Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

gal gap siznikida bo‘ladi. Gapdan-gap chiqib, Nodirmohbegim bir voqeani aytib berdi: 
–Bola edim. Rahmatli dadam gap yer edilar.Bir mehmonxona yigit… Mana shunaqa 
shamol kechasi ekan. “Hozir kim go‘ristonga borib, Asqarponsotning go‘riga pichoq sanchib 
keladi?”–degan gap bo‘libdi. Ushbu misolda yozuvchi ustalik bilan bir o‘rinda “gap” so‘zining 
ikkala shakldoshini ham qo‘llagan va o‘z badiiy maqsadiga erisha olgan. 
Yupqa I, II omoleksemalarini tahlil qilishga harakat qilamiz. “O`zbek tilining izohli 
lug`ati” da (1981) bir so`zning ma`nolari sifatida, ya`ni polisemik leksema sifatida qayd 
qilingan. “O`zbek tili omonimlarining izohli lug`ati”da (1984) esa omoleksemalar sifatida qayd 
etilgan. Matbuotda e`lon qilingan ayrim maqolalarda ham omoleksemalar sifatida talqin qilinadi. 
Yupqa I leksema sifat turkumiga mansub, biror predmet yoki voqea-hodisaga mansub
biror predmet yoki voqea-hodisaga xos bo`lgan belgini bildiradi. Yupqa II ot leksemasi kishilar 
iste`mol qiladigan taomning nomini anglatadi. Bu ikkala leksema uchun umumiy ma`no 
“ingichkalik”, “yupqalik”, “noziklik” kabilardur. Lekin bunday belgining darajalanishi ham 
nisbiydir. Masalan, yupqa – yupqaroq – juda yupqa. Bu o`rinda yupqa II ot leksemasi yupqa I 
sifat leksemasining bosh ma`nosi, ya`ni belgi ma`nosidan o`sib chiqqan. Chunki yupqa II, ya’ni 
taomni tayyorlash uchun xamir yupqa, ya’ni ingichka qilib yoyiladi. Aks holda bu taomni 
tayyorlash qiyin bo`ladi. Birinchi leksemaning ma`no taraqqiysi natijasida ikkinchi bir leksema 
paydo bo`lib, omonimiyani yuzaga chiqargan. Belgi semasidan predmet semasi o`sib chiqqan. 
Metonimiya asosida hosil bo`lgan narsa-buyum otlaridan yana biri “kir”. O‘TOILda bu 
omonim so`zga quyidagicha ta`rif beriladi: 
Kir I. sifat. Nopok, ifloslangan kirlangan. Kirlanmoq, kir bo‘lmoq, kir qilmoq. Kir ko‘ylak. 
Qo‘lim kir. 
Kir II. Nopoklik, ifloslik. Kirini ketkazmoq. Tirnoq ostidan kir qidirmoq. Ko‘nglida kiri 
yo‘q. “Pul nima – qo‘lning kiri. Ming so‘m emish… O‘n ming so‘mga kuchim yetadi!”. Hamid 
G`ulom. Binafsha atri. 
Kir III. ot. Ifloslangan yoki yuvilgan kiyim-kechak. Kirpech , kirxona, kir-chir. Kir 
chayqamoq. Kir yuvmoq. Kir dazmollamoq. Kir taxlamoq. Kir tokcha (eskirgan). Ovqatlarini 
o‘zlari pishirishdi, kir-chir, dazmollarga o‘zlari qarashdi. Hamid G‘ulom. Binafsha atri. … 


151 
eshiklari ochiq shkaf oldida turgan kampir sanitarka yuvib dazmollagan kirlarni taxlash bilan 
band edi. Hamid G`ulom. Binafsha atri. 
Kir IV. Fe’l. 1. Tashqi tomonidan ich tomonga harakatlanib o`tmoq,doxil bo`lmoq 
[входить]. Kirim, kirish. Hovliga kirmoq. Uyga kirmoq. Qo‘liga tikan kirdi. Qibray qishlog‘i 
guzaridan chapga burilinsa, yangi asfaltlangan torgina yo‘lga kiriladi. Hamid G‘ulom. Binafsha 
atri. 
2.Boshlanmoq [наступать, начинаться]. Qish kirdi. Kech kirdi.Uyquga kirdi. Kechikib 
kirgan qish endi kun sayin sovug`ini kuchaytira boshlagan edi. Oybek. Qutlug‘ qon. 
3.Yetmoq [достигать]. Qirqqa kirdi. Rahim bobo – sakson yoshga kirgan, … ko`zlari 
yoshiga yarasha ancha xiralashgan va tez-tez yoshlanib turadigan, xayoli parishonroq bir chol. 
Hamid G‘ulom. Binafsha atri. 
Ushbu omonimlardan kir III metonimiya asosida hosil bo`lgan: kir I dagi “ifloslik” 
semasidan “ shu ifloslik belgisiga ega bo‘lgan kiyim” semasi o‘sib chiqqan. 
Metonimiya orqali faoliyat-jarayon otlari ham hosil bo‘lishi mumkin. Bunday so‘zlar 
tilimizda ko‘plab uchraydi. 
“Kengash” so‘zini tahlil qilamiz: 
Kengash I. fe’l. Maslahatlashmoq. Uydagilar bilan kengashmoq. …rayon suv xo‘jalik 
bo‘limi, qo‘shni savxoz rahbarlari va yana qancha odamlarni topish, ular bilan kengashish, 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling