagi turlarini ajratadi:
otli birikma (ad tamlama),
• olmoshli birikmasi (adıl tamlama),
• sifatli birikma (sıfat tamlama),
• juft yoki takroriy so‘zli birikmalar (ikilemeli tamlama),
• bitishuv yo‘li bilan birikkan birikma (takısız tamlama),
• egalik ko‘rsatkichli so‘z birikmasi (iyelikli tamlama),
• chiqish kelishigidagi so‘zli birikma (çıkmalı tamlama),
• jo‘nalish kelishidagi so‘zli birikmalar (yönelmeli tamlama), o‘rin-payt kelishigidagi 
so‘zli birikma (kalmalı tamlama),
• ko‘makchili birikma (ilgeçli tamlama),
• bog‘lovchili birikma (bağlaçlı tamlama),
• qorishiq birikma (karma tamlama),
• bitishik birikma (girişik tamlama) [Hatiboğlu, 1982 : 5-34].


284 
V.Xatibo‘g‘lu boshqa turk tilshunoslari singari so‘z birikmalari tipini belgilashda tobe 
so‘zlarning morfologik tabiatini hisobga oladi, xususan, tobe so‘zlarning grammatik shakli yoki 
morfologik xususiyatiga ko‘ra so‘z birikmasining u yoki bu so‘z guruhiga oidligini qayd etadi 
[Hatiboğlu, 1982 : 33-34]. Vejihe Hatibo‘g‘luning fikriga ko‘ra, ikki va undan ortiq so‘zning – 
bu holatda bir dona mustaqil maʼnoli so‘z va bir dona yordamchi maʼnoli so‘zning birikishidan 
hosil bo‘lgan birikuvlar gapda bir sintaktik vazifani ifoda etadi. Eng kamida bir dona mustaqil 
maʼnoli so‘z va bir dona yordamchi maʼnoli so‘zdan tashkil topgan so‘z birikuvlari hukm ifoda 
etmaydi, biroq gapda bir sintaktik vazifani ado etadi. 
E.Yamanning o‘zbek va turk tillari sintaktik qurilishini qiyosiy o‘rganishga 
bag‘ishlangan hamda turk tilida nashr etilgan yagona asardir. Bu tadqiqotda o‘zbek va turk 
tillaridagi sintaktik birliklar turk tili sintaksisidagi qarashlar asosida amalga oshirilgan. Shu 
sababli, turk va o‘zbek tili materiallari vositasida har ikki tildagi so‘z guruhining quyidagi o‘n 
to‘rt turini tasniflaydi: ot birikma (isim tamlama), sifat birikma (sıfat tamlama), sifatdosh guruhi 
(sıfatfiil grubu), ravishdosh guruhi (zarffiil grubu), harakat nomi guruhi (isimfiil grubu), takror 
guruhi (tekrar grubu), bog‘lovchili so‘z guruhi (bağlama grubu), ko‘makchili so‘z guruhi (edat 
grubu), unvon guruhi (unvan grubu), qo‘shma ot (birleşik isim), undov guruhi (ünlem grubu), 
son guruhi (sayı grubu), qo‘shma feʼl (birleşik fiil), qisqartma guruhi (kısaltma grubu) [Yaman, 
2000 : 161-172].
Mazkur tasnif asosida ajratilgan misollarga diqqat qaratsak, shu maʼlum bo‘ladiki, 
tilshunos gap tarkibida turg‘un birikma shaklida qo‘llaniladigan so‘zlar birikuvini so‘z guruhi 
o‘laroq ajratadi. O‘zbek tilshunosligi nuqtai nazaridan qaralganda bir sintaktik birlik 
hisoblanmaydigan qo‘shma so‘zlar – qo‘shma otlar, qo‘shma feʼllar so‘z guruhi deya 
taʼriflanadi. Shuningdek, o‘zbek tilshunosligida birikuv bog‘lovchilari yordamida hosil qilingan 
so‘z qo‘shilmalari (masalan, ona va bola – anne ve çocuk, kitob bilan daftar – kitapla defter, 
omad va sog‘liq - başarı ve sağlık) turk tilshunosligida so‘z guruhi deb sharhlanadi. Feʼlning 
vazifadosh shakllari – harakat nomi, sifatdosh va ravishdosh ishtirokida hosil qilingan so‘z 
birikmalari ham alohida diqqatni taqozo etadi. Zero, E.Yaman mazkur shakllardagi so‘z 
birikmalarini so‘z guruhlari shaklida tasniflaydi. Izohlovchi aniqlovchili so‘z birikmalari ham ot 
va sifat birikmalardan alohida so‘z guruhi deb ajratiladi (profesör Muharrem Ergin - professor
Muharram Ergin, doktor Ahmet Ersoy - doktor Ahmat Ersoy). Gap tarkibida takroriy shaklda 
qo‘llanilgan so‘zlar har qanday gap bo‘lagi vazifasini bajarishi mumkin. Shu asosda takroriy 
qo‘llanilgan so‘zshakllari so‘z guruhi sifatida berilgan.
Bundan tashqari, E.Yaman qo‘shma va murakkab shaklda ishlatilgan sonlarni alohida son 
guruhi deb ajratgan. Masalan, bin dokuz yüz doksan dokuzuncu yıl - bir ming to‘qqiz yuz 
to‘qson to‘qqizinchi yil, iki bin iki yüz dört tane kitap - ikki ming ikki yuz to‘rt dona kitob.
Qisqartma nomlar, maʼlumki, bir necha so‘zlarning birikishidan shakllanadi: YÖK – 
Yüksek Öğretim Kurulu – Oliy taʼlim vazirligi, T.C. – Türkiye Cumhuriyeti – TR – Turkiya 
Respublikasi, ABD – Amerika Birleşik Devletleri - AQSH – Amerika Qo‘shma Shtatlari. Bu 
qisqartmalar gapda bir sintaktik vazifani bajaradi.
Masalan:

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling