II. Hankuk Chet tillari universitetidagi oʻzbek tili boʻyicha darsliklar
Hankuk Chet tillari universitetida “Boshlangʻich oʻzbek tili” fani Hankuk Chet tillari
universitetining professorlari ― Mashrabbekova Aziza va Li Ji In tomonidan yozilgan va 2019-
yilda nashr etilgan “Standart oʻzbek tili-A1” darsligi boʻyicha olib boriladi. Bu darslik koreys
tilida so‘zlovchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, til bilish qobiliyati: o‘qish va yozish, tinglash va
so‘zlashish ― barchasini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, yuqoridagi mualliflar
tomonidan yaratilgan va yuqori kurs talabalari uchun moʻljallangan “Standart o‘zbek tili-A2”,
“Standart o‘zbek tili-B1”, “Standart o‘zbek tili-B2” kabi darsliklar ham mavjud boʻlib, ular
koreys talabalarining oʻzbek tilini bir tizim asosida oʻrganishini taʼminlaydi. Bundan tashqari,
ingliz tilidagi IELTS yoki koreys tilidagi TOPIK singari o‘zbek tili bilim darajasini baholovchi
FLEX imtihoni Hanguk Chet tillari universiteti tomonidan har yili o‘tkazib kelinmoqda.
III. Tadqiqot natijalari
Janubiy Koreyaning Hankuk Chet tillari universitetidagi o‘zbek tilini o‘rganuvchi koreys
talabalari o‘zbek tilini o‘rganishda quyidagi [1-jadval]da keltirilgani kabi ikki muammoga duch
kelishi kuzatildi. Birinchisi, fonetik muammo bo‘lib, bu koreys tilidan farq qiluvchi o‘zbek
tilining talaffuz tizimi va boʻgʻin tuzilishi oqibatida yuzaga kelishi aniqlandi. Ikkinchisi,
grammatik muammo bo‘lib, bunday muammo, asosan, egalik va kelishik qo‘shimchalarini
qo‘llashda yuzaga kelishi aniqlandi.
[1-jadval]. Koreys tilida soʻzlashuvchilarning oʻzbek tilini oʻrganishidagi muammolar
Tasnif
Mazmun
1
Fonetik muammo
1. Tovush talaffuzi
2. Bo‘g‘in tuzilishi
2
Grammatik muammo
1. Kelishik qo‘shimchalari
2. Egalik qo‘shimchalari
1. Fonetik muammo
1) Tovush talaffuzi
Ona tilisi koreys tili boʻlgan soʻzlovchilarda oʻzbek tilini oʻrganish jarayonining dastlabki
bosqichida koreys tilida mavjud boʻlmagan q, gʻ, j (dj: jirafa, jurnal), f, x kabi harflarni talaffuz
qilishda qiyinchilikka duch kelishi kuzatildi. Koʻpchilik koreys talabalari o‘zbek tilidagi “f”
tovushini “ㅍ[px]”, “z” tovushini esa “ㅈ[j: jo‘ja]” deb talaffuz qilib, ayniqsa, q, g‘, qattiq “x”
tovushlarining talaffuzi ular uchun eng qiyinligi aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |