Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
Key words: mother tongue, foreign language, speech, phylogeny, coding, oral and writtin
speech, speech competence. Ona tilini o‘rganish osondek tuyuladi. Ammo til o‘rganish – murakkab psixologik jarayon. Bu borada mashhur rus psixologlari L.S.Vigotskiy, A.R.Luriya, tilshunos olimlar N.I.Jinkin, Yu.N.Karaulovlarning o‘z qarashlari bor. Jumladan, L.S.Vigotskiy “Tafakkur va nutq” kitobida bu masalani alohida ko‘rib chiqqan va bolaning til o‘zlashtirilishida ikkita muhim jarayonga e’tibor qaratgan. Birinchisi ona tilining filogenizi, ikkinchisi ilmiy tushunchalar tizimini shakllantirish jarayoni. Tarixiy taraqqiyot natijasida shakllangan til grammatik qoidalar asosida o‘zlashtiriladi. Chet tilini o‘rganayotgan o‘quvchi uni ona tili semantikasiga asoslaydi. Har bir leksik birliklar, grammatik qoidalar ham ona tili orqali qayta kodlanadi. Chet tilini o‘rganayotgan talabalardan so‘rovnoma olganimizda, ular og‘zaki nutqni o‘zlashtirish qiyinchilik tug‘dirishini ta’kidlaydi. Ya’ni grammatikadan ko‘ra gapirish, vaziyatlar bilan ishlash, tarjima qilish qiyinroq. Inson filogenizidagi til ongsiz o‘rganiladi va ongli o‘rganayotgan chet tili o‘sha ona tili asosida shakllangan tafakkurga ma’lum darajada tayanadi. Ikki til o‘rtasidagi farq chet tilini o‘rganishning qiyinchiligini keltirib chiqaradi. Shaxsda lingvistik kompetensiya shakllanishida poydevor bu nutq faoliyatidir. Nutqiy kompetensiya nutq turlaridan foydalanish qobiliyatini o‘z ichiga oladi. Bular tinglab tushunish, o‘qib tushunish, og‘zaki va yozma nutq hosil qilish, og‘zaki va yozma kodlarni o‘zlashtirish. Nutq yaratish uchun turtki doim ma’lum kommunikativ vazifalarni hal qilish uchun odamning og‘zaki muloqotga kirishishi zarurati hisoblanadi. Til o‘zlashtirishda birlamchi til ko‘nikmasi og‘zaki nutqdir. Og‘zaki nutqni o‘zlashtirish tabiiy kechadi. Nutq mexanizmlarining rivojlanishi bn bola tomonidan chiqarilgan tovushlar tobora murakkablashadi. Dastlab unlilar, lab undoshlari, bo‘g‘inlar keyin so‘z hosil qilinadi. Til o‘rganish ko‘p jihatdan insondagi genetik moyillikka ham bog‘liq. Chet tilini o‘rganayotgan o‘quvchida dastlab artikulyatsiya qobiliyati paydo bo‘ladi. So‘ng leksik birliklar o‘zlashtiriladi. O‘rganish lahzasi juda sekinlik bilan ko‘p vaqtda davom etadigan jarayondir. Sintaktik mahorat paydo bo‘lgandan so‘ng, oddiy sodda gaplar tuzish boshlanadi. O‘quvchida morfologik ko‘nikmalar paydo bo‘lgan vaqtdan boshlab, u ikki yoki undan ortiq ma’noni farqlay boshlaydi. Bu fonetik va leksik jihatlarga qaraganda ko‘proq vaqtni talab qiladi. Til o‘rganishda o‘sha tilning melodikasi uzoq vaqt davomida o‘zlashtiriladi. O‘quvchi qachonki chet tilida matn yaratish qobiliyatiga ega bo‘lsa, u matn belgisi bo‘lgan ohang, intonatsiya va ritmni tushunadi. Masalan, fransuz tilida unlilar uyg‘unligi kuzatilsa, rus nutqida undosh tovushlar ta’kidlanadi. Bu kabi xalqlar atay talaffuzini o‘zgartirmaydi, bu o‘sha xalqlar nutq oqimidagi sifatdir.[1] Til bilimining oshishida ona tili va chet tilida yozilgan matnlar bilan ishlashning alohida o‘rni bor. Bunda milliy mazmundagi matnlar o‘quvchi dunyoqarashining yangi qirrasi ochilishiga turtki bo‘ladi. Ya’ni o‘zi yashayotgan olamga yangicha nigoh bilan qaray boshlaydi. Xorijiy matnlardan o‘quvchi nafaqat mazmun, balki yangi so‘zlarni o‘rganish bilan bilimini oshiradi. Yangi olamning mohiyatini anglash asta-sekinlik bilan amalga oshadi. Matn mazmunini anglash uchun o‘quvchi, avvalo, matnni o‘qiydi yoki eshitadi. Qabul qilingan matnga nisbatan inson tafakkuri yordamida matn qaysi mavzuda yoritilganini anglaydi. Masalan, o‘rmon ToshDO‘TAU lingvistika yo‘nalishi 2-kurs magistranti nafisaarolova6@gmail.com 149 so‘zini o‘qishimiz bilan inson onggida uning tasviri chiziladi. Matn tarkibidagi gaplar izchil bog‘langanidek, o‘quvchi miyasida mazmunga mos tushunish chiziqlari harakatlanadi. Matnning qanday qismlardan tashkil topgani, hattoki uning ko‘rinishi tushunishga ta’sir qiladi. “Bir xasisdan: - Kimni eng dovyurak odam deb bilasan? – deb so‘rashsa, u: - Uyida odamlarning qasur-qusur qilib tomoq yeyayotgan tovushin eshitib, o‘takasi yorilmagan odamni, - deb javob beribdi.” Yuqoridagi “Dovyurak” hikoyasi 6-sinf o‘quvchilariga birinchi marta taqdim etilganda, ya’ni tinglab tushungandagi fikrlari bilan, o‘zlari o‘qib yozgan xulosalari bir-biridan farq qildi. Dastlabki topshiriqda o‘qquvchilarning 10%i hikoyaning ichki ma’nosini anglagan. So‘ng o‘zlariga hikoya matni berilganda ishtirokchilarning deyarli barchasi matn mazmunini to‘g‘ri tushungan. Ikkinchi tajribada o‘quvchilar matnga psixolingvistik yondashib, ma’noni anglagan. Xulosa qilganimizda, Lingvodidaktikada ikki yo‘nalish ajraladi. Birinchisi ona tili o‘qitish bo‘lib, unda tilga ilmiy tushunchalar tizimi sifatida qaraladi. O‘quvchi tilni qoidalar asosida o‘rganadi. Ikkinchisi chet tilini o‘qitish bo‘lib, bunda og‘zaki va yozma nutqni tushunish mexanizmlarini o‘zlashtirishga e’tibor qaratiladi. Til o‘zlashtirishda inson filogenezidagi nutq ustuvordir. Tilga belgilar tizimi sifatida qarash nutq amaliyoti uchun ikkinchi darajalidir. Til va nutq orasida oraliq nutq kodlari (og‘zaki va yozma) mavjud. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling