Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet265/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

urï keldűrmiščä bolur “Kechasi bulut qizil tusli bo‘lsa, xotin (ayol) o‘g‘il tug‘ishi mumkin” (I, 
252). Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig”da har ikki fonetik shaklni ishlatgan (DTS, 190). 
Qadimgi turkiy til obidalarida bu leksema qo‘llanmagan. 
“Yaqinda erga chiqqan, yosh xotin” maʼnosining quźuz leksemasi yordamida 
anglashilishi Mahmud Koshg‘ariy tomonidan eʼtirof etilgan (I,346). Qadimgi turkiy tilda quduz 
shaklida qo‘llangan bu leksema (DTS,463) o‘zga manbalarda ko‘zga tashlanmaydi. 
“Kelin” maʼnosi kel- feʼliga -(i)n qo‘shimchasini qo‘shishdan hosil qilingan kelin yasamasi bilan 
anglashilgan: yűvűzlűg kelin kűźägű yavačï bulur “Qalinli kelin yuvosh, muloyim kuyovni 
topadi” (III, 12). Bugungi kunda ham jonli so‘zlashuv, ham adabiy tilda faol ishlatiluvchi ushbu 
leksema dastlab Turfon matnlarida aks etgan. U Yusuf Xos Hojib pandnomasida ham 
qo‘llanishda bo‘lgan (DTS, 296). Kultegin bitigtoshida bu so‘z keliƞűn fonetik shaklda ifodasini 
topgan (DTS, 296). Mahmud Koshg‘ariy lug‘atidan yuqorida keltirilgan ashyoviy materialdan 
kelin leksemasining erkak jinsli kűźägű “kuyov” so‘ziga antonim ekanligi, ayni chog‘da, har 
ikki so‘zning “qarindosh, urug‘” arxisemali leksemalar paradigmasida ishtirok etishini qayd etish 
kerak bo‘ladi. Kelin leksemasi lug‘atda, shuningdek, egätlik so‘zi bilan sinonimlik qatorni 
shakllantirgan (I,167). Keyingi leksemaning egät motivlangan so‘zidan hosil bo‘lganligi 
shubhasiz. Egät o‘z navbatida, eg= “egmoq, buysundirmoq” feʼlidan -(ä)t affiksi ishtiroki bilan 
yasalgan va “nikoh kechasi kelinga xizmat qiluvchi yanga” maʼnosini ifodalagan (I,85). Mazkur 
derivat asosida “oqsoch, joriyani qo‘shib jo‘natmoq” egätlä= (I,293) hamda “xizmatchili 
bo‘lmoq, xizmatchi, joriyaga ega bo‘lmoq”ma’nosini anglatuvchi egätlän= feʼllari yuzaga 
kelgan va ular faqat Mahmud Koshg‘ariy lug‘atida aks etganligi bilan xarakterlidir. Egätlik 
yasamasi “xizmatchisi bor, xizmatchiga ega” maʼnosida ham ishlatilgan (I, 167). Mazkur yasama 
ayni semasi orqali “joriya, cho‘ri” maʼnosini anglatuvchi qarabaš qo‘shma so‘zi bilan birikib, 
egätlik qarabaš juft so‘zini voqelantirgan hamda “yanga, nikoh kechasi kelin va kuyovga xizmat 
qiladigan shaxs” maʼnosini bildirgan. “Devon”da berilgan izoh va maʼlumotlarga suyangan 
holda, Mahmud Koshg‘ariy davri turkiy xalqlar turmushida kelin va kuyovning nikoh kechasida 
ularga xizmat qiluvchi shaxslar joriya, cho‘rilardan bo‘lgan, degan xulosaga kelish mumkin. 
Keyingi davr manbalarida egätlik so‘zi o‘z o‘rnini avurta va yäƞä leksemalariga bo‘shatib 
bergan. 
 
Avurta leksemasi “Devon”da “doya, enaga” maʼnosini ifodalagan (II,168). “Qutadg‘u 
bilig” da bu leksema ayni maʼnoda ishlatilgan. So‘zning ushbu fonetik shakli ilk marta Moniy 
yodgorliklari tilida (DTS,71), avïrta shakli Turfon matnlarida (DTS,70), avurta fonetik formasi 
“Qutadg‘u bilig” da ishlatilgan (DTS,374). Qayd etilgan fonetik shakllardagi so‘zlar 
“yo‘naltirmoq, to‘g‘rilamoq” maʼnosini anglatuvchi avïr=//evir= feʼlidan yasalgan. 
Yäƞä leksemasi “yanga, katta akaning xotini” sememasini ifodalagan (III,390). “Qutadg‘u bilig” 
da bu so‘z mavjud emas. Dastlab Turfon matnlarida qayd etilganligi bilan xarakterlanadi. 
Keyingi davr obidalarida faol ishlatilgan. Bizning kunimizgacha saqlanib qolgan. 
“Farzandi bor, bolali” maʼnosini ifodalash vazifasi qadimdan ana leksemasining zimmasida 
bo‘lgan: kenč anasïn emdi “Bola (chaqaloq) onasini emdi” (I,181). Mahmud Koshg‘ariy o‘g‘uz 
tili vakillari qayd etilgan sememani aba (I,113), qarluq va turkmanlar apa so‘zlari bilan 
ifodalashlarini taʼkidlaydi (I,113). Аyni chog‘da, tubutlar tilida o‘g‘uzlar tilidagi aba 
leksemasining shakldosh(omonim)i mavjud bo‘lgan va u qarama-qarshi “ota” maʼnosini 
anglatgan (I,113). Shu o‘rinda, Toshkent shahri shevasi vakillarining aksariyati hozirgi kunda 
ham onaga nisbatan opa leksemasini faol ishlatishini taʼkidlash o‘zini oqlaydi, deb hisoblaymiz. 
Tahlil etilayotgan leksik birliklar guruhi ichida ijtimoiy kelib chiqishi nuqtai nazaridan o‘zaro 
farqlanuvchi leksemalar ham aksini topgan. Feodal jamiyatidagi sinfiy tabaqalanish, ijtimoiy 
tafovut, tabiiy, ularni shakllantiruvchi jamoa aʼzolarini atashda ham ifodasini topgan. 


355 
Ushbu ijtimoiy-sinfiy tafovut Mahmud Koshg‘ariy tomonidan sinchkovlik bilan kuzatilgan va 
lug‘atning alohida o‘rinlarida ashyoviy misollar yordamida ifodalangan. 
Hukmdor (qağan, xan, elig)ning zavjasi, jufti haloli saltanatda ulkan mavqega ega 
bo‘lgan. U malika sifatida nafaqat xonzoda, tegin(taxt voris)larni tarbiyalash, o‘qitish, voyaga 
yetkazish, bilimdon qilish, saroy ishlarini nazorat qilish, balki zarur paytlarda qurultoylarda 
ishtirok etish, hukmdor harbiy safarga chiqqan kezlarda mamlakatni boshqarish ishlari bilan 
shug‘ullanish, xorij elchilarini qabul qilish kabi vazifalar bilan ham mashg‘ul bo‘lgan. Buning 
yorqin misoli sifatida Turkan (Tarkan) xotun, Saroymulk xonim, Gavharshod begim, Esandavlat 
begim, Gulbadan begim kabi malikalar nomini eslab o‘tish kifoya. 
Maʼlumki, qadimgi turkiy tilda “malika, xoqonning zavjasi” maʼnosi qatun leksemasi 
bilan ifodalangan (DTS, 436). Leksemaning ushbu fonetik shakli Mahmud Koshg‘ariy davrida 
ham isteʼmolda qolganligi (I, 388), uning asosida qatunlan=: urağut qatunlandï “Аyol kishi 
xonim (malika)larga o‘xshadi” (III, 223) feʼlining hosil qilingani mazkur o‘zlashmaning turkiy 
xalqlar tilidan mustahkam o‘rin egallaganini dalillaydi. Keyingi davr obidalarida bo‘g‘in 
boshidagi q undoshining x undoshiga o‘tishi bois leksema xatun shaklini olgan. 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling