Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Polvonlardan zo‘r
- Qo‘yday qilib hurkitar.
o‘xshatish konstruksiyasi shakllanadi (masalan, yer toshday qattiq). [Mahmudov, 1984:68]
Alla matnlarini tahlil qilish natijasida qiyosning maqsadiga ko‘ra ikkala turi ham o‘zbek xalq allalarida qo‘llanlganligining guvohi bo‘ldik, biroq sof qiyosga nisbatan o‘xshatish konstruksiyasi faol qo‘llanilgan. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, tahlilga tortilgan 11ta o‘xshatishdan 3tasi sof qiyosiy konstruksiya bo‘lsa, 8tasi o‘xshatish konstruksiyasi. Alla matnlaridagi sof qiyosiy konstruksiyalar: 1.Yangi chiqqan oyim bolam alla-yo Ipakdan ham mayin bolam, alla 2. Alla, bolam, ter ekan, Urush qursin der ekan. Urush bo‘lgan joylarda Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU Lingvistika mutaxassisligi II kurs magistranti, maftunamamarasulova7@gmail.com 325 Polvonlardan zo‘r ekan. 3. Alla derman, oyima, alla, Qanddan ham shirin bolima, alla. Alla matnlaridagi o‘xshatish konstruksiyalar: 1.Mehrim senda, kamolingni tinglar qalbim, alla Buloqdek jo‘sh, maysalardek tez ulg‘aygin, alla 2. Xush qushning bolasiday, Daraxt boshi uyasiday. Daraxt boshin yel olsa, Shaydullodir onasi-yey Alla, bolam, alla. 3. To‘yda to‘pga qarasa, Qo‘yday qilib hurkitar. Alla, bolam, allayey Jonim bolam, alla-yey. Ushbu namunalardan ko‘rinadiki, sof qiyosiy konstruksiyalar –dan chiqish kelishigi vositasida hosil qilinadi va -dan affiksi “ortiqlik” semasi anglatishga xizmat qiladi. O‘xshatish konstruksiyasi esa –dek, -day, -dayin kabi qo‘shimchalar hamda kabi, misoli, singari va boshqa vositalar yordamida hosil qilinadi va bu vositalar “tenglik” semasini anglatishga xizmat qiladi. O‘xshatishlarning tarkibiy qismlari haqida ilmiy adabiyotlarda turlicha qarashlar mavjud. Mantiqan bir xil tushuncha turli yondashuvlar natijasida turli nomlar bilan ifodalangan. Xususan, Panini grammatikasidan boshlab (mil.avv IV asr) qadimgi hind poetik-grammatik traktatlarida o‘xshatishlar poetik figura sifatida o‘rganilib o‘xshatishning muntazam to‘rt unsurdan tarkib topishi ta’kidlangan: 1) o‘xshatiladigan narsa yoki subyekt, 2) unga o‘xshash bo‘lgan narsa yoki obyekt, 3) o‘xshatish belgisi yoki o‘xshatish asosi hamda 4 ) o‘xshatishning formal ko‘rsatkichi. M.Mukarramov o‘xshatishlarni uchta leksik birlikning o‘zaro munosabatidan yuzaga kelishini ta’kidlaydi va o‘xshatish ifodalovchi element bo‘lib kelgan –dek, -day, -simon, -cha, kabi, singari shaklida va boshqa grammatik vositalar o‘xshovchi obrazni ifodalagan so‘zlar tarkibida yoki o‘zlari alohida so‘z holida shakllansa-da, lekin leksik ma’no anglashilmasligiga asoslanib, o‘xshatishning uch komponentli bo‘lishini ma’qul ko‘radi. Yormatov o‘xshatishning mohiyatini belgilovchi tarkibiy qismlar sifatida uchta birlikni belgilaydi: o‘xshatilmish (subyekt-S), o‘xshovchi (etalon - E) va o‘xshash (aktant - A). N.Mahmudov, D.Xudoyberganovalar ham o‘xshatish tarkibiy jihatdan to‘rt qismdan tashkil topishini e’tirof etadi: “O‘zbek tilida ham, bosqa barcha tillarda bo‘lgani kabi, o‘xshatishlar to‘rt unurdan tarkib topadi va biz ularni o‘xshatish subyekti, o‘xshatish etaloni, o‘xshatish asosi va o‘xshatishning shakily ko‘rsatkichi deb nomlaymiz”. [Mahmudov, Xudoyberganova, 2013:5] Mahmudov o‘xshatishlar uchun quyidagi formulani keltiradi: Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling