Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
čarladï so‘zi bilan birga uning čuğladï shakli ham qo‘llanilganligini ta'kidlab o‘tadi
(ДЛТ,III,310). Leksema “O‘g‘uznoma” dostonida “chorlamoq, chaqirmoq” tushunchasini 361 anglatgan: Аqаlаrnï inilärni čarlap keltürdi – U aka va ukalarini chaqirdi (ДТС,141). Rabg‘uziy asarida mazkur fe'l monosemantlikka qarab siljiydi va asosan “qichqirmoq, baqirmoq” semasini bildirgan: Qačan tuğsa bu xorus čaqïrur аnïŋ ünin ešitip iki miŋ хоrus čarlar, аndа bu хаlāyiq аŋа sajdа qïlurlar (141v5). Bu o‘rinda leksema qïčqïr- fe'li bilan ma'nodoshlik qatorini yuzaga keltirgan: İblis bildi kim sözin tiŋlämäs, säkrädi bir qïčqïrdï sïğïr ürkti, qačtï (128v11). Urun- fe'li birinchi marta “Qutadg‘u bilig” dostonida “yopishmoq, surkalmoq, pinjiga kirmoq” ma'nosini ifodalagan: Bağïrsaqnï bilsä baqïrqa urun – Agar mehribon topsang, uning pinjiga kir (ДТС,615). Mahmud Koshg‘ariy lug‘atida uning a) “o‘ramoq”; b) “umidsizlanmoq”; v) “qo‘zg‘almoq, tarang bo‘lmoq” semalari uchraydi: Er suwluq urundï – Er kishi boshiga salla o‘radi; Оl özin urundï – U umidsizlikka tushdi (I,209-210). Tekshirilayotgan yodnomada fe'lning “o‘ramoq” semasi bilan birga, yangi “kiymoq” ma'nosini ham ko‘rish mumkin. Yašmaq bašïğa urundïlar (29v12); Rasul аlаyhissаlām ewgä kirdi, iki yarïq kizdi, yašïq urundï yalğïz аtlandï (225r9). Bu o‘rinda fe'l kiy- so‘ziga sinonim tarzida ishlatilgan: Yusuf taxt üzä оlturur bašïnğa tāj kiyip (89v16). Ma'lum bo‘ladiki, leksemaning ilk va boshqa hosila ma'nolari iste'moldan chiqib ketgan. Natijada XIV asrga kelib, “o‘ramoq” denotativ ma'no kasb etgan. “Tomchi yoki zarra holatida havodan uzluksiz tushib turmoq” ma'nosiga ega yağ- fe'li dastavval Urxun-yenisey bitigtoshlarida ko‘zga tashlanadi: ...Qarа bulut yorïdï qamïğ üzä yağdï – Qaro bulut qopladi, hamma joyga yomg‘ir yog‘di (ДТС,223). Mahmud Koshg‘ariyning lug‘atida ushbu fe'l ayni ma'nosini saqlash bilan birga, yangi “tushmoq”; “kelmoq” (ДЛТ,III,68), “yog‘ilmoq” (ko‘chma) ma'nolarini ifodalash uchun xizmat qilgan (ДТС,224). Qissa leksikasida so‘zning dastlabki ikkita semasi ishlatilib, qolgan hosila ma'nolari uchramaydi: Yağdï yağmur esdi yellär аstïn üstin аltï ay (22v14); Тünlä šakar yağar оn kün yegüčä terärlär (118v8). Bu o‘rinda leksema tüš- fe'liga sinonim tarzida qo‘llangan: Suwdïn kečärdä аltunnï suwğа tüšürdi (164r4). Аč- fe'li qadimgi turkiy til yodnomalari hamda X1 asr manbalarida “ochmoq”, “tarqatmoq”, “bo‘shatmoq, yechmoq”, “yo‘l ochmoq”, “bosmoq, egallamoq”, “hal etmoq”, “suv sepmoq”, “ishonmoq” (ДТС,3) semalarida ishlatilgan. «Tafsir» da leksemaning «ochmoq»: Аli qabuğ аčdï (27,16); «bosmoq, egallamoq»: Qaydа šaharlär bar ärsä аčdï (50,5) ma'nolariga duch kelamiz. Ushbu so‘z qissa lug‘at tarkibida quyidagicha ma'no kasb etgan: 1) “yo‘lni to‘sib turgan narsani bir tomonga surib, ko‘tarib qo‘yib, kirish yoki chiqishga imkon tug‘dirmoq”: Urağut ešik ačtï ikägü kirdilär (134r15); 2) “og‘zini berkitib turgan tiqin, qopqoqni sug‘urib olmoq”: Аydï bir uluğ čanaq kördüm tolа suw ağzï örtüglüg аnï аldïm аğzïn аčtïm (217v13); 3) “o‘rab, qoplab turgan narsadan xalos bo‘lmoq”: Hadiča aydï: аndïn bildimkim keldi tegäniŋdä bašïmnï ačdïm ketti tediŋ, bildimkim farišna turur (194r2); 4) “ko‘tarmoq yoki olib tashlamoq”: Yeti yer hijābïn аčdï Маvlāmiz аŋа (37v13); 5) “to‘siqni olib tashlamoq, yurish uchun imkon bermoq”: Yignä yürtükinčä yeldin Ādiylarğа yol ačïp (29r9); 6) “yozmoq, yoymoq, kermoq”: Ul qağaznï аčïp körsälär bu kalima bitiglig bolğay (53r15); 7) “fosh qilmoq”: Ма’lum boldïkim kimniŋ аybïn аčsа ul yana ul aybğa mubtalā bolur ermiš (26r16); 8) “ro‘zani ochmoq”: Kündüz roza tuttïlar ağïz ačğu vaqt bolsa, jadiy аtlïğ kök оt keltürdilär, аğïz аčtïlar (170r17); 9) “kishi bilishga qiziqqan noma'lum voqea, hodisalarni go‘yo oldindan aytib berishga urinmoq, fol ochmoq”: Мunï yaxšïmu qïldïm, yawuzmu qïldïm biläyin tep, Мushab аldï fāl аčtï (248v14); 10) “tuzalmoq, o‘ziga kelmoq, kasaldan ko‘zini ochmoq”: Üč kündin sоŋ terisi küčländi, közin аčtï (165r5); 11) turg‘un birikma tarkibida kelib, “bir lahzada, bir zumda” ma'nosini anglatadi: Мikāil qanatï birlä köz yumup аčğunčа оn yïğačlïq yergä eltib qoδdï (61r7); 362 12) “oshkor qilmoq”: Маvlā tа’аlā ilm-u hikmat birlä yalawačlïq qamuğïn Sulaymānğа аčа berdi (138r19). Turfon matnlari, “Oltun yorug‘” yodgorligi va X1 asr obidalarida čal- fe'lining “urmoq”, “tashlamoq” (ko‘chma ma'noda) ma'nolari aks etganligini “Qadimgi turkiy lug‘at”dan bilib olish mumkin (ДТС,137). Qutbning “Xusrav va Shirin” dostonida “tashlamoq” (XIII, 95а18), “musiqa asbobida kuy ijro etmoq” (101a21) ma'nolari qayd etilgan. Tekshirilayotgan qissada mazkur fe'lning 1) “urmoq”: Bïčaqnï tašğa čaldï yïğlayu āğāz qïldï (51r8); 2) “tashlamoq”: Тäŋri farmānï birlä Qābilnïŋ аδаqïn tutup yeti yolï mašriqdïn mağribğа tegi öwürdi yergä čaldï (17v16); 3) “yiqitmoq”: Qačan аtаlаrï közindin аyrïldïlar ersä Yusufnï yergä čaldïlar (69v6); 4) “musiqa asbobida kuy ijro etmoq”: Аbujahl аydï: qopuŋ Badr quδuğïğа barïp zuvnï аlаlïŋ, хаmr ičäliŋ, nay čalalïŋ... (221r15); 5) “yo‘ldan urmoq”: Rasul aydï: telbä ermäsmen, div pari čalmadï, māl qaδğusï yoq (203а10) semalari mavjud. Kezi kelganda, ta'kidlash joizki, leksema dastlabki uchta ma'nosi orqali ur-, tašla-, yïq- fe'llari bilan sinonimik qatorni yuzaga keltirgan: Yusuf аydï: bizniŋ törämizdä оğrïnïŋ ilin kesmäk, bergä urmaq, māl аlmaq turur (97r19); Jabrāil tepdi ersä qïrа suwğa tegi indi taš tašladï (61r16); Оğlanğa аydï: men sïğïrčï men sïğïr minip kelürdä sïğïr meni yïqïp qačtï (128v7). Darhaqiqat, har bir so‘z dastlab muayyan ma'noni ifodalaydi. Keyinchalik tarixiy taraqqiyot, fan-texnikaning takomillashuvi, semantik ko‘chish natijasida qo‘shimcha yangi semalar kasb etib, iste'mol doirasi kengayib boradi. Binobarin, ko‘p ma'nolilik til rivojida katta o‘rin tutib, uning lug‘at tarkibining boyishiga ulkan hissa qo‘shadi. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling