Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
TIL TA’LIMIDA SO‘ZNING O‘RNI THE ROLE OF THE WORD IN LANGUAGE EDUCATION Yusupova Shohidaxon Jaloliddinovna Annotation. This article discusses the understanding of the word, feeling it, the ability to speak, and etiquette. Also, the study of the place of the word in the development of thought and speech and the interpretation of its essence from a methodological point of view are given. Examples of the fact that the word is a reality that shows the worldview of the creator of speech are given. Key words: teaching, pedagogy, listening comprehension, reading comprehension, linguistic competence, speech competence. Har bir shaxsning yetukligi, millatning madaniyat darajasi uning so‘zi, tili orqali namoyon bo‘ladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ham “Ona tilimiz – milliy ma’naviyatimizning bitmas-tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir”[1.] degan fikrlari tilning nechog‘li ahamiyatli ekanligini yana bir bor eslatadi. Mamlakatimizda barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar jarayoni tildan nafaqat nazariy, balki amaliy foydalanish samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning muayyan nutqiy vaziyat, sharoit hamda ijtimoiy muhitda undan oqilona foydalanish malakalarini oshirishga xizmat qilmog‘i lozim. Buning uchun ona tili o‘qitishni yanada takomillashtirish va kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan o‘qitish tizimini joriy etish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Hozirgi kunda ona tiliga e’tiborni qaratish ta’limning bosh vazifasi ekan, buning uchun ta’lim oluvchilardan kerakli kompetensiyalarga ega bo‘lishlari talab etiladi. Bunday talabni amalga oshirish, albatta, so‘z orqali, uni mukammal bilish, his qilish orqali amalga oshiriladi. So‘zni anglagan, uni his qila olgan kishida so‘zlash qobiliyati, muomala odobi mukammal bo‘ladi. Bunday muomala odobi esa kishilar orasida munosabat o‘rnatish, o‘quvchi bilan Andijon davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori, ped.fan. doktori 338 o‘qituvchi, o‘quvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi kelishuvchanlikni o‘rganish har bir fan oldida turgan eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Chunki o‘quvchining yetakchi faoliyatlaridan bo‘lgan muloqot va u orqali o‘zaro munosabatlar, tahlillar, do‘stona munosabat, bilish va tasavvur uyg‘otish kabi sifatlar paydo bo‘ladi. Zero,“Muomala shaxslararo munosabatlarning shunday ko‘rinishidirki, uning yordamida odamlar o‘zaro psixik jihatdan aloqaga kirishadilar, o‘zaro axborot almashinadilar, ta’sir o‘tkazadilar, ta’sirlanadilar, idrok etadilar, tushunish va baholash jarayonlarini kechiradilar. Shuning uchun muomala ijtimoiy psixologik hodisa, ijtimoiy kategoriya sifatida ijtimoiy turmushning barcha sohalarida bevosita ishtirok etib, hamkorlik faoliyatining moddiy, ma’naviy, emotsional, kognitiv, motivatsion, regulyativ qirralarini aks ettiruvchi obyektiv va subyektiv ehtiyoj sifatida vujudga keladi, ijtimoiylashuvning asosiy omili, negizi vazifasini bajaradi”. [2.] Albatta, shaxslararo munosabatlarda, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi so‘zlash va tinglash muomala jarayonida asosiy qurol bo‘la oladi. Muloqotning samaradorligi ikki shaxsning bir- birlariga mosligiga bog‘liq. Aytish lozimki, muomala yoki muloqotda mantiqan asoslangan so‘zlardan foydalaniladi, ta’sirchan so‘zlashga imkoniyat yaratiladi. Demak, muomala va muloqot vositasi so‘z bo‘lib, u orqali ta’lim beriladi, tarbiya amalga oshadi. Shunday ekan, so‘z o‘zi nima, degan savolga javob berishimiz zarur bo‘ladi. So‘z qanday struktural elementlardan iborat bo‘ladi? Bu haqda A.Hojiyev so‘zga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’rif bermasa ham, uning tarkibida ikki element mavjudligini ko‘rsatadi va “Ma’lum bo‘ladiki, har qanday so‘z shakl va ma’no butunligiga ega bo‘ladi. So‘zning fonetik shakli uning ma’nosini reallashtiradi. Boshqacha aytganda, tovush yoki tovushlar kompleksida ma’lum ma’no reallashsagina, uni so‘z deb atash mumkin”, -deydi. [3.] So‘z badiiy tafakkur mahsuli sifatida u vaqtlar o‘tishi bilan o‘zining shaklini o‘zgartirib turadi. So‘zda fikr bilan hissiylik uyg‘un bo‘lgani uchun u kishiga tez ta’sir etadi va uning qalbidan mustahkam o‘rin egallaydi. Ehtirosli so‘z-fikr o‘quvchining ko‘z o‘ngida hayotiy bir jarayon tarzini yuzaga keltiradi. So‘zdagi kechinmani tashkil etuvchi ehtirosli fikr uning ta’siri kuchli bo‘lganligi uchun ham so‘zning tafakkur va nutq o‘stirishdagi o‘rnini o‘rganish va uning mohiyatini metodik nuqtai nazardan talqin etish foydadan holi emas. So‘z yordamida shakllangan nutq o‘quvchining qalb qiyofasini hamda o‘zgalar kechinmasini ham o‘zida aks ettiradi. So‘z vositasida ifodalanayotgan voqelik hodisa emas, balki nutq ijodkorining dunyoqarashini namoyon etuvchi voqelikdir. So‘z va leksema atamalari ko‘p hollarda aralash holda qo‘llanadi. Lekin ular bir-biridan farq qiladi. Leksema, semema va nomemalarni o‘zaro munosabatidan tashkil topgan butunlik sanalib, uning mazmuniy mundarijasi atash, ifoda va vazifaviy semalar munosabatidan iborat bo‘ladi. Har qanday leksema bu sema bo‘lib, unda "atash" semasi albatta ishtirok etadi. Shuning uchun bu sema leksemaning markaziy semasi, qolgan semalar esa chegara semalar hisoblanadi. Masalan, gapirmoq, do‘ng‘illamoq leksemalari bir xil atash semasiga ega bo‘lib, ifoda semasi bilan bir-biridan farq qiladi[4.] Ma’lumki, so‘z insonga bevosita kuzatishda berilmagan narsa va hodisalar haqida axborot bera oladi. Shuning uchun ham hayvonot faqat bir olamga- sezgi orqali his qilish mumkin bo‘lgan predmetlar olamiga ega bo‘lsa, inson ikki olamga -sezgi orqali his qiladigan olam bilan birga, so‘z orqali ifodalanadigan obrazlar, munosabat, sifatlar dunyosiga ega bo‘ladi[5.] Albatta, ona tili o‘qitish jarayonida so‘zning atash semasi bor-yo‘qligini o‘quvchilarga o‘rgatish asosiy masala. Bizning maqsadimiz so‘z va leksemalarga ta’rif berish emas, balki uning grammatik hamda uslubiy jihatlari haqida, nutq o‘stirishdagi o‘rni haqida fikr bildirishni lozim deb bilamiz. So‘zda o‘quvchining munosabati ham, his- tuyg‘ulari ham mujassam bo‘ladi. Inson qalbini inson tushungani uchun ham so‘z yordamida yaralgan asar abadiydir, agarda kishi dilidagi dardini, orzusini kuylagan bo‘lsa. Chunki har qanday odamni o‘zingga qaratishda, turmushingni qayta qurishda, atrofga ma’ni va go‘zallik nurlarini taratishda so‘zga teng keladigan boshqa qurol yo‘q! Sen o‘zingdan avval so‘zingni asra: u-gavhar, tejab ayt, joyini topib ayt, randalab, shibbalab ayt, har bir so‘zing bir uzukka ko‘z bo‘lsin! Sen avval o‘zingni 339 emas, so‘zingni kiyintir: odamlarning qulog‘ini og‘ritmasin, kayfiyatlariga botmasin! Maqsadga so‘z bilan yetishni orzu qildingmi, shunday aytki, so‘zingni havoday simirsinlar, gul hidlaganday vujudlari yayrasinlar. So‘zni chaynama, ming‘irlama, har bir harfni o‘z ohangi, rangi bilan tiniq talaffuz qil! Ovozing xunuk bo‘lsa, minbarga chiqma! Quvonchli so‘zni quvnab ayt! Xafa so‘zni hasrat bilan ayt! "Urg‘u" degan oltin tayoqcha bor, kerak so‘zni topib tegizsang, jumla jaranglab ketadi! Bu degani,gaping albatta, tinglovchining yuragiga yetadi! [6.] Ko‘rinib turibdiki, mazkur fikrda so‘z aytishga qaratilgan talablar: ohangdorlik, mantiqiylik, tejamkorlik, aniqlik kabi tamoyillar o‘z ifodasini topgan. Kaykovus o‘zining “Qobusnoma”sida so‘z va uning qadr-qimmati haqida muxtasar fikrlarni aytib o‘tgan edi. “Ey farzand, so‘zning yuz va orqa tomonini bilgil, ularga rioya qilg‘il, so‘zlaganingda ma’noli gapir, bu notiqlikning alomatidir. Agar gapirgan vaqtingda so‘zning har qanday ma’noga ega ekanini bilmasang, qushga o‘xshaysan, bunday qushni to‘ti deydilar.To‘ti ham so‘zlaydi, ammo so‘zning ma’nosini bilmaydi. Shunday kishini notiq (Suxango‘y) deymizki, uning har so‘zi xalqqa tushunarli bo‘lsin va xalqning har so‘zi unga ham ma’lum bo‘lsin. Bunday kishilar oqillar (aqllilar) qatoriga kiradi, bo‘lmasa inson shaklidagi hayvondir”. [7.] So‘z qo‘llash mahorati haqidagi fikrimizni shoira T.Sodiqova ijodi orqali tushuntirishga harakat qilamiz. O‘zbek abadiy tilini boyitishga,ona tilimizning badiiy imkoniyatlarini inson ma’naviyatini mukammal ifodalashga safarbar etishga muvaffaq bo‘lgan T.Sodiqova o‘z she’rlaridagi fikrlarni tilimiz imkoniyatlaridan unumli foydalanib bera olgan. Quyidagi parchaga e’tibor beraylik: Ul his to‘lar tomirlarimga, Ko‘zlarimga to‘lib boradir. Ko‘chirmasam agar she’rimga Naq bog‘imga o‘tday yonadir Ijodkor birinchi satrdagi "U" ko‘rsatish olmoshining tarixiy shakli "ul" dan foydalanib she’rda berilgan his oddiy tuyg‘u emas, balki azaldan muqaddas sanalib kelinayotgan his ekanligiga ishora qilmoqda. Olmoshdan go‘zal poetik shakl yaratgan, shoira o‘quvchi qalbini to‘lqinlantiribgina qolmay, o‘zligini anglashga qaratilgan ko‘hna tarix havosidan bahra oldirmoqda. Uchinchi misradagi shart mayli qo‘shimchasi "-sa" hamda shart bog‘lovchi "agar" birgalikda ishlatilsa,ijodkorning she’rdagi shiddatli holatini berish barobarida o‘quvchining diqqatini to‘lig‘icha she’rga qaratishga olib kelgan. Shuningdek, to‘rtinchi misradagi "naq" kuchaytiruv yuklamasining qo‘llanishiga e’tibor beradigan bo‘lsak, shoirning til imkoniyatlaridan foydalanish borasidagi mahoratiga yana bir bora qoyil qolamiz. Uchinchi satrda ifodalangan tezkor holatni to‘rtinchi misrada yanada shiddatli, to‘xtam bilmas xususiyat qilib tasvirlashda ijodkor kuchaytiruv yuklamasining boshqa turlaridan foydalanmay, aynan "naq" turini ishlatgan va o‘quvchining ham o‘zi bilan birgalikda o‘tday yonishiga, aytmasa bo‘lmaydigan holatga sola olgan va bunga erishgan. O‘quvchilar bilan she’rni yuqoridagidek tahlil etish, birinchidan, o‘quvchining til ilmi bo‘yicha olgan bilimlarini mustahkamlaydi, ikkinchidan, adabiyotga mehr uyg‘otadi,uchinchidan, so‘z sehrini tuyish hissi ortadi. Bilamizki, til va adabiyot darslarini uyg‘unlikda olib borish maqsad va vazifani to‘g‘ri belgilash imkonini beradi. Akademik L.V.Shcherba "insonning nutqiy faoliyati asosan ma’lum bir til tizimi qoidalariga tobe holda yuzaga keladigan nutq ijodkorligidir", deya ta’rif bergan edi. O‘quvchi ana shu nutq ijodkorligini o‘z so‘zi orqali voqelantiradi va har bir shaxs o‘zligini so‘z orqali namoyon etadi. She’riy nutq yaratish ijodkorning faqatgina ilhom onlaridagi kechinmalarigagina bog‘liq bo‘lmay, balki yozuvchidan tilga oid qonuniyatlarni ham bilishni taqozo etadi. Jumladan, T.Sodiqova bitayotgan har bir misrasiga yuksak mas’ullik hissi bilan qaraydi, kitobxon bilimiga bilim qo‘shishdan zavqlanadi., yozgan she’rlarini o‘quvchisi oson hazm qila olishini istaydi. O‘qituvchi o‘quvchilarning lirik qahramon va uning qo‘llanilishi haqidagi fikrlarini tinglagandan so‘ng, ularning fikrlariga tuzatishlar kiritadi va fikrlarni umumlashtiradi, boshqa 340 she’rlaridan ham misollar keltirib, T.Sodiqovaning o‘zigagina xos bo‘lgan uslub va lirik kahramon tavsifini beradi. Aytish joizki, til ta’limida she’riyatdan foydalanishning o‘ziga xos samarasi bor. So‘z ustida ishlashda, ilmiy va badiiy qarashlarning shakllanishida she’riy satrlar ibrat maktabi vazifasini o‘taydi. O‘zbekona lutf bilan aytilgan yuqoridagi she’rlar har bir pedagogga o‘z oldidagi vazifani, ya’ni bilim berishni muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi.So‘z yaratishda,matnda okkozional so‘zlardan foydalanish esa o‘quvchi nutqini rivojlantiradi, lug‘at boyligini oshiradi. O‘quvchilarning so‘z ustida ishlash, uni anglash qobiliyatlarini o‘stirish uchun ularga so‘z ustida ishlash topshiriq qilib beriladi. Bunday so‘zlarni topish, izlash davomida o‘quvchilar so‘zning lug‘aviy ma’nolarini aniqlaydilar hamda so‘zning grammatik ma’nolari ustida ishlaydilar. Ma’lumki, so‘z ustida ishlash katta san’at ekanligini o‘quvchilar-talabalarga yetkazish ularda nafosat tuyg‘usini shakllantirishga imkon beradi. So‘z va tovushlarni o‘z o‘rnida ishlata bilishlikda, til qonuniyatlari asosida tushuntirishda maqsad to‘g‘ri belgilanadi. Barchasmizga ma’lumki, so‘zning asosiy vazifasi axborot almashinuvidan iborat emas. Ya’ni so‘zlovchi so‘z aytish bilan o‘z maylini, munosabatini, noroziligini, hayratini, turli ruhiy tuyg‘ularini ifoda etadi. So‘z muloqot qiluvchilarning munosabatlarini harakatga keltiruvchi vosita hisoblanadi. Shu bois, uning qonun- qoidalariga amal kilish talab etiladi. Shuning uchun ham so‘zlash va undan nutqda qanday foydalanish yo‘llarini o‘quvchilarga tushuntirish, uning qonun- qoidalaridan ijtimoiy faoliyatda foydalana olish malaka va ko‘nikmalarini o‘rgatish foydadan holi emas. Nutq to‘g‘ri ta’minlanishi uchun kishida so‘zni bilish va uni ifoda etish qobiliyati kuchli bo‘lishi zaruriy masaladir. Aytish joizki, til o‘qitish metodikasiga Amerika sotsiolingvistikasida shakllangan so‘zlashish metodini (konversatsion tahlil- ing. sopuegeaiop- "so‘zlashish") olib kirish maqsadga muvofiqdir. Chunki so‘zlashuv ma’lum qonun- qoidalar asosiga bo‘yinsunmas ekan, u pala- partish holatga keladi, natijada tushunarsiz fikrlar paydo bo‘ladi. Fikr inson ongida shakllanadi hamda u so‘z shakliga kirib, muomala vositasida sifatida namoyon bo‘ladi. Atrofimizdagi voqea- hodisalarni idrok qilish tafakkur bilan bog‘liq jarayon hisoblanadi. Idrok qilishda esa ijodiy fikrlash muhim sanaladi. Fikrlashning qay darajada ekanligi so‘z orqali namoyon bo‘ladi . Ma’lumki, hozirda ta’limda pedagogik texnologiyalarni amalda qo‘llashga e’tibor kuchayib bormoqda. Chunki bunday texnologiyalarni joriy etish o‘quvchilarni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga, so‘z ma’nosini tahlil qilishga, hukm, xulosalarini keltirib chiqarishga o‘rgatadi. Bunday ta’lim shaxsning rivojlanishiga, bilim olishiga sharoit yaratadi. Nimani gapirish emas, balki qanday gapirish muhimdir. Ba’zan shunday gaplar qulog‘ingga chalinadi: men gapirishga uyalaman. Bunday gapirish albatta so‘z qashshoqligidan, fikrlashning torligidan dalolatdir. Zero, faylasuflar ta’kidlaganlaridek, “Miyalarida juda ko‘p fikrlar boru, ammo gapga chechan bo‘lmaganliklari uchun so‘zlay olmasliklarini ta’kidlaganlar hali o‘zlarini uncha anglay olmagan kishilardir.” (M. Monten) [8.] Zero, fikr inson ongida shakllanadi hamda u so‘z shakliga kirib, muomala vositasida sifatida namoyon bo‘ladi. Atrofimizdagi voqea- hodisalarni idrok qilish tafakkur bilan bog‘liq jarayon hisoblanadi. Fikrlashning qay darajada ekanligi so‘z orqali namoyon bo‘lar ekan, demak, so‘z va uning qudratini o‘quvchilarga singdirish foydadan holi emas. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling