Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

ile İstanbul arasında sefer yapan otobüslerdeki – Anqara bilan Istanbul orasida yuradigan 
avtobuslardagi. Muharram Ergin qo‘shma ot / birleşik isim, qo‘shma feʼllarni / birleşik fiil so‘z 


282 
guruhining alohida tipi sifatida tilga oladi. Bu holda qo‘shma otlar va qo‘shma feʼllar deyarli 
o‘zbek tilidagi qo‘shma otlar va qo‘shma feʼllar tuzilishiga egadir. Qo‘shma sonlar ham sonlar 
guruhi / sayı gurubu sifatida so‘z guruhining turi deb taʼriflanadi. 
Genetiv, dativ, lokativ, ablativ guruhlari./ Genitif, datif, lokatif, ablatif gurupları. 
Muharram Ergin turk tili grammatikasini tavsiflar ekan, fransuzcha terminlarni qo‘llashni maʼqul 
qo‘radi. Qaratqich kelishigi qo‘shimchasi genetiv qo‘shimchasi, chiqish kelishigi qo‘shimchasi 
dativ qo‘shimchasi, o‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasi lokativ qo‘shimchasi, chiqish kelishigi 
qo‘shimchasi ablativ qo‘shimchasi deb nomlanadi. Bu tipdagi so‘z birikmalarida kelishik 
qo‘shimchalarining birinchi kelgan so‘zga bog‘lanishi diqqat markazida tutiladi. Muhimi, 
ikkinchi kelgan so‘z yoki hokim bo‘lak hech qanday grammatik shaklda bo‘lmasligi 
taʼkidlanadi. Misol uchun, qaratqich kelishigi qo‘shichasini olgan so‘z birikmasi tarkibidagi bosh 
so‘z bosh kelishik shaklida bo‘ladi va egalik qo‘shimchasini olmaydi. Shuning uchun bu so‘z 
guruhi egalik affiksi tushirib qoldirilgan egalik so‘z guruhiga o‘xshaydi. Masalan : bizim kız – 
bizning qiz, senin ev – sening uy, Ahmet dayının oğlan – Ahmat tog‘aning o‘g‘il, sizin av köpeği 
– sizning ov it, Osmanların büyük bahçe – Usmonlarning katta bog‘.
Jo‘nalish kelishigi shaklidagi bir komponent bilan undan keyin kelgan bosh kelishikdagi 
bir otdan tashkil topgan so‘z guruhi dativ so‘z guruhi hisoblanadi. Bunda ham ikkinchi 
komponent hech qanday grammatik qo‘shimcha olmagan bo‘ladi. Masalan: dile kolay – 
aytishga oson, başa belâ – boshga balo, cana yakın – jonga yaqin, ateş pahasına bir öğle yemeği 
– otash bahosidagi tushlik (juda qimmat tushlik), aslına uygun – asliga mos, keyfine düşkün – 
kayfiga berilgan. O‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasini olgan ot bir ot bilan birikib lokativ so‘z 
guruhini yuzaga keltiradi: geçmişte bugün – o‘tmishda bugun, dam üstünde saksağan – tom 
ustida zag‘izg‘on, elde bir – qo‘lda bir, yükte hafif – yukda yengil, içinde usta –ishida usta, 
işinde gücünde adam – ishi-kuchi bo‘lgan odam. Ablativ guruhi chiqish kelishigi qo‘shimchasini 
olgan tobe so‘zdan hamda keng maʼnodagi otdan tashkil topadi: kafadan kontak, doğuştan sakat 
– tug‘ilishdan nogiron, anadan doğma, sonradan görme – keyin(dan) ko‘rish, sıradan adam – 
siradan (oddiy) odam, gözden uzak – ko‘zdan uzoq, kendisinden çok emin – o‘ziga juda 
ishongan, içlerinden çoğu - oralaridan ko‘pi.
Feʼlli guruhi /fiil gurubu feʼlning vazifadosh shakllaridan harakat nomi asosida 
shakllantirilgan so‘z guruhidir. Tabiiy ravishda, harakat so‘z guruhining oxirida joylashadi 
hamda o‘zidan avval kelgan so‘zlar bilan bog‘lanib feʼlli so‘z guruhini shakllantiradi. Harakat 
nomining maʼnosini to‘ldiruvchi gap bo‘laklari ega, to‘ldiruvchi va holdir: çarşıya gitmek – 
bozorga ketmoq, gece gündüz çalışmak – ertayu kech ishlamoq, yolcuları sabahleyin şehirden 
hava alanına götürmek yo‘lovchilarni ertalab shahardan olib aeroportga olib bormoq, fırtınalı 
havalarda Boğazdan geçiş to‘fonli havolarda bo‘g‘ozdan o‘tish, bir gün en verimli çağında 
meslekten ayrılış – bir kuni eng samarali davrda kasbini tark etish. 
Sifatdoshli so‘z guruhi / partisip gurubu sifatdosh shakli va unga birikib kelgan 
komponentlardan tashkil topgan so‘z guruhidir: denize giren – dengizga kirgan, haber gelir 
gelmez yola çıkan – xabar kelar-kelmas yo‘lga chiqqan, (herkesin) çok yakından tanıdığ(ı), - 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling