Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Natijalar va muhokamalar. Didaktikaning bir qator tamoyillari mavjud boʻlib, ularning 
ayrimlari borasida toʻxtalamiz. Negaki bu tamoyillar lingvodidaktika mezonlarini belgilashda 
asos vazifasini oʻtaydi. 
Milliy didaktikaning asosiy tamoyillaridan biri ta’limning shaxs omiliga yo‘naltirilishidir. 
Mazkur tamoyil ta’lim uchun bilim bilan bir qatorda o‘quvchi shaxsi asosiy qadriyat ekanligini 
anglatadi. Bu tamoyilga ko‘ra o‘quvchi shaxsini shakllantirishga urg‘u beriladi. О‘quvchining 
egallagan bilim, ko‘nikma, malakalari ijtimoiy turmush tarzini belgilovchi xarakter kasb etishi 
nazarda tutiladi. Fan doirasida o‘zlashtirilgan bilim o‘quvchining keyingi hayotida ma’lum 
natijalarga olib kelishi, uning soha doirasidagi kuztishlariga mos kelishi muhimdir. Umuman, 
o‘quvchi yoki talaba mehnatga layoqatli, hayotga tayyor bo‘lishi lozim. “Sotsial-kasbiy 
yondashuv nuqtayi nazaridan kelib chiqib yondashilganda mehnatga tayyorlikni shakllantirish 
mezonlari quyidagicha: 
1) zarur bilim, ko‘nikma, malaka; 2) ta’lim va o‘quv mehnatiga munosabat; 3) rivojlangan, 
mustaqil, ijodiy tafakkur; 4) sotsium shaxsi oldida turgan vazifalarni tushunish; 5) faoliyatning 
motivlarini anglash, o‘zining manfaatlarini, qobiliyatini, imkoniyatlarini aniq tushunish, 
moslashuvchanlik; 6) shaxsiy va jamiyat maqsadlarini umumlashtirish. Bu o‘rinda shaxsning 
faol mehnat hayotiga tayyorgarligi ishlab chiqarish va ijtimoiy funksiyalarni bajarish uchun zarur 
bo‘lgan fazilatlar tizimi orqali ifodalanadi” [5,65]. 
Insonparvarlik tamoyili didaktikaning asosiy talablaridan biri bo‘lib, ta’lim jarayonida 
shaxs manfaatlari nuqtayi nazaridan yondashish maqsadini qoʻyadi. Insonning buyuk qadriyat 
ekanligini anglash, voqea, hodisalarga shaxs omili nuqtayi nazaridan yondashish bu tamoyilning 
belgilovchi xususiyatidir. Milliy pedagogikada insonparvarlikning markazida “yaxshilik” 
konsepti yotadi. Mumtoz ma’naviyatimizda, milliy pedagogikamizda yaxshilik mezonlari ham 
belgilab berilgan: 
1) barcha insonga yaxshilik qilish; 2) yaxshilik qilganga yaxshilik bilan javob qaytarish; 
3)qilingan yaxshilikni minnat qilmaslik: yaxshilik qilib minnat qilish xalq hikmatlari va 
aforizmlarda “qoshiq bilan sho‘rva ichirib, cho‘mich sopi bilan ko‘z chiqarish”ga qiyoslangan; 
4) yomonlik qilganga ham yaxshilik qilish;5) o‘zgalarga yaxshilik qilish imkoni bo‘lmasa, 
yomonlik ham qilmaslik. Bu mezonlar yoshlar xulq-atvorini shakllantirishda muhim qiymatga 
ega bo‘lgan yondashuvlar hisoblangan. 
Taʼlim jarayonida oʻquvchilarning alohida, individual xuxusiyatlarini hisobga olish ham 
didaktikaning asosiy tamoyillaridan sanaladi. U oʻqitish jarayonini har bir oʻquvchiga xos 
xususiyatlarni koʻzda tutgan holda tashkil qilishni koʻzda tutadi. 
Maʼlumki, har qanday shaxs muayyan geografik, ijtimoiy-tarixiy muhitda shakllanadi. 
Uning tabiatida oʻsha muhitga xos jihatlar muhrlangan boʻladi. Shuning uchun ham oʻqitish 
jarayonida mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olish tamoyili ham didaktikaning zarur talablaridan 
biridir. 


157 
O‘zbek tilshunosligida lingvodidaktika masalalari ilmiy adabiyotlarda boshqa mavzular
atrofida yoritilgan bo‘lib, alohida yo‘nalish sifatida yaqin yillardan boshlab rivojlanmoqda. 
Ammo didaktika o‘zbek adabiyotida qadim tarixga borib taqaladi. Pand-nasihat tarzida yozilgan 
asarlar, nasriy va she’riy matnlar so‘ngida keladigan qit’a, fardlar muallif xulosasini ifodalash 
bilan birga tinglovchiga didaktik ta’sir etish qiymatiga ega bo‘lgan. Keyingi yillarda 
lingvodidaktika kompyuter tizimida faol qo‘llanmoqda. Lingvodidaktikaga doir anjumanlar 
tashkil qilinmoqda [6]. 
“Lingvodidaktika”ning asosiy maqsadi fan mazmunini milliy til asoslarini o‘zlashtirishga 
yo‘naltirish, til o‘qitish jarayoni, mazmuni, yo‘nalishi, usul hamda vositalarini tahlil qilish, 
ta’lim subyektining imkoniyatlaridan kelib chiqib yondashish, til o‘zlashtirishning ijtimoiy-
siyosiy, sotsial-psixologik omillarini aniqlashdan iborat. 
Tilni o‘qitish maqsadida tavsiflash, tillar o‘rtasidagi universaliyalar va farqli jihatlarni 
tadqiq qilish, o‘rganilayotgan tilning tuzilishini, mazmunini, til minimumlarini aniqlash, til 
o‘zlashtirishdagi nuqsonlar tabiatini o‘rganish, til xususiyatlarini o‘rganuvchilarning ko‘p 
tillilik, ko‘p madaniyatlilik, yosh va individual belgilari kontekstida tadqiq qilish, tilni 
mukammal egallashni belgilovchi omillarni tahlil qilish, tillarni o‘rganish metodikasi, o‘qituvchi 
va o‘quvchi faoliyati bilan bog‘liq muammolarni aniqlash, til o‘rganishni o‘quv predmeti sifatida 
belgilash, turli o‘quv sharoitlarida o‘rganilayotgan tilni va til sohiblari idrok etgan olam lisoniy 
manzarasining o‘zlashtirilish darajasini izohlash, tilning aktual holati va taraqqiyoti bilan 
belgilanuvchi lingvomadaniy tajribani anglash va o‘zlashtirish analizi asosiy vazifalardir. Ona 
tilini o‘zlashtirishda ham, chet tillarini o‘rganish jarayonida ham tilning grammatik xususiyatlari, 
grammatika negizida fonetik, leksik belgilari o‘rganiladi. Shu bois lingvistika va pedagogika 
chegarasidagi muammolarni hal qilish, o‘rganilayotgan til strukutrasini tahlil qilish, tillarning 
universal va farqli jihatlarini aniqlash ham lingvodidaktikaning vazifalari hisoblanadi. 
“Lingvodidaktika”ning obyekti til o‘rgatish amaliyoti, deb belgilangan bo‘lsa, til o‘qitish 
va o‘rgatish jarayoni haqida umumlashtirilgan tasavvur berish, til o‘zlashtirishga zamon 
talablari va shaxs idroki, qobiliyatidan kelib chiqib yondashish fanning predmetini tashkil qiladi. 
Fan doirasidagi asosiy masalalardan biri ta’lim doirasidagi o‘rganuvchilarning 
“lingvomadaniy tayyorgarlik” darajasiga asoslangan til siyosati kontekstida til o‘qitishning
hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari haqida tasavvur hosil qilishdir. O‘quvchilarning 
«Lingvomadaniy tayyorgarligi»ga ular tomonidan istalgan til va madaniyatni ona tili hamda 
xorijiy til sifatida o‘zlashtirishlari kiradi. Til ta’limi ona tili hamda o‘zga tillarni va 
madaniyatlarni egallashdir. Ona tili va xorijiy tilni o‘zlashtirish doirasi metodlari, ta’lim 
tamoyillari, yondashuvlar o‘zaro farqlanadi. Ona tili va xorijiy til ta’limida umumiy tamoyillar, 
metodlar mavjud. Lekin ta’lim maqsadi, metod va usullarning qo‘llanishi ona tilini va xorijiy
tillarni o‘qitishda bir xil emasligi kuzatiladi. 
Lingvodidaktika va metodika terminlarini sinonim tarzda baholash hollari ham mavjud.
Ammo bu tushunchalar o‘zaro farqlanadi: 
Til o‘qitish metodikasi 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling