Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
Annotation. This article describes the specific features of analogies, their role and importance in the Uzbek language. The characteristic of analogies as a linguocultural unity was revealed by analyzing the text of uzbek lullaby. Key words: analogy, subject of analogy, model of analogy, formal indicator of analogy, symbol of analogy. Inson o‘z faoliyati davomida doim qulaylikka intilib yashaydi. Inson ongi atrof- muhitdagi narsa va hodisalarni qiyoslash, o‘xshatish, taqqoslashlar orqali qabul qiladi, qayta ishlaydi, baholaydi. Obyektiv olamda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar, ijtimoiy jarayonlar, narsa va predmetlar, o‘y va kechinmalar nimagadir qiyoslab, taqqoslab qabul qilinar ekan, bilish jarayoni bir qadar soddalashadi.Ya’ni o‘xshatish orqali biz uchun yangi bilimlar, notanish hodisalar lisonimizdagi tayyor bilimlarga biriktiriladi, tassavvur imkoniyati ravshanlashadi. Bundan tashqari, ongimizda mavjud bilimlarni tizimlashtirish, guruhlarshtirish kabi jarayonlar ham o‘xshatish va taqqoslashlarning natijasi sanaladi. Nizomiddin Mahmudov o‘xshatishga shunday ta’rif beradi: “Ikki yoki undan ortiq predmet yoki tushunchani o‘xshash yoki farqli jihatlarini aniqlash maqsadida qiyoslash, taqqoslash tashqi dunyoni bilishning eng keng tarqalgan mantiqiy usullaridan biri sifatida inson faoliyatining deyarli barcha sohalarida kuzatiladi. Bu behad muhim mantiqiy kategoriya, tabiiyki, tilda ham o‘z aksini topadi”. O‘xshatishlar inson xayoloti va tasavvuriga assotsiativ ta’sir ko‘rsatib, tasvir obyektiga nisbatan ma’lum munosabatni shakklantiradi. O‘xshatishlarning o‘ziga xos murakkab tabiati haqida, tarkibiy, lisoniy va ma’naviy xossalari haqida turli nazariy, ilmiy, ommabop tadqiqotlar mavjud. O‘xshatishlar ham adabiyotshunoslikda, ham tilshunoslikda tasviriy vosita sifatida maxsus o‘rganib kelingan. [Yoqubbekova, 2003:10] Mantiqiy jihatdan talqin qilganimizda adabiyotshunoslik va tilshunoslikning tarkibiy qismi hisoblanmish qiyosiy adabiyotshunoslik, qiyosiy tilshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik sohalari ham o‘xshatish va qiyoslash mezonlari natijasida vujudga kelgan sohalar deyish mumkin. Tilshunoslik va adabiyotshunoslik tasviriy vosita sifatida tahlil qilinadigan o‘xshatish adabiyot va til ilmida keng o‘rganiladi. Biz o‘xshatishlarni aynan tilshunoslik nuqtai nazaridan tahlil etishni maqsad qilganmiz. Qiyoslash maqsadiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi. “Agar ikki predmet yoki tushuncha ular o‘rtasidagi farqni ko‘rsatish maqsadida qiyoslangan bo‘lsa, sof qiyosiy konstruksiya shakllanadi(masalan, yer toshdan qattiq), qiyoslash o‘xshatish maqsadini ko‘zda tutganda esa Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling