Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Key words: folklore, fairytale, proverb, riddle, legend, narration, alla, family upbringing,  assimilation


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Key words: folklore, fairytale, proverb, riddle, legend, narration, alla, family upbringing, 
assimilation 
Mamlakatimizda demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish amalga oshirilayotgan 
ekan, bu jarayonda yosh avlodning oʻrni va roli alohida ahamiyatga ega. Zero, yoshlar bizning 
kelajagimiz, avlodlardan meros qolgan zaminni yuksaltirish, yuksak davlatlar darajasiga 
koʻtarish ularning bilimi va iste'dodi, ma'naviy barkamolligi bilan bogʻliq. Hozirda ta'lim - 
tarbiya jarayonida xalqimizning boy ma'naviy me'rosidan foydalanishga alohida e'tibor 
qaratilmoqda, ya'ni inson ma'naviyatini shakllantirishga yondashish birlamchi ustuvor vazifa 
boʻlib qolmoqda.Yosh avlodni yoshligidan ma'naviyatli qilib tarbiyalashga e'tibor qaratilsa, bu 
jarayon kelajakda oʻz samarasini beradi. Bolalar tarbiyasida xalq ogʻzaki ijodi,buyuk 
allomalarimiz merosidan foydalanish borasida Prezidentimiz Shavkat Miromonovich 

Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani 42-Umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi
 


278 
Mirziyoyevning quyidagi fikrlarni keltirib oʻtishimiz mumkin: "Agar katta avlodning bilim va 
tajribasini,uzoqni koʻra olish fazilatlarini yoshlarimizdagi gʻayrat-shijoat, mardlik va fidoiylik 
bilan birlashtira olsak koʻzlangan marralarga albatta erishamiz"[1]. Ushbu fikrlar orqali biz 
ma'naviy merosimizdan foydalanish yosh avlod tarbiyasida nechogʻlik muhim ekanligini 
koʻrsatadi.
Hozirgi oʻzbek adabiy tilining bugungi kundagi holatini,undagi lingvistik hodisalarning 
mohiyatini toʻgʻri anglash,tilimizning tarixiy taraqqiyoti davomida sodir boʻlgan oʻzgarishlarni 
oʻzida aks ettirganligini bilishda xalq ogʻzaki ijodi namunalari qimmatli manbaa hisoblanadi[2]. 
Boshlangʻich sinflardanoq oʻquvchilarni ma'nan boy, yuksak axloqiy fazilatli, 
dunyoqarashi keng, mustaqil fikrlovchi shaxslar qilib tarbiyalashga alohida e'tibor qaratiladi. Bu 
jarayonda xalq ogʻzaki ijodi namunalaridan foydalanish yuqori samara beradi.
Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi juda boy va uning xilma xil turlari mavjud boʻlib, unda 
xalqimizning dunyoqarashi, turmush tarzini va xayollari, oʻtmishi, urf-odatlari, turli marosimlari, 
tarixi oʻz aksini topgan. 
Xalq ogʻzaki ijodi ertak, afsona, rivoyat, maqol, topishmoq, matal, latifa, qoʻshiq kabi bir 
qancha turlarni oʻz ichiga oladi. Xalq ogʻzaki ijodida xalqning orzu-umidlari, yurtimiz tarixidagi 
voqea- hodisalar oʻz aksini topadi. Boshlangʻich sinf oʻquv dasturlarida oʻqish darslari oldiga 
yaxshi oʻqish malakalarini shakllantirishdek murakkab vazifalarni qoʻyadi. Bu vazifani toʻliqroq 
amalga oshirishda xalq ogʻzaki ijodining oʻrni beqiyos. Oʻquvchilar tabiatan, topishmoq va 
ertaklarni oʻqishni yaxshi koʻradilar, ularni zomaqoʻr qiziqish bilan oʻqib oʻrganadilar. 
Boshlangʻich sinf oʻquvchilari dastlab ertak bilan tanishadilar. Ertak xalq ogʻzaki ijodining eng 
qadimiy turlaridan biri boʻlib, u haqidagi dastlabki ma'lumotlar Mahmud Qoshgʻariyning XI 
asrda yozilgan "Devonu-lugʻotit turk"asarida, biror voqeani oʻzaro hikoya qilish ma'nosida 
uchraydi. Ertaklar xalq ogʻzaki ijodining epik turiga kiradi.Uning oʻziga xos xususiyati-
voqeabamdligi, biron voqeaning mukammal tarzda bayon qilinishidir. Bolalar ilk yoshidanoq 
ertaklar bilan oila a'zolari davrasida, bogʻchada tarbiyachilari orqali duch keladilar."Zumrad va 
Qimmat","Oltin tarvuz","Uch ogʻa-ini botirlar" kabi bir qancha ertaklar shular jumlasidandir. 
Ertklarda yaxshilik va yomonlik, ezgulik va yovuzlik, saxiylik va baxillik, ochkoʻzlik,zolim va 
adolatli insonlar dunyosi bilan tanishadilar. Ertaklarda xalqning turmushi, uning haqiqat va 
adolat yoʻlidagi kurashi, orzu-umidlari, zolimlarga qarshi kurashgan qahramonlar tasviri aks 
ettiriladi. Oʻquvchilar ertak voqealarini oʻqib chiqqach, ularni oʻrtoqlar, oila a'zolariga hikoya 
qilib beradi, bu esa oʻquvchi nutqining rivojlanishiga, lugʻat boyligining oshishiga yordam 
beradi. Eng muhimi ertakdagi voqealar rivoji orqali bola ongida salbiy va ijobiy qahramonlarga
nisbatan munosabat, ulardagi qaysi xislatlarni oʻrnak sifatida oʻrganish kerakligini bilib oladilar. 
1-sinf "Ona tili va oʻqish savodxonligi" darsligida "Suvning vatani"nomli qisqa ertak keltirib 
oʻtilgan. Unda suvning tabiatda aylanishi( bu, bulut, yomgʻir) bolalarga qiziqarli tarzda yetkazib 
berilgan [3]. Bundan tashqari boshlangʻich sinf oʻqish darsligiga "Quyosh bobo 
nurlari","Maqtanchoq ayiq","Nima totli", "Mashhur rassom", "Oʻtinchi yigit bilan sher", "Oltin 
tuyoqli kiyik","Ur toʻqmoq", "Oq koʻngil chol va xasis boy" kabi ertaklarni uchratish mumkin [4]. 
Boshlngʻich 
sinf 
oʻquvchilarining 
ma'naviy 
tarbiyasida 
xalq 
maqollaridan 
foydalanishning ham alohida oʻrni bor. Maqollar xalqning koʻp asrlar mobaynida ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida toʻlagan tajribalari, kuzatishlari asosida yuzaga kelgan, 
ixcham chuqur mazmunga ega boʻlgan ogʻzaki janrlaridan biridir. Maqol atamasi arabcha -
qavlun-gapirmoq, aytmoq,bir xilda tushuniladigan ibora, ifodalar, asosan, maqol janrini tashkil qiladi. 
Maqol xalq ommasining muayyan voqea, hodisalar haqidagi xulosalari, hukmi va 
tavsiyalarini mujassamlashtirgan oʻziga xos badiiy shaklda ega boʻlgan ifoda va iboralardan 
iborat. Boshlangʻich sinflarda maqollarni oʻrganish orqali oʻquvchilar ogʻzaki nutqini oʻstirish 
bilan bir qatorda ular orqali oʻquvchilar ongiga turli insoniy fazilatlar sindiriladi. 
Masalan,"Hunarli kishi xor boʻlmas" (1-sinf), "Hunar boʻlsa qoʻlingda, non topilar yoʻlingda" (3-
sinf),"Yolgʻiz otning changi chiqmas, changi chiqsa ham dongʻi chiqmas" (4-sinf) maqollarida 
hunar orqasidan kishining yaxshi turmush kechirishi va odamlar oʻrtasidagi ahillikning 
ahamiyati ifodalangan. Axloq, odob bahsidagi maqollarni tahlil etish orqali xalqning hukmi 


279 
ifoda etiladiki, bu maqollarni oʻrganish orqali oʻquvchilar asrlar davomida avloddan avlodga 
oʻtib kelayotgan eng oliyjanob fazilatlar haqida fikrlarga ega boʻladilar. 
Yoz mevasi-qish xazinasi 
Gʻoz kelgani- yoz kelgani 
Toza havo- ming dardga davo [3] 
Xalq ogʻzaki ijodining yana bir yorqin namunasi topishmoqdir.Topishmolar " topmacha" 
,"jumboq" kabi bir qancha nomlar bilan atalib kelingan.Badiiy adabiyotda topishmoqlar " 
chiston" deb ataladi.Topishmoqlar bolalarni mantiqiy fikrlashga,topqirlikka,zukkolikka 
oʻrgatadi. 
Qoʻlsiz,oyoqsiz eshik ochar. (Shamol) 
Oppoqqina dasturxon 
Yer yuzini qoplagan. (Qor) 
Oyogʻi yoʻq-uchadi, 
Qanoti yoʻq-uchadi. ( Bulut) [3] 
Ilm-fanni egallashga, hunar olishga yoʻnaltiruvchi maqollar oʻquvchilarning bilim 
olishiga bilan ishtiyoqini oshiradi, kasb-hunarga boʻlgan qiziqishni kuchaytiradi. Maqollarni 
anglatgan ma'nolarini ochishda yil fasllari, har xil mavsumlar va hunarlarning nomlarini ham 
hisobga olish ham foydalidir. Ular oʻquvchilarning lugʻat boyliklarini oshiradi, koʻplab soʻzlarni 
oʻzlashtirishlariga olib keladi. Nutqida maqollarni ishlatish orqali nutq ta'sirchaligiga erishishga 
oʻrganib borishadi. 
Boshlangʻich sinf oʻqish darsligida berilgan xalq ogʻzaki ijodi namunalarining har bir 
janrida ma'lum tarbiyaviy jihat oʻz aksini topadi. Mana shu jihatlariga e'tibor berish, ularni 
oʻquvchilar ongiga yetkazib berish oʻqituvchidan zoʻr mahorat talab qiladi. Koʻrinadiki, 
boshlangʻich sinflarda ertak, doston, maqollarni oʻqitishdan maqsad, oʻquvchilarning tez, ongli, 
ifodali va ravon oʻqish malakalarini takomillashtirishga qolmasdan, yana ularda xalq ogʻzaki 
ijodi asarlari mazmuni asosida xulosalar chiqarishga, insoniy fazilatlarni shakllantirishga 
oʻrgatish ham hisoblanadi. Xususan, oʻquvchilar ertak, doston, maqollar oʻqish davomida 
mehnatsevarlik, kamtarlik, ahillik, vatanparvarlik, ilm olishga oʻrgatish, jonli va jonsiz tabiatda 
muxabbat, oʻzidan kichiklarga gʻamxoʻrlik, kattalarga hurmat, mehr-oqibat kabi boshqa insoniy 
fazilatlar xususida tushunchalarga ega boʻladilar.

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling