Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

O‘choqqa tushgan choladek
Alla, bolam, alla. 
Zafarondek sarg‘ayibman
Bandida qolgan olmadek
Alla, bolam, alla. 
Agar ushbu vositalar ishtirok etmasdan o‘xshatish subyekt va etalondan tashkil topsa
vositasiz o‘xshatish hisoblanadi: 
Alla desam, biri bor, alla, 
Biri – olma, biri – nor, alla. 
Vositasiz o‘xshatishlar faqat subyekt va etalondan tarkib topsa-da, formal ko‘rsatkichning 
o‘rni mantiqan anglashilib turadi va tinish belgilar yoki ohang orqali ifodalanadi. 
O‘xshatishlarda obrazli tafakkur tarzi aks etganligi bois o‘xshatish hodisasi nutqning emotsional-
ekspressivligi, ifodaviyligi hamda ta’sirchanligini ta’minlashga xizmat qiladi. Bu xususiyat 
o‘xshatishlarning ikki turiga ham taalluqli: 1) individual-muallif (erkin) o‘xshatishlar; 
2)umumxalq yoki turg‘un (erkin) o‘xshatishlar. Biroq turg‘un o‘xshatishlar xalqning turmush 
tarzi, millatning dunyoqarashinio‘zida aks ettirsa, erkin o‘xshatishlar bir shaxsning, ijodkorning, 
tafakkur tarzini ifoda etadi va individuallik kasb etadi. “Turg‘un o‘xshatishlar milliy ong 
jumbog‘ini yechishga imkon beradigan yorqin obrazli vositalardan biri hisoblanadi”, “dunyoni 
o‘ziga xos milliy tarzda ko‘rish o‘xshatish semantikasida aks etadi.
[Maslova, 2001:133-134] turg‘un o‘xshatishlar til tizmidagi frazeologik iboralarning alohida
o‘ziga xos bir guruhini tashkil etadi va ular aytarli tayyor holda nutqqa olib kiriladi”. 
[Mahmudov, Xudoyberganova, 2013:7]. Bunday o‘xshatishlar tilda xalqning tajribalari,
urf-odati, tarix va madaniyatga muvofiq tarzda ma’lum davr mobaynida saralanib turg‘unlashadi.
Shu bois ham turg‘un o‘xshatishlar lingvomadaniy birlik sifatida tahlil va talqin qilinadi.
Tilning milliy-madaniy xazinalaridan hisoblanmish alla matnlaridagi o‘xshatishlarni tahlil qilish 
jarayonida erkin o‘xshatishlarga nisbatan turg‘un o‘xshatishlarning faol qo‘llanilganligining 
guvohi bo‘ldik.
Gulzorda bulbul sayraydi, 
Gullar bargin chaynaydi, hey, hey. 
Sanga allalar aytsam, 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling