Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet259/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Foydalanilgan adabiyotlar 
1. -Kim Ji Yong. Yaponiyalik talabalar uchun ingliz tilidan koreys tiliga tarjima qilish bo‘yicha 
tadqiqot. Koreys tili ta’limi jurnali. 2015 №11(2). – B. 83-99. 
2. -Kim Yong Sun, Kalanova Dilnoza. Koreya universitetlaridagi o‘zbek talabalarining koreys 
tili muloqot ko‘nikmalarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot. Gumanitar va ijtimoiy fanlar-21 
jurnali. 2017. №8(3). – B. 547-564. 
3. -Li Sun Yang. Koreys tilini o‘rganuvchi xitoylik talabalar uchun koreyscha talaffuzni 
o‘rgatish bo‘yicha samarali ta’lim. Koreys tili va madaniyati ta’limi. 2007. №1. – B. 69-89. 
4. -So Yung Yun. Fransiyadagi koreys tili ta’limida ikki pedagogik vositadan foydalanish 
bo‘yicha tadqiqot. Koreys tili ta’limi jurnali. 2010. №21(1). – B. 249-266. 
 


345 
O‘ZBEK TILINING AFG‘ONISTON BOSMA YETKARMALARIDA QO‘LLANISHI 
THE USE OF THE UZBEK LANGUAGE IN THE AFGHAN PRINT MEDIA 
Quvonch Ehsonullo

 
Annotation. This article provides brief information about the history of the Uzbek 
language in the Afghan press, its use in the country's printed publications, magazines and 
newspapers published in the Uzbek language. 
Key words: Uzbek language, Afghan press, printed publications, magazine, newspaper 
Matbuot muayyan davlat va jamiyatga, ma’lum maslaklarni yoyishga, madaniyat va 
ma’rifatga, insonlar dunyoqarashini o‘stirishga xizmat qilishidan tashqari bularni ifoda etgan 
tilning ravnaqi uchun ham juda muhim omil hisoblanadi. Afg‘oniston matbuoti ham yillar o‘tishi 
bilan dunyo miqiyosida o‘z o‘rnini topib, o‘ziga yarasha ish qilaboshlagan. Maqolamizda 
Afg‘oniston bosma matbuoti tarixini kuzatish asnosida o‘zbek tilining Afg‘oniston bosma 
nasrlarida qachondan boshlab pashtu va fors tillari yonida qaysi qay darajada o‘rin olib, 
qo‘llanishi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz.
O‘zbek tili ham Afg‘onistondagi ikkita ko‘p jamiyatli fors va pushtu tillardan keyin 
mamlakatda ko‘p sonli so‘zlashuvchisiga ega tillaridan sanaladi. Mamlakat matbuoti tarixiyda 
o‘zbek tilining qo‘llanishi o‘z tarixiga ega. 1886-yil Amirsher Alixonning hukumati davrida 
Afg‘oniston matbuotiga asos qo‘yiladi. Matbuot boshlanishi tarixining bir asrlik davrida 
sakkizta davlat boshlig‘i o‘zgaradi [Ohang, 2008:30-37]. Afsuski
, shu hokimlar davrida o‘zbek 
tilining mamlakat matbuotida qo‘llanishiga ruxsat berilmagan. Ushbu davrlar afg‘on o‘zbeklari 
uchun nihoyat qarong‘u zamon sanaladi. Ayniqsa, Amir Abdurrahmonxon va Zohir Shohning 
qirq yillik hukmdorlik davrida o‘zbek xalqining tili va madaniyati yuksaltirimagan.
Haqiqat shuki, davlatning rasmiy tashkilotlari, xizmat idoralari bu paytlarda butunlay 
pushtunlashib ketgan bo‘lsa ham, fors-dari tili mutbuotda rasmiy til sifatida o‘ziga xos o‘rinni 
egalladi. Shu davrlarda pushtu tilini Afg‘onistonning ta᾽lim sohasida, ma᾽muriy boshqaruv, 
harbiy tashkilotlarida hokim tilga aylantirish, uning taraqqiyoti uchun davlat rasmiylari 
tamonidan katta huquqiy va moddiy imkoniyatlar yaratildi. Afsuski, mamlakatda istiqomat 
qiluvchchi boshqa etnik guruglar, jumladan o‘zbek, turkman xalqining tili va adabiyotini
rivojlanishi uchun hech qanday sharoit yartilmagan. O‘zbek tili rasmiy tashkilotlar, ta’lim 
tizimidan badarg‘a etilib, fuqarolar uchun ona tillarda o‘qish-yozishga ruxsat berilmagan. 
qatag‘an etildi. Shuningdik o‘zbek va turkman tillaridagi nodir qo‘lyozmalar va tarixiy-madaniy, 
ilmiy-adabiy yodgarliklar ham Zohir Shohning siyasati bilan yuqotila boshladi. O‘z-o‘zidan 
shunday og‘ir bir vaziyatda Afg‘onistondagi o‘zbek xalqi uchun madaniy hayot sohalari, 
jumladan, davriy nashrlar ham nochor ahvolda qoldi [Amini, 2018] 
Vaqt o‘tishi bilan o‘zbek ziyolilari ham hukumat ishlariga aralashib, o‘z millati tillarini 
ravojlantirishni uchun o‘ylar edilar. Ushbu yillar haqlaridan doimo mahrum qoldirlgan 
Afg‘oniston o‘zbek-turkman xalqlarining tillariga yozilgan narsalarni nash etishga ruxsat 
berilmay, qatiq nazorat ostiga olingan edi. Shunday bo‘lgani holda ba’zi paytlar 
nazoratchilardan bekitib, qochib-qo‘rqib biror she’r yoki arzimas o‘zbekcha matnlar gazetalarda 
bosilar edi. Ilk marta Alisher Navoiyning quydagi matla᾽li bir g‘azali “Vatan” partiyasining 
nashriyoti Mir G‘ulom Muhammad G‘ubor bosh muharrirligida bo‘lgan “Vatan” gazetasiga chop 
etildi: 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling