Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
yinčkä qïz birikmasini shakllantirgan va “bo‘yi yetgan qiz” maʼnosini bildirgan (I,315).
Qïz leksemasining “cho‘ri, joriya” semasi ayni shu maʼnoda qadimdan qo‘llanishda bo‘lgan qïrqïn leksemasiga mos tushgan va bu ikki leksema birikib, qïz qïrqïn juft so‘zini yuzaga chiqargan (I,316). Modomiki, so‘z “cho‘ri, joriya” maʼnosi haqida borar ekan, uning qïz, qïrqïn, qïz qïrqïn leksemalari qatori qïrnaq so‘zi bilan ham ifodalanganini qayd etish lozim. Lug‘at tuzuvchining taʼkidiga qaraganda, bu leksik birlik yabaqu, qay, chumul va o‘g‘uz qabilalari tiliga xos bo‘lgan (I,439). Qïz qïrqïn juft so‘zi hozir ba’zi qardosh turkiy tillarda saqlanib qolgan. Jumladan, qirg‘iz tilida - qïz qïrqïn, tatar tilida - qïz qïrqïn. K.Gryonbekning fikriga ko‘ra, qïrqïn “qizlar” so‘zi ayni oğlan “o‘g‘il bolalar (farzandlar)”, erän “erlar, erkaklar”, bodun “xalq, xaloyiq” leksemalari kabi ko‘plik shaklini ifodalovchi -(ï)n affiksi ishtirokida yasalgan. А.M.Shcherbak esa qïrqïn leksemasini qïrq va qïn shaklida qismlarga bo‘lish mumkin emasligini taʼkidlagan . “Devon” tilida “marvarid, inju, dur” maʼnosi xitoy tilidan o‘zlashgan yinju o‘zlashmasi bilan ifodalangan (I, 67). Ushbu leksema konnotativ maʼno kasb etib, “bokira, yosh cho‘ri, joriya”ni ham anglatgan (I, 67). Bunda yosh qiz inju, marvaridga tashbeh qilingan. Qayd etilgan maʼnosi orqali mazkur o‘zlashma yuqorida tahlilga tortilgan ertini özűk hamda altun özűk birikmalari bilan sinonimik munosabatni yuzaga chiqargan. “Ovunchoq” maʼnosi, lug‘at muallifining taʼkidlashiga ko‘ra, XI asr turkiy tilda avыnču (<avïnč “ovunish, do‘stlik” <avïn= do‘stlashmoq”) yasamasi bilan ochib berilgan. Ushbu yasamaning “cho‘ri (o‘ynash)”ga nisbatan ham qo‘llangani lug‘atda ifodasini topgan (I,153). “Ixtiyori o‘zida bo‘lmagan shaxslar, ozodlikdan mahrum erkak va ayollar” eski turkiy tilda qarabaš qo‘shma so‘zi bilan atalgan (III,241). Ushbu leksema Yusuf Xos Hojib pandnomasida, Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy”, Mahmud ibn Аs-Saroyining “Nahj ul-farodis”, Qutbning “Xusrav va Shirin” asari tilida uchraydi. O‘rta Osiyo tafsiri , “Аt-tuhfa”, Аbu Hayyonning “Kitob ul-idrok” risolasidan ham o‘rin olgan. Lekin “Qisasi Rabg‘uziy” va keyingi nomlari zikr etilgan manbalarda qarabaš//qaravaš istilohi faqat “cho‘ri, joriya” larga nisbatan ishlatilgan. Demak, XI asrda umummaʼnoni anglatgan leksema XIV asrga kelib differensiallashgan va ayol jinsli shaxslarnigina ifodalagan. Erkak jinsli, erkinligi o‘zida bo‘lmagan shaxslarning qul leksemasi bilan ifodalanganligi “Devon”da aks etgan (I,324). Ushbu leksema, shuningdek, “keksalar”ni ham bildirgan (I,387). Bu leksemaning antonimi bo‘lmish yuqorida keltirilgan maʼnodoshlik qatoridan kűƞ “cho‘ri” leksemasi ham joy egallagan. Ilk bor Kultegin bitigtoshida ishlatilgan bu tub so‘z o‘z antonimi qul bilan sintagmatik munosabatga kirgan va qul kűƞ juft so‘zi sifatida “qullar va cho‘rilar” maʼnosini kasb etgan (DTS, 328). Qul va kűƞ leksemalari keyingi davr obidalari, xususan, XIV 357 asr Xorazm manbalari (SUYa, I, 645) va “Qisasi Rabg‘uziy” so‘z boyligida (226v7) ancha faol qo‘llangan. Eski o‘zbek tili obidalarida kűƞ leksemasi isteʼmoldan chiqqan. “Devon” matnida “qul qiz, sotib olingan qiz” maʼnosi qačač leksemasi bilan anglashilgan (II, 328). Lug‘at muallifining yozishicha, Xitoy (Chin) gazlamasi ham ayni shu leksik birlik bilan nomlangan. Bizningcha, xitoy gazlamasi hisobiga ayirbosh qilingan qizlarning qačač deb atalishi shu jarayonning mahsuli bo‘lgan. “Devon”ning leksik tarkibida “cho‘ri, joriya” maʼnosining birlamchi semasi “chil go‘za, yong‘oq” bo‘lgan qusïq leksemasi yordamida ham anglashilgani aytib o‘tilgan (I, 364). Fikrimizcha, bu so‘z “rangini yo‘qotmoq, oqarmoq, rangsizlanmoq”semasini ifodalagan qus- feʼlidan yasalgan bo‘lishi mumkin (DTS,470). Lug‘atdan, shuningdek, ayol jinsli shaxslarni ifodalovchi leksemalar paradigmasida qarindoshlik belgisi bilan ajralib turuvchi birliklar ham o‘rin olgan. Bular jumlasiga quyidagi so‘zlarni kiritish o‘rinli. “Opa (mendan katta)” maʼnosi asosan ezä leksemasi yordamida ifodalangan (I, 116). Qadimgi turkiy til va boshqa eski turkiy til manbalari matnida bu so‘z mavjud emas. Ushbu so‘z anglatgan maʼno shuningdek, “xola” semasini ifodalagan ekä leksemasi bilan ham anglashilgan (I,116). Mazkur leksik birlik dastlab Turfon matnlari, Enasoy obidalaridan biri hamda “Oltun yoruq”da qo‘llangan (DTS, 167). Ushbu leksema asosida “opa demoq, opa deb yuritmoq” maʼnosini bildiruvchi ekälä= feʼli shakllangan (I, 302). Tahlil etilayotgan leksemaning ziddi, yaʼni “aka” maʼnosini ifodalagan aqa so‘zi “Devon”dan o‘rin olmagan. Bu so‘zning ilk bor qo‘llanishi qadimgi turkiy til davriga to‘g‘ri keladi (DTS,48). “Аka va ukalar” semasini ifodalashda Enasoy bitiglarida aqa ini juft so‘zidan foydalanilgan (DTS,48). Aqa leksemasining ağa fonetik shakli eski o‘zbek adabiy tili obidalari matnida o‘ta faollashgan va “aka” maʼnosini ifodalashda davom etgan: Yana Asadbek va Tahamtanbek edi bular ağa ini edilär (BN,238). Shu o‘rinda eski o‘zbek tili yodgorliklari, chunonchi, “Boburnoma” va Sharafuddin Аli Yazdiy qalamiga mansub “Zafarnoma”ning Muhammad Аli al-Buxoriy tomonidan eski o‘zbek tiliga qilingan tarjimasi matnida ağa leksemasining hukmdor ahli ayoli yoki ayol qarindoshlariga nisbatan ham qo‘llanganini e’tirof etish lozim: Yana bir Fátima Sultán ağa edi (BN, 69); Hazrat sáhibqiránnïƞ harami muhtarami Dilšád ağa vafát boldï (ZN,86a). Ko‘pgina ayollar nomi tarkibida mazkur tub so‘z o‘z ifodasini topganligining shohidi bo‘lamiz: Yana biri Ağa Sultán edi (BN,659). “Yosh jihatdan aka, opadan kichik qiz (ayol)” sememasi siƞil qarindoshlik istilohi bilan anglashilgan. Mahmud Koshg‘ariy ayni istilohning “erning (kichik) singlisi” maʼnosida ishlatilishini eʼtirof etadi (III, 13). “Oltin yoruq”da bu leksema “kichik qarindoshlar” maʼnosini ifodalagan (DTS, 500). Demak, VII-X asrlarda qarindoshlarning muayyan qismini anglatishga xizmat qilgan bu istiloh XI asrdan differensial maʼnoni ifodalashga bo‘ysundirilgan. Ushbu leksemaning antonimi hisoblanmish ini so‘zi garchi “Devon”da mavjud bo‘lmasa-da, uning ilk bor ishlatilishi Kultegin bitigtoshi, Turfon matnlari va Enasoy manbalari tilida ko‘zga tashlanadi (DTS, 210-211). “Аka-ukalar” maʼnosi qadimgi turkiy tilda ini eči juft so‘zi bilan ham ifodalanib, yuqorida zikr etilgan aqa ini juft so‘zi bilan maʼnodoshlik qatorini yuzaga keltirgan. Turkiy xalqlar tilida farzandning qachon tavallud topganiga qarab, uni nomlashga alohida diqqat qaratilgan. Bu hodisa hozirgi turkiy tillar, xususan, o‘zbek tilida hamon o‘z dolzarbligini yuqotmagan. Masalan, tonğič (o‘g‘il, qiz), orta, kenja so‘zlari yordamida oiladagi farzandlarning yosh jihatdan tafovuti, yaʼni bolaning oldin-keyin dunyoga kelganligini aniqlashda qiyinchilik tug‘dirmaydi. “Devon”da “to‘ng‘ich, birinchi” maʼnosi ton ( DTS,586: tun) so‘zi bilan ifodalanadi. “To‘ng‘ich bola, o‘g‘il” maʼnosi ton oğul (III, 151), “to‘ng‘ich qiz” semasi esa ton qïz birikmalari yordamida anglashilgan (III,151). “Birinchi er, ko‘z ochib ko‘rgan” maʼnosini anglatishda ton beg birikmasidan foydalanilgan (III, 151). “Xotinning singlisi” “Devon” tilida baldïz leksemasi bilan ifodalangan (I, 426). “Oltun yoruq”da bu leksema baltïr tarzida qo‘llangan va “singil” hamda “kelin” maʼnolarini ifodalagan (DTS,81). Ushbu qarindoshlik istilohi ayni maʼnoda (“qayin singil”) qator turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tili lug‘at tarkibida qo‘llanishda davom etimoqda (O‘TIL, I,129). 358 “O‘gay o‘g‘il” maʼnosini anglatishda ajdodlar baldïr oğul birikmasidan istifoda etishgan (I,425). Baldïr so‘zining asl maʼnosi “erta, oldin” bo‘lgan (I,425). O‘gay o‘g‘ilning ota yoki onasi ikkinchi oila qurganga qadar mavjudligi uni yuqoridagidek nomlashga asos bo‘lgan. Аyni shunday mulohazani “o‘gay qiz” maʼnosidagi baldïr qïz (I,425) birikmasi (oldingi leksemaning antonimi) to‘g‘risida ham bildirish o‘rinli. Xullas, Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida ayol jinsini ifodalovchi leksemalar son jihatdan salmoqli bo‘lib, ular aksariyat tub turkiy so‘z va birikmalardan tashkil topgan. Bu leksemalarning muayyan qismi faqat “Devon” so‘z boyligiga oid, baʼzilari boshqa manbalarda ham qo‘llangan. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling