Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet260/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Ko‘kragimdur subhning perohanidin chokroq, 
Kiprigim shabnam to‘kulgan sabzadin namnokroq
Ayni holda, professor Sayid Abdulhakim Shar᾽iy Juvzijonining yordami bilan 
Muhammad Karim Nazihiy tashabbusida sakkizta o‘zbek maqoli fors tilidagi tarjimasi bilan 
Muhammad Haidar Jubl boshmuharriligida “Oriyono” jurnalida chop etildi. Shunugdek, o‘zbek 
tilidagi bir parcha she᾽riy g‘azal ham Qunduzlik Uchqun tashabbusi bilan Mazori Sharif shahrida 
bosimdan chiqadigan “Bedor” gazetasiga nashr qilingan. 

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2-bosqich tayanch doktoranti 


346 
Afg‘oniston zamonaviy o‘zbek va turkman shoirlarining she᾽rlari mumlakat tarixida 
birinchi marta o‘tgan asrnung oltmishinch yillari ikkinchu yarmidan matbuotda ko ‘rina 
boshladi. 1966-yilda professor Shar᾽iy Juvzjonining qit᾽a janridagi bir she᾽ri, Afg‘oniston xalq 
demokrotik partiyasining uchta tanqidiy maqolasi “Farhangi xalqhoyi o‘zbek va turkman, 
baxshi az jidoyi nopaziri farhang milliy most” (“O‘zbek va turkman xalqlarining madaniyati, 
milliy mudaniyatimizning ajralmas bo‘limidir”) unvoni ostida ushbu partiyaning ikkinchi nashr 
ofkori “Parcham” otli gazetada 1972-yili chop qilindi. Mayvandivol bosh vazirligi paytida, 
Shar᾽iy Juvzjonining yana bir maqolasi “Mantiq shikam” sarlavhasi bilan “Eldiram” taxallusi 
ostida nashr qilinadi. Ammo davlat tamonidan bu kishiga yozish taqiqlanadi [Shar᾽iy Juvzijoni, 
2021]. O‘zbek tilining Afg‘oniston bosma nashrlarida chin ma’noda boshlanish tarixini XX asr 
70-yillarining so‘ngida deb ko‘rsatish mumkin. 1978-yili Muhammad Dovudxonning hukumati 
ag‘darilgach, Nur Muhammad Tarakiy rahabarligi ostida Afg‘oniston xalq demokratik hukumati 
yuzaga keldi. Mamlakatda kutilmagan siyosiy va ijtimoiy o‘zgarishlar yuz beradi. Ushbu 
paytdan Afg‘oniston matbuotda, ayniqsa, o‘zbek tili uchun yangi davr hisoblanadi. 
Afg‘onistonagi qardosh millatlar, jumladan, o‘zbek va turkman qavmlarining madaniy hayoti 
yuksalishga qadam qo‘ydi. Ona tili ta’limi, bu tillarda nashr ishlariga hukumat tamonidan 
rasmiy ruxtat berildi. O‘zbek va turkman ziyolilarining sa’y-harakati bilan o‘zbek tilida 
“Yulduz” gazetasi, Turkman tilida ”Kurash” gazetasi chop etilishi bilan bu turkiy qavmlarning 
nashr ishlari birinchi marta Kobulda o‘z faoliyatini boshladi. 1979-yil yanvar oyidan so‘ng 
Afg‘oniston demokratik respablikasining qonuniy hukumati ag‘darilgandan keyin “Yulduz” va 
“Kurash” gazetalari ham Mazori Sharif va Shibirg‘on viloyatlariga surgun qilindi [Shar᾽iy 
Juvzijoni, 2021]. 
1978-1992-yillarda o‘zbek yozuvchilari va oydinliklari ham o‘z kuchlariga yarasha ona 
tillariga erkin yoza boshladilar. Sobiq Sovet Ittfoqi bu mamlakatga bostirib kirgan yillari, 
Afg‘oniston Xalq demokrodek partiyasi hukumronligi paytida matbuot butunlay kommunistik 
dittaturaga bo‘ysungan edi. Barcha nashrlar davlat va partiya tamonidan nazoratga olingani 
uchun barcha tillarda yozilgan mavzular mavzud siyosiy tuzum manfaatiga xizmat qilar edi, hech 
kim hukumatni tanqid qilishga haqli emas edi. Najibulloh paytida “Payyom”, “Ozodiy” va shu 
kabi yangi gazetalar chiqishi bilan yozuvchilarning tanqidiy maqolalari gazetalarda ko ‘rina 
boshladi. Najibullah hukumati qulatilib, 1992-yili apel oyida mujohidlar Afg‘onsiton poytaxti 
Kobulni bosib oldilar va kommunistik hukumat o‘rnida Subg‘atullah Mujaddadiy va
Burhonuddin Rabboniylar rahbarligida islomiy hukumat qurdilar.
Afg‘oniston xalq demokratik hukumatining so‘ngi yillarida, ayniqsa Afg‘oniston Islomiy 
hukumat davrida o‘zbek tili matbuoti uchun hech qanday ko‘zga ko‘rinarli ish bo‘lmagan. 
O‘zbek tili matmuoti uchun eng yaxshi tarixiy davr Afg‘oniston xalq demokratik partiyasi 
hukumronlik qilgan dastlabki yillar bo‘lgan. Undan keyin, Marshal Abdurashid Do‘stum 
rahbarligida 1992-yili O‘zbek xalqiga tegishli Afg‘oniston milliy islomiy Junbish partiyasi asos 
qo‘yilib, 5 yildan osharoq Afg‘onistonning shimoliy viloyatlarida hukumronlik qilib, faoliyatlar 
qildi. Do‘stim tasarrufidagi hududlarda asosan o‘zek tili matbuoti rivoj topdi. Bu muhit umuman 
Afg‘oniston xalgining madaniyati, turkiy qavmlar tili, ularning siyosiy-ijtimoiy hayoti, harbiy 
kadrlarining etishib chiqishida muhim ahamiyat kab etdi. 
Tolibon hukumati davrida matbuot umuman barham topdi. Tolibon hukumati o‘zbek 
tili, o‘zbek xalqi va ayniqsa o‘zbek kadrlari qatag‘onga uchradi. Omon qolgan ko‘plab o‘zbek 
yozuvchilari va ziyolilari yurtlaridan yillarcha badarg‘a bo‘ldilar. 
2001-yili Afg‘onistonda Tolibon hokimiyati ag‘darilib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti 
tashabusi bilan Homid Karzay rahbarligida yangi hokumiyat qurildi. U boshqargan yillarda 
mamlakatda so‘z va matbuot erkinligi ta᾽minlandi. Birinchi marta Afg‘oniston asosiy qonunida 
o‘zbek tilining huquqi tiklanib, bu konstitutsiyaing 16, 43-moddalarida aks etgan [Amini, 2018]. 
Afg‘oniston asosiy qonuniyda o‘zbek tiliga uchunchi rasmiy til maqomi berildi va mamlakat 
asosiy qonunining 16- oddasida bu haqda shunday yoziladi: “O‘zbeki, Turkmani, Pashshayiy, 
Nuristoniy, Baluchiy va yo Pomiriy tillardan birida ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan hududlarda 
o‘sha til, Pashtu va Dariga qo‘shimcha uchinchi rasmiy til sifatida bo‘ladi va uning ishlatish 


347 
usuli qonun orqali belgilaydi [Arol, 2020: 21]. Ushbu qonun tufayli mamlakatda yuzlab OAV: 
radio-televideniya, jurnal, gazeta, oylik, faslnomalar faoliyat boshladi.
2001-2021 yilgacha o‘zbek tilida 40 dan ortiq quyidagi gazeda va juranal chop etildi: 
(“Yulduz”, “Quyosh”, ”Tog‘ri yo‘l”, ”Yog‘du”, ”Chovush”, ”Ulus”, ”Bilgi”, ”Taxariston 
Ko‘zgusi”, “Ko‘zgu”, ”Kurash”, ”Ishonch”, ”Maymana”, “Ildiz”, “Navoiy”, “Vatandoshlar”, 
”Ezgu tuyg‘u”, ”Oydin”, ”Oydin Sarpul”, ”Oydin Andxo‘y”, ”Oydin Foryob”, ”Oydin Toliqon”, 
”Oq yo‘l” ,“Buloq”, ”Ipak yo‘li”, ”Bulut”, “Ezgu”, ”Cho‘lpon”, ” Yangi Nasil”, ”Qarash”, 
”Amir Temur”, ”Yangi zamon”,”Go‘zal Foryob”, ” Yozuv”, ”Sog‘lom jamoa”, ” Oybek 
Ko‘gusi”. “Yashil yaproq”, ”Millat sesi”, ” Simoyi Zan”, ”Oynayi Zan”, ”Ambira” va b. Lekin 
Tolibon hokimiyatni qayta qo ‘lga kititgach, usbu gazeta va jurnallar faoliyati to‘xtatilgan. 
Xullas, Afg‘oniston matbuoti tarixida o‘zbek tili matbuoti uchun muhim davr 1978-
yildan boshlangan. O‘zbek tili, matbuotining igullab-yashnagan davri esa 2001-2021-yillar 
hisoblanadi.  

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling