Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
Lingvodidaktika
1. Til ta’limining an’anaviy ko‘rinishi. Til ta’limining zamonaviy yo‘nalishi. 2. O‘qitishning an’anaviy usullariga tayanadi. O‘qitishning milliy asosi, zamonaviy metodlari va xorij tajribasiga tayanadi. 3. O‘quvchi ijrochi sifatida namoyon bo‘ladi. O‘quvchi mustaqil fikr sohibi sifatida o‘zligini namoyon qiladi. 4. Tilga o‘rganish obyekti sifatida munosabatda bo‘lingan. Tilga o‘rganish obyekti va qadriyat sifatida munosabatda bo‘linadi. 5. Til o‘zlashtirishning xilma-xil omillari e’tibordan chetda qolgan. Til o‘zlashtirishning ijtimoiy-sotsial, psixolingvistik omillari aniqlanadi. 6. Texnik imkoniyatlardan keng foydalanish imkoni bo‘lmagan. Texnik imkoniyatlar, kompyuter lingvistikasi, kompyuter lingvodidaktikasi imkoniyatlaridan, multimedia jamlanmalari va til oqitish dasturlaridan keng foydalaniladi. 158 Lingvodidaktika til falsafasi, psixologiya, lingvistika, psixolingvistika, til o‘zlashtirish nazariyasi, madaniyatlararo muloqot va boshqa fanlardan farqli o‘laroq metodikaning o‘rganish masalalariga kirmagan quyidagi muammolarni hal qiladi: 1) turli o‘quv sharoitlarida o‘rganilayotgan tilni va til sohiblari olamining lisoniy manzarasini o‘zlashtirish darajasini izohlaydi; 2) tilning aktual holati va taraqqiyoti bilan belgilanuvchi lingvomadaniy tajribani o‘rganish va o‘zlashtirishni tahlil qiladi; 3) yo‘l qo‘yilgan (madaniy, lingvomadaniyatshunoslikka oid va tilning o‘ziga xos) kamchiliklar tabiatini asoslaydi; 4) til xususiyatlarini o‘rganuvchilarning ko‘p tillilik, ko‘p madaniyatlilik, yosh va individual xususiyatlari kontekstida tadqiq qiladi; 5) tilni mukammal va nomukammal egallashni belgilovchi omillarni analiz qiladi va asoslaydi [4,8]. Bugungi kunda til bilan bir qatorda til ta’limi ham qadriyat sifatida baholanmoqda. O‘zbekiston ta’lim tizimida namuna sifatida yondashilayotgan Kembrij ta’lim tizimi (Finlyandiya tajribasi)da ham inson huquqlari, tenglik, xilma-xillik, barqarorlik qadriyatlari o‘quv materiali, o‘quv dasturining spetsifikasi sifatida keltirilgan. Til ta’limi qadriyat sifatida uch aksiologik blokni namoyon qiladi: · Til ta’limi – davlat darajasidagi qadriyat; · Til ta’limi – ijtimoiy qadriyat; · Til ta’limi – shaxsiy qadriyat [3,6]. Ko‘rinadiki, mazkur aksiologik bloklar o‘zaro uzviy bog‘langan. Mamlakatdagi til ta’limi taraqqiyotida davlat darajasidagi, ijtimoiy, shaxsiy manfaatlar uyg‘unligi, nafaqat davlat, jamiyat, ta’lim oldida turgan sotsial-pedagogik muammollarni hal qilishda, balki sotsial-madaniy plandagi muammolar yechimida ham ahamiyatlidir. Til ta’limini qadriyat sifatida anglash tilga davlat, jamiyat va shaxs munosabatini aks ettiruvchi ilmiy va amaliy faoliyatni ishlab chiqish hamda keng yoyishning ahamiyatini ko‘rsatadi. Lingvodidaktikaning muhim usullaridan yana biri kompyuter texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi. Fan-texnika rivoji natijasida til o‘rgatish uchun maxsus kompyuter dasturlari yaratildi. Ularda fe’llar, zamonlar, modal fe’llar tavsifi va zaruriy gap qoliplari keltirilgan [2,19]. Har qanday tilning o‘rni uning jamiyat va davlatdagi maqomi bilan belgilanadi. Til xalqaro aloqa-aralashuv vositasi bo‘lishi mumkin. Bu o‘rinda globallashuv doirasida keng tarqalgan, umuminsoniy madaniyat qirralarini aks ettiradigan, maksimal hajmda ijtimoiy funksiya bajarayotgan xalqaro tillar nazarda tutiladi. Ingliz, rus, nemis tillari shunday tillar guruhiga kiradi. Xulosa. Mamlakat ijtimoiy hayoti va uning yangi maqsadlar, g‘oyalar bilan bog‘liq bo‘lgan dinamik taraqqiyoti bir yoki bir necha zamonaviy xorijiy tillarni o‘rganishni taqozo etmoqda. Tillarni, birinchi navbatda, xalqaro muloqot vositasi maqomidagi tillarni bilish shaxsga ijtimoiy hayotning keng imkoniyatlarini bermoda. Bugungi bozor iqtisodiyoti va informatsion texnologiyalar taraqqiyoti davrida inson resurslari iqtisodiy va sotsial taraqqiyotning asosiy strategik omili sifatida maydonga chiqmoqda. Bu masalani hal qilish insonning shaxsiy kamoloti va uning sotsial-iqtisodiy erkinligini ta’minlovchi omil sifatida til ta’limida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ammo milliy tilni takomillashtirish, uning tafakkurni rivojlantiruvchi omil sifatidagi imkoniyatlaridan foydalanish, xorijiy tillarni egallashda vosita sifatidagi o‘rnini doimo esda tutish lozim. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling