Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
– Vuy, ada, qornizni qarang. Juda katta, xunuk bo‘lib ketdi
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ur-ye
- Xavotir omeng, men sizga yosh bolamidim
- G‘ileymisan
– Vuy, ada, qornizni qarang. Juda katta, xunuk bo‘lib ketdi!.. (M.Murodov. “Boshi
xumday bola”) 2. – Voy, (qo‘g‘irchog‘im) kasal bo‘lib qolibdi, to‘lab berasan! – dedi Muhayyo Manzuraga. (N.Yoqubov. “Kichkina doktor”) 3. – Vuy, rosa ko‘p qor yog‘votti, hammayog‘ oppoq, chiroyli bo‘b ketdi! (Sherzod Safarov, 8 yosh) 4. Uyga kirishar ekan, Bahodir ham so‘rab qoldi: – Ada, mening oyim ham zo‘rmilar? – Sening oying ham zo‘r, o‘g‘lim. U ishchi, fabrikada hammaga gazlama to‘qib beradi. Bahodir xursand chapak chalib yubordi: – Ur-ye, bizning oyimiz ham zo‘r! (M.Murodov. “Kimning oyisi zo‘r?”) – 5.– Sinfga kirishim bilan, bolalar qichqirib yuborishdi: – Ur-re-ye, Hoji keldi! (E.Raimov. “Ajab qishloq”) 6.– ye-yes, bugun sirka borarkanmiz! (Risolat Ahmedova, 5 yosh) 162 Birinchi va ikkinchi misolda hayratlanish, ajablanish kabi his-tuyg‘ular bilan birga, bolaning salbiy munosabati ham aks etgan. Keyingi misollarda esa ko‘tarinki ruh, mamnunlik kabi konnotativ ma’nolar hosil qilingan. Shu bilan birga, bolaning voqyelikka ijobiy bahosi o‘z ifodasini topgan. Bolaning o‘ziga nisbatan yuqori baho berishi matnda ko‘zda tutilgan kommunikativ- pragmatik maqsadga muvofiq ravishda kulgili holat yuzaga kelishiga ham sabab bo‘ladi. Masalan: – Buvijon, jon buvi! Ko‘chadan chaqirayotganda “Dostonu-u!” deb chaqirmang, bolalar ustimdan kulishyapti. – Xavotir oganimdan chaqiraman-da, bolam! – Xavotir omeng, men sizga yosh bolamidim? (R.Muhammadjonov. “Tangalik bolalar”) Ba’zi bolalar o‘zaro suhbat jarayonida bir-biriga nisbatan “Karmisan?”, “Soqovmisan?”, “Ko‘rmisan?” kabi so‘roq gaplar bilan murojaat qiladilar. Bunday gaplar orqali bola go‘yo suhbatdoshini kamsitayotgandek, masxaralayotgandek tuyuladi. Aslida bolalar bu tipdagi so‘roq gaplar orqali nutqning ta’sirchanligini oshirishga harakat qiladilar. Masalan, R.Muhammadjonov ssenariysi asosida suratga olingan “Chol va nabira” kinofilmida tasvirlanishicha, film qahramoni “Tongda xo‘roz qichqirdi” jumlasini yozishda opasiga shunday savol beradi: – Opa! “Xo‘roz”da dum bo‘ladimi? Opasi bolaning so‘roq gap orqali nazarda tutgan pragmatik maqsadini to‘g‘ri anglab yetgani uchun xo‘roz so‘zidagi x harfining elementsiz yozilishini aytadi. Shunda ularning kichik ukasi suhbatga qo‘shiladi. U shu yerda yurgan xo‘rozga ishora qilib, akasiga tanbeh beradi: – G‘ileymisan, ko‘rmayapsanmi? Xo‘rozzi dumi bor-ku! E’tibor berilsa, “G‘ilaymisan?” ritorik so‘roq gapi shaxsni masxara qilish yoki kamsitish uchun emas, balki voqyelikka nisbatan tanqidiy baho munosabati, e’tirozini kuchaytirish maqsadida ishlatilgan. Negadir uning bu ishi yoqinqiramadi bizlarga. (N.Fozilov. “Bolaligim – poshsholigim”) misolida esa inversiyaga nutq egasining voqyelikka nisbatan baho munosabatiga adresatni jalb etish vazifasi yuklangan. Bolalar nutqida kuzatiladigan bu kabi holatlar kommunikativ niyatning to‘liq ro‘yobga chiqishini ta’minlashda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Xullas, o‘zbek bolalari nutqining pragmatic xususiyatlari til tizimining barcha sathlariga oid vositalarda, shuningdek, noverbal birliklar orqali reallashadi. Bu vositalar nutqiy ta’sirchanlikni oshirish, ta’kidni hosil qilish, shuningdek, subyektiv baho munosabatini aks ettirishga xizmat qiladi. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling