Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- ANOR RAMZI VA UNING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI ANOR SYMBOL AND ITS LINGUISTIC AND CULTURAL CHARACTERISTICS Solihaposhsho Xudayarova
Foydalanilgan adabiyotlar 1. Багаутдинова.М.И. Этнографическая лексика Башкирского языка. Уфа., 2002. С. 16-17. 2. Кармышева Б.Х. Очерки этнической истории южных районов Таджикистана и Узбекистана. М.: «Наука», 1976. С.66. 3. Омонтурдиев А. Рахмонов Б. Сурхондарё диалектал-этнографик мақолларининг қисқача изоҳли луғати. Тошкент, 2019. –Б. 21-31-39. 315 4. Турсунов С., Пардаев Т.ва б. Ўзбекистон тарихи ва маданияти: Сурхондарё этнографияси. – Т.: 2006. – Б. 183. 5. Шониёзов К. Ўзбек халқининг шаклланиш жараёни.Т.: Шарқ 2001, 117-120 – бетлар. ANOR RAMZI VA UNING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI ANOR SYMBOL AND ITS LINGUISTIC AND CULTURAL CHARACTERISTICS Solihaposhsho Xudayarova Annotation. In the Uzbek language, similes with a phytonym component are directly related to the names of plants and fruits, their symbolic meanings, and limgvocultrology. This article talks about the pomegranate symbol and its linguistic and cultural features. The symbolic meanings of the pomegranate lexeme were analyzed through examples. Key words: phytonym, similes with phytonym components, linguistic and cultural features, linguistic culture, pomegranate, symbol. Insonning ma’naviy kamolotga erishuvida, jamiyatning madaniy – ma’rifiy rivojida ona tilining o‘rni beqiyosdir. Til milliy ma’naviyat, ma’rifat va madaniyatning eng xolis va xira tortmas ko‘zgusidir. Hadisi shariflarda “kishining zeb-u ziynati, go‘zalligi uning tilidadir” deyiladi. Qadim - qadim zamonlardan beri har bir millat, har bir qavm o‘z tiliga buyuk hurmat bilan qaraydi va uning rivoji, yanada sayqallanmog‘i uchun ter to‘kadi. Dunyo tilshunosligidan ma’lumki, har qanday til o‘zi mansub bo‘lgan xalqning madaniyati, yashash tarzi, urf-odati, an’analari, boshqa tillar bilan aloqalari, inson va uni o‘rab turgan olamga bo‘lgan munosabati asosida shakllanadi. Inson yaralibdiki, olamni o‘rganadi, kuzatadi va mana shunday kuzatuvlar turli o‘xshatishlar vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Tabiat va inson o‘rtasidagi munosabatlar sabab tilshunosligimizda fitonim, zoonim, bionim komponentli o‘xshatishlar paydo bo‘ldi. O‘xshatishlar – har bir xalqning lingvomadaniy boyligi bo‘lib, ular millly dunyoqarash, dunyodagi predmet, hodisa va harakatlarni milliy tasavvurlarga ko‘ra tanlash, qiyoslashdir [Usmonova, 2019:102]. Inson tafakkurini o‘xshatishlar orqali ifodalash eng qadimgi yozma yodgorliklarga borib taqaladi. Bu haqda turkiy xalqlarning ilk yozma manbaasi bo‘lmish “Devoni lug‘otit turk”da aytilishicha, turkiylarda biror ayol farzandli bo‘lsa, jinsini tulki yoki bo‘ri hayvonlarini nomini aytish bilan ma’lum qilishgan. Bu orqali qiz bola tulkiga, o‘g‘il bola esa bo‘riga qiyoslanganini bilishimiz mumkin. “Fitonim” termini tilshunoslikka XX asrning 70-yillarida kirib kelgan bo‘lib, bionimlarning bir turi sifatida tadqiq etilgan, Fitonimlar o‘simliklarning nav va xillarini ifodalovchi nomlar hisoblanadi. Badiiy adabiyotda fitonimlar obraz yaratish, fikrni poetik ko‘rinishda ifodalash uchun xizmat qiladi. Fanda fitonimik va fitomorfik metafora atamalari mavjud bo‘lib, ular qamrov obyektiga ko‘ra farqlanadi. Fitonimik metafora deganda faqat o‘simlik nomlari asosida ma’no ko‘chish tushuniladi va bu badiiy adabiyotdagi ramz tushunchasi bilan uzviy bo‘liq hisoblanadi: “sarv” – tik qomat, “chinor” – uzoq umr, “gul” – yor umuman ma’shuqa timsoli. Fitomorfik metaforada esa o‘simlik va uning xususiyatlari, ma’lum bir qismlari asosida ma’no ko‘chadi: “danak” – nevara, “ildiz” – ajdodlar, “meva” – farzand ma’nosini ifodalaydi [Bahramova. 2015:4]. Tilshunos olim, professor N. Maxmudov tilning tasviriy vositalari to‘g‘risida shunday deydi: “Xalqning tiynati va tabiatini, ruhiyati va mentalitetini tildan ayri xolda tasavvur qilib ham, tadqiq etib ham bo‘lmaydi. Tildagi birliklarda ayniqsa, obrazli so‘z, ibora-ifodalarda xalqning mental o‘ziga xosligi muayyan tarzda in’ikosini topadi. Zotan, bunday obrazli ifodalar xalqning teran dunyoqarashi, obrazli nigohi, idroki va tafakkuri mahsuli o‘laroq dunyoga kelgan”. Magistr, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, …….@mail.ru 316 O‘zbek xalqi azaldan yer bilan tillashib, hayvonot-u nabodot olamiga mehr berib keladi. Tabiat, o‘simlik olami – gullardan tortib mevali-yu, mevasiz daraxtlar xalq hayotining nafaqat moddiy ta’minotiga, balki ma’naviy kamolotiga, til boyligiga ham xizmat qilib kelmoqda. Xalq og‘zaki ijodiga nazar tashlar ekanmiz, xalqimizda turli o‘simliklar, mevali daraxtlar bilan bog‘liq bo‘lgan o‘xshatishlar, urf-odatlar, turli xalq qo‘shiqlari, o‘yinlari yaratilganligiga guvoh bo‘lamiz. Xalq ijodida anjir, anor, olma, shaftoli, jiyda, tut kabi mevali daraxtlar, chinor, terak, tol va boshqa mevasiz daraxtlar ma’lum bir ramziy ma’no ifodalagan. Anjir – oilaviy hayot, taqdir, nikoh bilan bog‘liq talqinlarga ega. Anor – ayol timsoli. Ayol go‘zalligi, jozibasi, serfarzandligi ramzi. Olma – farzand, muhabbat sevgi ramzi hisoblanadi. Olma otish – xalqimizda yor tanlashni anglatsa, olma guli – aldamchi muhabbat, o‘tkinchi hoy-u havas ramziy mazmunini ifodalaydi [ Turdimov, 2020: 126]. Dunyo tilshunoslarining diqqat markazida bo‘lgan masalalardan biri, til va madaniyat munosabati, tilning milliy mentalitet va millliy an’nalar bilan bog‘liqligidir. Lingvokulturologiya – tilni madaniyat bilan mushtaraklikda tadqiq qiluvchi tilshunoslik yo‘nalishi bo‘lib, lingvistika va madaniyatshunoslik fanlarining tutashuv nuqtasida vujudga kelgan fan yo`nalishi hisoblanadi. Ushbu nazariyaga ko‘ra tilda mavjud bo‘lgan har qanday so‘z lingvomadaniy xususiyatga ega. Turkiy xalqlarda fitonimlardan tasvir obyekti sifatida foydalanish qadimgi davrlarga borib taqaladi. Mumtoz adabiyot namunalarida ularning ko‘p va xo‘p turlari uchrashi tadqiqotlardan bizga ma’lum. Shoir, yozuvchi, rassom-u kashtado‘zlar o‘z ijodiy niyatlarini turli o‘simlik va giyohlar, daraxtlar-u mevalar timsolida, ramziylik asosida ifodalashgan. Ijod namunalaridagi qiyoslashlar ma’lum bir ma’no tashishga xizmat qilgan. Tilshunoslikda, odatda, qiyoslashning maqsadidan kelib chiqib, uning ikki turi farqlanadi. Agar ikki predmet yoki tushuncha ular o‘rtasidagi farqni ko‘rsatish maqsadida qiyoslangan bo‘lsa, sof qiyosiy konstruksiya shakllanadi (masalan, yer toshdan qattiq), qiyoslash o‘xshatish maqsadini ko‘zda tutganda esa o‘xshatish konstruksiyasi shakllanadi (masalan, yer toshday qattiq)[ Mahmudov, 1984: 68]. Aytish joizki, sof qiyosga qaraganda o‘xshatishlar nutqda sezilarli darajada katta badiiy- uslubiy va lingvopoetik imkoniyatlarga ega bo‘lgan konstruksiyalardir. Shuning uchun ham o‘xshatishlar dunyo filologiya ilmida eng qadimgi davrlardan boshlab nutq ta’sirchanligini ta’minlaydigan alohida vosita sifatida tadqiqotchilarning diqqat markazida bo‘lib kelgan. O‘zbek tilida ham, boshqa barcha tillarda bo‘lgani kabi, o‘xshatishlar to‘rt unsurdan tarkib topadi va biz ularni o‘xshatish sub’ekti, o‘xshatish etaloni, o‘xshatish asosi va o‘xshatishning shakliy ko‘rsatkichi, deb nomlaymiz. Avvalo, ta’kidlash lozimki, o‘xshatishlar o‘ziga xos obrazli tafakkur tarzining mahsuli sifatida yuzaga keladi. Shuning uchun xam ular nutqda hamisha badiiy-estetik qimmatga molik bo‘ladi, nutqning emotsional-ekspressivligi, ifodaliligi, ta’sirchanligini ta’minlashga xizmat qiladi [Mahmudov, Xudoyberganova, 2013:5]. Bilzmizki, o‘zbek tilida o‘xshatishning shakliy ko‘rsatkichi sifatida -day qo‘shimchasi juda keng qo‘llaniladi, uning -dek fonetik varianti esa nisbatan kam ishlatiladi. Shuningdek, o‘xshatishlarda kabi, singari, yanglig‘, misol (misoli), misli, go‘yo, -ga o‘xshab kabi analitik shakllar ham ishtirok etishi mumkin. Xuddi, go‘yo, misoli kabi o‘xshatish vositalari o‘xshatish oldidan kelib, o‘xshatish mazmunini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi. Fitonim komponentli o‘xshatishlar sifatida: anorday, anor donasiday, alafdek, misli barg (bargday), gilosday, gulday, danakday, yong‘oqday, bir qop yong‘oqday, lavlagiday, loladay kabilarni keltirishimiz mumkin. Bular orasidan anor ramzi va uning lingvomadaniy xususiyatlariga alohida to‘xtalib o‘tamiz. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, anor o‘zining ramziy ma’nosiga ega bo‘lib, millatimizda anor guli, uning mevasi, donalariga nisbatan alohida hissiy emotsionallik mavjud. Xalqimiz orasida anor qadimdan sevgi, muhabbat, oila, farzandlar ramzi bo‘lgan, shunga sabab chimildiqqa ilinadigan so‘zanalarimizga, kelin kuyovning milliy liboslariga, do‘ppilarimizga anor tasviri tushirilgan. Buning tag zaminida esa yangi qurilayotgan oila serfarzand bo‘lsin 317 degan niyat yashirin. Bilamizki, to‘y marosimlarida yigit va qiz aytishuvlari bo‘lgan, aytishuv yakunida esa yigitlar o‘zlari tanlagan qizlar oldiga belbog‘larini tashlashgan. Agarda qiz yigitga rozilik bildirsa, shu belbog‘ga olma, anor kabi mevalarni tugib bergan. Olma va anor qizning roziligi va oila ramzi sifatida talqin qilingan. Kashtado‘zlikda ham anor guli va mevasini tasvirlash an’ana tusiga aylangan, bunda ham ramziylik bo‘lib, kashtalarda tasvirlangan anor ezgulik, to‘qchilik, farovonlik ramzi sifatida talqin etilgan. Farzand kutayotgan ayollar xushxabarni yaqinlariga anor mevasini taqdim qilish orqali ma’lum qilishgan. Bu esa o‘zbekona ibo, uyalish va milliylikdan dalolat beradi. Anor fitonimini badiiy tasvir vositasi sifatida qo‘llash Alisher Navoiy va Uvaysiy ijodiga borib taqaladi. Navoiy anorning tashqi va ichki tuzilishi, uning shifobaxshligiga e’tibor qaratsa, Uvaysiy esa oddiy meva timsolida zamonaning ijtimoiy muhiti, muammolarini tasvirlaydi. Tilshunoslarimiz N. Mahmudov, D. Xudoyberganova tomonidan tuzilgan “O‘zbek tili o‘xshatishlarining izohli lug‘ati”da anor va u bilan bog‘liq o‘xshatishlar misollar orqali tahlilga tortilgan. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling