Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Metodlar. Maqolada tavsiflash, tasniflash, analiz, sintez, qiyoslash, konseptual jadval metod va usullaridan foydalanildi
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
Metodlar. Maqolada tavsiflash, tasniflash, analiz, sintez, qiyoslash, konseptual jadval
metod va usullaridan foydalanildi. Asosiy qism. Jahon tilshunosligida lingvodidaktika ona tili va xorijiy tillarni o‘rganish jarayonini ifoda etish uchun qo‘llanmoqda. Aniqrog‘i, xorij tillaridagi lingvodidaktikaga doir ma’lumotlarning aksariyati verbal muloqot vositasini xorijiy til sifatida o‘rganishga yo‘naltirilgan. Tilni ona tili sifatida o‘zlashtirishning lingvodidaktik omillari tahliliga qaratilgan ishlar juda kam. Bu nisbatni hozirgi globall taraqqiyot, dunyo tillarining iste’mol doirasini kengaytirish, nufuzi va mavqeyini oshirish maqsadida olib borilayotgan til siyosati bilan izohlash mumkin. Bundan yarim asr avval xalqaro tillar dunyo tillari orasidagi qo‘llanish doirasi, mavqeyiga qarab baholangan. Endilikda xalqaro tillar doirasining o‘zida ham tilni keng yoyish, “yumshoq kuch” siyosatining asosiy vositasiga aylantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xalqaro tillarning metatil darajasidagi taraqqiyotini ko‘rsatishga yo‘naltirilgan konferensiyalar, xorijiy til metodikasining takomillashtirilishi, xorijiy tilni o‘rganish jarayonining keng yoyilishi lingvodidaktika yo‘nalishining mazmunini belgilab beradi. Lingvodidaktikada til ta’limi ko‘p hollarda xorijiy tillar sohasidagi ta’lim bilan sinonim tarzda qo‘llanmoqda. Lingvodidaktikaning ikkinchi yo‘nalishi, tilni ona tili sifatida o‘zlashtirish masalalari, garchi hozirgi vaqtga qadar nisbatan kam e’tibor qaratilgan bo‘lsa-da, muayyan tilning * Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori, filologiya fanlari doktori. E-mail: zulxumor-uzmu@mail.ru 155 mavqeyini oshirish, ona tili maqomini saqlab qolish, davlat tili va rasmiy til sifatidagi nufuzini oshirishda muhim qiymat kasb etadi. Lingvodidaktika rus tilshunosligida G.I. Bogin, I.I. Xaleeva, N.D. Galskova, G.I Boginalar qarashlari asosida shakllangan yangi soha bo‘lib, o‘zida lingvistika fani mohiyatini namoyon etadi. I.I.Xaleeva «Lingvodidaktika» terminini «ta’lim, o‘quv mazmuni komponentlarini asoslovchi, til tabiati va tilning sotsial fenomeni sifatidagi individning o‘zaro harakatlari mexanizmi» deb ta’riflaydi [7,199]. Avvalo, lingvodidaktika asosidagi didaktika haqida to‘xtalsak. Didaktika yun. didaktikos soʻzidan olingan boʻlib, “oʻrgatuvchi”, “taʼlim beruvchi” ma’nosini bildiradi. Didaktika pedagogikaning tarmogʻi, taʼlim nazariyasi bilan shugʻullanadigan yoʻnalishdir. Didaktika atamasi ilk bor Yevropada XVII asrda pedagogikaga doir adabiyotlarda qoʻllangan. Didaktika, uning mohiyati haqida bir qator fikr-mulohazalar bayon etilgan. Shundan keyin didaktikaga taʼlim nazariyasi haqidagi fan sifatida qarash keng yoyildi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida didaktikaga oid maxsus monografiyalar yuzaga keldi. Hozirgi zamon pedagogikasida didaktika taʼlim va maʼrifat berish nazariyasi bilan shugʻullanadigan alohida soha sifatida talqin etiladi. Taʼlim mazmunini aniqlash, taʼlim jarayoni qonuniyatlarini ochish hamda oʻqitishning eng samarali usul va yoʻllarini topish didaktikaning asosiy masalalaridir. Didaktikaning mohiyatini belgilash, yoʻnalishini aniqlashda falsafiy-nazariy asos hamda metodologiyaning oʻrni katta. Didaktika metodologiyasining davrlar osha oʻzgarib kelganini kuzatish mumkin. Didaktika pedagogika, umumiypsixologiya, oʻqitish psixologiyasi, psixolingvistika hamda bilish nazariyasi bilan uzviy bogʻliq. Bu fanlarning har biri bilish faoliyati va uni amalga oshirilish jarayoni toʻgʻrisida alohida bilim beradi. Taʼlim mazmuni va usullarini belgilash borasida ham mazkur fanlar orasidagi integratsiya katta ahamiyatga ega. Didaktika har qanday alohida predmetni oʻqitish va uning mazmunini belgilash qonuniyatlarini aniqlaydigan fan sifatida taʼlim va tarbiya ishlarini samarali tashkil etishning umumiy usullarini koʻrsatishi lozim. Ayni vaqtda, alohida predmetlarni oʻqitish metodikasi maktab amaliyoti tajribalaridan kelib chiqqanligi uchun didaktika tamoyillari taʼlim jarayonida uchraydigan har xil hodisalarning oʻziga xosligini hisobga olgan holda yaratiladi. Didaktika – pedagogikaning ta’lim va o‘qitish nazariyasi (maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari va tamoyillari), umumiy metod va shakllari haqidagi bo‘limi. O‘zbek tilida didaktika “pand-nasihat” mazmunida keng qo‘llanadi. Mazmunida pand-nasihat, ibratli fikrlarni qamrab olgan badiiy asarlarning didaktik turi ham shakllandi. Didaktik adabiyot yuzaga keldi. “Didaktika”ning asosida ta’lim-tarbiya g‘oyasi yotadi. Oʻzbek milliy pedagogikasi tarixida ham didaktikaning asosiy xususiyatlarini aks ettirishga bagʻishlangan koʻpgina tadqiqotlar mavjud. Garchi turkiy mutafakkirlarning asarlarida didaktika hozirgi nom bilan atalmagan boʻlsa-da, ular taʼlim jarayonining qonuniyatlarini belgilash, uni tashkil etishning yoʻl-yoʻriqlarini koʻrsatib oʻtganlar. Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ahmad al- Fargʻoniy, Margʻinoniy, Navoiy, Munis singari mutafakkirlarning taʼlimni tashkil qilish, uning samaradorligini oshirish, oʻqitish jarayonida oʻqituvchi va oʻquvchi munosabatlari borasidagi qarashlari jahon pedegogikasi taraqqiyotining oʻziga xos bosqichini tashkil etadi. Muayyan yoshdagi bolalarni guruhlab oʻqitishning samaradorligi ilk bor Ibn Sino tomonidan koʻrsatib berilgan boʻlsa, oʻzi ezgu soʻz, ezgu fikr egasi boʻlmay turib, muallimning bolalarda ezgu fazilatlarni shakllantira olmasligi Alisher Navoiy asarlarida aks etgan. Sharqda muallim azaldan ezgu fazilatlar sohibi sifatida ulugʻlangan. Oʻzbek milliy didaktikasining shakllanishida jadidchilik harakati, xususan, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abduqodir Shakuriy, Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Muhammadsharif Soʻfizoda kabi maʼrifatparvar-pedagoglarning faoliyati alohida muhim bosqich boʻldi. XX asr boshlarida vujudga kelgan jadid pedagogikasi milliy asos hamda jahon tajribasining so‘nggi yutuqlari negizida shakllangan bo‘lib, bugungi ta’lim tizimini takomillashtirishda ham poydevor vazifasini ado etishi lozim. Jadid pedagoglari ta’lim-tarbiya borasida yuksak natijalarga erishdilar. Ular ta’lim-tarbiyaning nazariy jihatlari bilangina emas, 156 balki amaliy masalalari bilan ham shug‘ullandilar. Maktablar ochdilar, o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar yaratdilar. Faqatgina ona tili va adabiyot emas, tarix, geografiya sohasidagi ta’lim jarayonini takomillashtirishga ham hissa qo‘shdilar. Milliy pedagogikadagi asosiy tamoyillardan biri yozma nutqni shakllantirish masalasi edi. Jumladan, jadid pedagoglari yozma nutqning inson tafakkurini o‘stirishga xizmat qilishini yaxshi anglashgan. Shuning uchun maqolalari hamda darsliklarida yozma nutq ko‘nikmalarini shakllantirishga ahamiyat berishgan. O‘quvchilarga beriladigan matnlar, insholarning mazmuni, sodda-murakkabligiga alohida e’tibor qaratishgan. Matnlarni o‘quvchi yoshiga qarab saralashni, bu borada boshqa mamlakatlardagi ilg‘or pedagogik tajribalarga tayanish lozimligini ta’kidlashgan. Ayrim mamalakatlarda insho yozish mezonlari ishlab chiqilgani xususidagi ma’lumotlarni qayd etishgan: “… mushkul iboratlik uzun insholar, albatta, bola zehnini ochmay, balki fikrini(ng) yo‘q bo‘lishig‘a sabab bo‘lur. Biljumla mamoliki islomiyaning maktablarindagi bolalar uchun yengil suratda insho tayyorlanubdurki, ibtidoiyya, rushdiyya, e’tidodiyya maktab talabalarini(ng) har birig‘a muvofiq suratda insho ta’lim beriladur” [1,153]. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling