Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet261/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Amini, Muhammad Kozim. Afg‘onistondagi Turkiy matbuotning qisqa tarixiy.-T.: 2018. 
https://bayanifoundation.com  
2. Arol, Azizullah. O‘zbek tili milliy kuni (29-miyzon, 21-oktayar). 29 miyzon O'zbek Tili 
Milliy Kuni va Maqolar va She'rlar To'plami. Labib M.Olim va boshgalar. Kobul: 
Afg'oniston,Voja. -T.: 2020.-b.21. 
3. Ohang, Muhammad Kozim.1387h.Sayru journalism dar Afg‘oniston, Kobu: bungohi 
intishoroti Mayvand.safhaho. -T.:2008.- b.30-76. 
4. Shar᾽iy Juvzjoni, Sayid Abdulhakim. Avomili uruju nuzuli zaboni Turkiyu O‘zbekiy dar 
mahdudayi Afg‘niston.-T.:2021. https://www.uzlig.com 
5. Nodiri 
Partov.”chigunagiyi 
matbuoti 
Afg‘oniston 
dar 
solhoyi 
ishg‘ol”.-
T.:2017.https://partawnaderi.com 
 
GLOBALLASHUV VA TILLARNING O‘ZARO TA’SIRI HAQIDA 
ABOUT GLOBALIZATION AND THE INTERACTION OF LANGUAGES 
Rushana Nabiyeva


 
Annotation. The article focuses on the issue of borrowed words and their role in filling the 
vocabulary of the language, and also takes into account the trends in the security and 
development of languages in the context of globalization. The article analyzes the issue of the 
semantic development of borrowed words on the example of borrowings from the period of 
independence.  
Key words: social development, neologism, globalization, loan word, lexis, language 
enrichment. 
Bilamizki, dunyo tarixida xalqlar o‘rtasida o‘zaro turli xil aloqalar mavjud bo‘lgan va 
ular mazkur xalqlar tillarida ham o‘z aksini topgan. Shuning uchun globallashuv sharoitida ham 
bu hodisaning yuz berishi tabiiy hol va bu til aloqalarining eng nozik jihatlarini kuzatish
tavsiflash, o‘zbek tilidagi ahamiyati haqida to‘g‘ri hukm chiqarish tilshunoslikning muhim 
vazifalaridan biridir. 
Tarixning hamma davrlarida ham u yoki bu til boshqa tilga o‘z ta’sirini o‘tkazib kelgan. 
Bu savdo-sotiq, yaqin qo‘shnichilik munosabatlari orqali yoki mustamlaka davlatlarga hukmron 
mamlakatlar tillarining siyosiy tazyiq ostida o‘rgatilishi orqali sodir bo‘lgan. Qozon tilshunoslik 
maktabining namoyandalaridan biri V.A.Bogoroditskiy o‘z tilini o‘rganishda boshqa tilning 
ta’sirini hisobga olish zarurligi va uning ahamiyatini qayd qiladi [Богородитский В.А., 1934: 
75].

QarDu o‘qituvchisi 


348 
Tillarni qiyosan o‘rganish bo‘yicha tajribalar eng qadim zamonlarda boshlangan 
bo‘lishiga qaramay, jahon tilshunosligida tillarning bir-biriga ta’siri muammolari bilan 
tilshunoslar XIX asr oxiri XX asr boshidan shug‘ullana boshlaganlar. Xususan, G.Shuxardt va 
I.A.Boduen de Kurtene bir-biridan mustaqil ravishda “tillarning aralashuvi” degan tushunchani 
tilshunoslikka olib kirganlar. [Щухардт Г, 1950: 362].
G.Paul ham tillarning aralashuvi terminini qo‘llaydi. U mazkur termin ostida bir tilning 
boshqa tilga ta’siri, bir shevaning o‘zga shevaga ta’siri, shuningdek, rivojlanishining oldingi 
bosqichlarida yo‘qotgan materialni tilda yana qayta o‘zlashtirilishi kabi hodisalarni tushunadi.
G.Paul tillarning o‘zaro ta’siri haqidagi fikrlarga munosabat bildirgan holda, o‘z 
navbatida bilingvizmning paydo bo‘lish jarayoni, sabab va oqibatlari, ta’sir darajasi xususida 
atroflicha to‘xtalgan. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, u diqqatini tilning leksik sathiga qaratgan 
[Пауль Г., 1960: 459] . Til aloqalarining boshqa sathlarga ta’siri haqida esa umumiy fikrlarni 
aytish bilan chegaralangan. 
Tillarning o‘zaro ta’siri, bir tildan boshqa tilga lisoniy birliklarning o‘zlashishi 
masalalari N.V.Yushmanov tadqiqotlarida ham e’tiborli o‘rinda bo‘lgan.
Tillarning chatishuvi va o‘zaro aloqasida uch xil nuqtayi nazar farqlanadi. Birinchi 
qarash tarafdorlari (A.Shlixer, M.Myuller, qisman A.Meyye) bir til tizimining bir qancha 
tizimlari ta’sirida shakllanganini istisno qilgan holda tillar chatishuvini inkor etadilar.
Ikkinchi qarash tarafdorlari (G.Shuxardt, V.Pizani, Jonfante va boshqalar) uchun tillar 
chatishuvi hech qanday to‘siq bilmaydigan doimiy va keng ko‘lamli jarayon.
Uchinchi 
qarash 
tarafdorlari 
(I.V.Boduen 
de 
Kurtene, 
V.A.Bogoroditskiy, 
L.V.Shcherba, B.Y.Vladimirsov, A.Rosetti) nisbatan asosli fikrga ega bo‘lib, tillar chatishuviga 
geografik, madaniy yaqinlik, savdo aloqalari, qabila-elat va xalqlarning munosabatga kirishuvi 
asosida yuzaga keladigan real tarixiy fakt deb qarashadi. Ularning fikricha, chatishuv qaysi 
darajada bo‘lmasin, shu chatishgan til asosidagi qadimiy tilni ajratish mumkin bo‘ladi [ Щербак 
А.М., 1977.119] . 
Tillarning bir-biriga o‘zaro ta’siri to‘xtovsiz sodir bo‘lib boradigan, hech qanday 
chegara, cheklovlarni tan olmaydigan hodisa bo‘lib, jamiyat ehtiyojlari rivojlanishining obyektiv 
qonunlariga asoslanadi va bu turli tillarda har xil shakl va darajada sodir bo‘ladi. Xalqlarning 
iqtisodiy, madaniy, siyosiy aloqaga kirishuvi tillarning ta’sir darajasini ham oshiradi.
V.Y.Rozensveyg ta’kidlaganidek, “qiyosiy-tarixiy tadqiqotlar munosabati bilan 
tilshunoslar e’tiborini o‘ziga jalb qilgan til aloqalari bugungi kunda nafaqat lingvistikaning sof 
nazariy masalasi, balki jamiyat va davlat darajasidagi siyosiy masalalardan biriga aylandi, Osiyo 
va Afrikaning ko‘p davlatlari uchun esa hozirgi kunda barchani qiziqtiradigan asosiy masala 
bo‘lib qoldi”. 
Tillarning o‘zaro ta’siri til kontaktiblingvizm kabi hodisalar bilan chambarchas bog‘liq. 
Ammo bu hodisalardan farq qiladi. Ikki va undan ortiq tillarning fonetik, leksik-semantik hamda 
sintaktik tuzilishiga ta’sir qiluvchi tillarning o‘zaro aloqalari va munosabatlari til kontaktlari deb 
yuritilsa, bilingvizm ikki tillik demakdir.
Xulosa qilib aytganda, bir tilning ikkinchi tilga ta’sir etishi keng ko‘lamli ijtimoiy-
nolisoniy va sotsial-lisoniy hodisa bo‘lib, tillarning o‘zaro ta’siri masalasi aynan globallashuv 
jarayoni orqali yuzaga chiqadi. 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling