Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

{A[(B)b]C}. Ushbu formulaga ko‘ra A – qiyos subyektining simvoli, B – qiyos etoloni simvoli, 
b – qiyosning formal ko‘rsatkichi, C – qiyos asosining simvoli. Mahmudovning formulasi 
asosida o‘zbek xalq alla matnlarini tahlil qilamiz: 
Gulzorda bulbul sayraydi, 
Gullar bargin chaynaydi, hey, hey. 
Sanga allalar aytsam, 
Ko‘nglim gulday yashnaydi, hey, hey. 
Ko‘nglim (A) - qiyos subyekti, gul(B) – qiyos etaloni, -day(b) – qiyosning formal ko‘rsatkichi 
bo‘lsa, yashnaydi (C) – qiyos asosining simvoli bo‘lib xizmat qilmoqda. Guvohi bo‘lganimizdek, 


326 
ushbu alla matnida o‘xshatishning barcha unsurlari (tarkibiy qismlari) ishtirok etib kelmoqda va 
to‘liq {A[(B)b]C} formula shakllanmoqda. Namunadagidek o‘xshatishning barcha tarkibiy 
qismlari ishtirok etib kelsa, to‘liq o‘xshatish hisoblanadi. Agar o‘xshatishning tarkibiy 
qismlaridan birortasi ishtirok etmasa, bunday o‘xshatishlar to‘liqsiz o‘xshatish hisoblanadi.
Mehrim senda, kamolingni tinglar qalbim, alla 
Buloqdek jo‘sh, maysalardek tez ulg‘aygin, alla. 
Ushbu allaning to‘rtinchi misrasida ikkita o‘xshatish mavjud bo‘lib, qiyos etaloni – buloq 
va maysa; qiyosning formal ko‘rsatkichi – dek; qiyos asosining simvoli – jo‘sh va tez ulg‘aygin 
so‘zlari orqali ifodalangan. Ushbu alla matnidagi o‘xshatishlar bir xil formula asosiga qurilgan, 
ya’ni subyekt mantiqan anglashilsa-da, aynan ishtirok etmagan. Shu bois ikkala o‘xshatish ham 
to‘liqsiz o‘xshatish sanaladi.
M.Mukarramovning tasnifiga ko‘ra o‘xshatishlar shakily ko‘rsatkichning ishtirokiga 
ko‘ra vositali va vositasiz turlarga bo‘linadi. Vositali o‘xshatishlarda –dek, -day, -dayin, kabi, 
misoli, xuddi va boshqa o‘xshatishga xizmat qiluvchi vositalar ishtirok etadi:
Yonamanu kuyaman, 
Alla, bolam, alla. 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling