Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Anorday (kabi, singari, yanglig‘)
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
Anorday (kabi, singari, yanglig‘) – qip-qizil, qon rangida; qizarmoq, qizil tusini olmoq.
Ko‘proq yuz, bet, yanoq haqida [Mahmudov, Xudoyberganova, 2013: 27 ]. Badiiy adabiyotda anor va u bilan bog‘liq o‘xshatishlar tasvirni yanada jonli, aniq va ravshan ifodalashga xizmat qiladi. Kitobxonga vaziyatni yanayam aniq tasavvur qilishga yordam beradi. Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” asaridan olingan parchaga e’tibor qaratsak: “Miryusuf Xilvatiy banoras to‘nining keng etaklari orasida oyoqlari chalishib, o‘rnidan turdi, qo‘ltig‘idan ipak matoga o‘ralgan bir kitobchani olib ochdi va anorday qip-qizil, yum-yumaloq yuzi ilhomdan lov-lov yonib, ovozi hayajondan titrab, o‘qiy ketdi”. Parchada keltirilgan “anorday qip-qizil, yum-yumaloq yuz” o‘xshatishi yuzlari dumaloq, hayajondan qizarib ketgan kishini tasavvur qilishga imkon beradi. Hayotda ham shunday insonlar nimadandir qattiq ta’sirlansa, yuzlari qizil tusga kiradi. Shunday paytda, suhbatdohlar orasida “anorday qizarib ketmoq”yoki “loladay qizarib ketding” kabi o‘xshatishlar qulog‘imizga chalinib qoladi. Demak tasvirlanayotgan vaziyatni qanchalar aniq tasavvur qila olishimiz, to‘g‘ri tanlangan o‘xshatishlarga ham bog‘liq ekan. Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romanidan olingan ushbu parchaga diqqat qaratsak: “Uning ham qizlik havaslari uyg‘onadi, yuraklari muloyim va yoqimli bir talvasa bilan duk-duk ura boshlaydi: ikki yuzi dasturxon ustidagi anor singari qip-qizil bo‘ladi”. Ushbu parchada ham, ijodkor qizning uyatdan qizargan yuzlarini amorga qiyosladi. Bu yerda ramziylik ham mavjud bo‘lib, bu yerda anorni nafaqat o‘xshatish vositasi balki, qizning bokiraligi, sevgi, muhabbat, oila ramzi sifatida ham talqin qilish mumkin. Boshqa misollarni ham ko‘rib chiqsak: “Jaloliddin Xorazmshohmi? – yuzlari anorday qizarib ketdi Robiyaxonimning (E. Samandar. Sulton Jaloliddin)”. Raqs va sharob ta’sirida yanoqlari anor yanglig‘ qizargan, ko‘kraklari qo‘sh kaptarday patirlab turgan qizni bag‘riga bosib erkalagan bo‘ldi-da, maqsadga ko‘chdi (E. Samandar. Sulton Jaloliddin). Hamma gapni o‘zlaring aytyapsizlar-u, yana cho‘zish shartmikan?.. – qimtinib, yuzlari anordek qizarib arang so‘zladi Sabo (U. Hamdam. Sabo va Samandar). Yuqoridagi misollardan ko‘rinib turibdiki, anor va u bilan bog‘liq o‘xshatishlar -dek, -day qo‘shimchalari, singari, yanglig‘ kabi vositalar yordamida amalga oshiriladi va bu o‘xshatish uyat, hayajon, hadik ma’nolarini ifodalaydi. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling