Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Afandichilar”
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Маҳмудхўжа Беҳбудий. Муҳтарам ёшларға мурожаат. Танланган асарлар. –Т.: Маънавият, 1997.153-б. 2.Borbala Richter. First steps in theoretical and applied linguistics.-Budapest, 2006. 3.Galskova N.D., Gez N.I. Teoriya obuchenii inostrannыm yazыkam. Lingvodidaktika i metodika.-M.:Akademiya,2004. 159 4.Galskova N.D. Yeщe raz o lingvodidaktike / N.D. Galskova // Inostrannыe yazыki v shkole. 2008. - № 8. 5.Krupchenko A.K., Kuznetsov A.N. Osnovы professionalnoy lingvodidaktiki.-M.,2015. 6.Til sistemasi va hozirgi zamon lingvodidaktikasi. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari (Samarqand shahri, 2011 yil, 25-26 mart). – Samarqand: SamDChTI nashri, 2011. 7.Xaleeva I.I. Osnovы teorii obucheniya ponimaniyu inoyazыchnoy rechi (podgotovka perevodchikov): Monogr.– M.: Vыssh. shkola, 1989.–C.199. 8.O‘zbekiston Respublikasi ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi ilmiy-uslubiy seminari materiallari. 2021 yil 21 aprel. 9. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. I tom. –Toshkent, 2006. BOLALAR NUTQIDA BAHO MUNOSABATINING VOQELANISHI REALIZATION OF VALUE ATTITUDE IN CHILDREN'S SPEECH Munavvara Qurbonova Annotation. The article is devoted to the pragmatic interpretation of speech units, and it talks about the expression of subjective evaluation attitude by Uzbek children. Key words: speech of children, communication, connotation, linguistic unit, evaluative relations, subject, pragmatics, ontolinguistics. Ma’lumki, baho nutq egasining obyektga munosabatini aks ettiruvchi kategoriyadir. Baho orqali voqyelikka ijobiy yoki salbiy munosabat ifodalanadi. Boshqacha aytganda, nutq egasining voqyelikka munosabati baho ko‘rinishida yuzaga chiqadi. Bahoni ifodalash jarayonida adresatga ta’sir ko‘rsatish vazifasi ham bajariladi. Nutqda baho munosabatining voqyelanishida bir necha bosqich amal qiladi. Baholash jarayonida nutq subyekti bosh rolni o‘ynaydi. Nutq egasi bu jarayonning boshqaruvchisidir. Baho obyekti, uning baholanishiga asos bo‘lgan belgisi, baholash etaloni bu jarayonning ham tashkiliy, ham zaruriy qismlari hisoblanadi. Bularning birortasi mavjud bo‘lmasa, baholash jarayoni amalga oshmaydi. Baholash belgisi esa bahoning mundarijasini, uning salbiy yoki ijobiy xarakterdaligini ko‘rsatadi. Anglashiladiki, baholash jarayonining amal qilishida Sh.Safarov qayd etgan quyidagi besh unsurning mavjudligi majburiy, “... bular: subyekt, obyekt, asos, etalon (namuna) va baholash belgisi. Baholash dastlabki o‘rinda subyekt-obyekt munosabatida, ya’ni subyekt tomonidan obyektning muhimligi, e’tiborga molikligi, miqdor va sifat jihatidan ajralib turishini aniqlash jarayonida hosil bo‘ladi. Ushbu jarayonda subyekt obyektning baholanayotgan xususiyatini ideal namuna yoki me’yorga qiyoslaydi hamda ushbu me’yorga qay darajada mos kelishi yoki uzoqlashishiga nisbat beradi. Nihoyat, barcha “o‘lchov”lar bosqichidan o‘tgan baho lisoniy belgi vositasida voqyelanadi” [Safarov, 2008: 184]. Baho kategoriyasiga berilgan ta’riflarni umumlashtirar ekan, S.Boymirzayeva ularni quyidagi uch guruhga ajratadi: “1. Baho – so‘zlovchi yoki nutq subyektining borliqdagi narsa va hodisalarga munosabatidir. Ba’zan ushbu “munosabat” turlari farqlanadi. Ushbu ta’rif ko‘pchilik tilshunoslar tomonidan ma’qullanib kelinmoqda. 2. Baho – borliqdagi predmet va hodisalar qiymati haqidagi fikr (ushbu fikrni ifodalovchi lisoniy birlik). Bu ta’rifdan asosan faylasuflar foydalanib kelmoqdalar, biroq tilshunoslar ham bu ta’rifga bee’tibor emas. 3. Baho predmet va hodisalarga berilayotgan sifatning so‘zlovchining ma’lum qadriyatlar, normalarga tayanadigan ehtiyoji, maqsadi, qiziqishiga mos kelishi yoki kelmasligini ifodalovchi Filologiya fanlari doktori, professor, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, munavvara2013@yandex.ru 160 lisoniy faoliyatdir. Ushbu ko‘rinishdagi ta’rifdan faylasuf va tilshunoslar parallel foydalanmoqdalar” [Boymirzayeva, 2008: 15]. Ko‘rinadiki, baho kategoriyasi konnotatsiyadan tubdan farq qiladi. Baho kategoriyasi nutq egasining nutq obyekti haqidagi shaxsiy munosabati ifodasi, subyektiv qarashlari majmuidir. Konnotatsiya va baho kategoriyasining zich bog‘liqligi konnotatsiyani ifodalovchi birliklarda baho munosabatining ham yorqin aks etishida ko‘zga tashlanadi. Ba’zi til birliklarining denotativ ma’nosi orqali ham baho munosabati sezilib turadi. Masalan, muttaham, nonko‘r kabilar. Biroq til birligi baho munosabatini ifodalashga xoslanmagan holatlarda ham u orqali konnotativ ma’no ifodalanishi mumkin. Masalan, bola nutqida qo‘llangan mushukcham so‘zshaklida -cha affiksi orqali konnotativ ma’no (erkalash, suyish) hosil qilingan. Shu bilan birga, ushbu so‘zshakli orqali baho munosabati (ijobiy baho) ham yuzaga chiqqan. Bundan xulosa qilish mumkinki, til birligidagi mavjud baho va nutq egasi tomonidan unga yuklangan baho munosabatini farqlash lozim. Nutq jarayonida til birligiga yuklangan baho pragmatikaning o‘rganish obyekti bo‘lib, uni konnotatsiyadan farqlash lozim. Baholash jarayonida nutq egasi obyektni o‘z o‘lchovi asosida baholashga harakat qiladi. Garchi har bir ijtimoiy muhitda baholashning umum tomonidan qabul qilingan o‘lchovi shakllangan bo‘lsa-da, nutq egasi ko‘pincha o‘z o‘lchovi orqali subyektiv munosabatini ifoda etishga urinadi. Ayniqsa, bu holat bolalarda o‘ziga xos tarzda kechadi. Jahon tilshunosligida turli yoshdagi so‘zlovchilar tomonidan baho munosabatining ifodalanishi muayyan darajada o‘rganilgan bo‘lib [Volf, 1985: 228], bu boradagi tadqiqotlar natijalari [Yashenko, 2004], ayniqsa, bolalar nutqining sofligini yorqin aks ettiradi. Kattalardan farqli tarzda bolalar uchun umum tomonidan qabul qilingan o‘lchov me’yorlari noodatiy, hali o‘zlashtirilmagan bo‘lgani bois ularning obyektni baholovchi o‘z o‘lchovlari mavjud bo‘ladi. Quyidagi misolda bolalarning laqablar vositasida baho munosabati (salbiy munosabat)ni ifoda etishi yaqqol ko‘zga tashlanadi: Past mahalla bolalari o‘sha zahotiyoq bizning brigadamizga “Afandichilar” deb laqab qo‘yibdi. Biz ham qarab turmadik. Turon amakimning musallas ichsa yig‘laydigan odati bor edi. Shuni hisobga olib, ularga ham “Yig‘loqilar” deb laqab qo‘ydik. (X.To‘xtaboyev. “Besh bolali yigitcha”) Bolalar nutqida qo‘llangan dialektizm, vulgarizmlar ham, garchi adabiy til me’yorlaridan chekinish bo‘lsa-da, nutqning ta’sir kuchini oshirishga hamda nutq egasining baho munosabatini ifoda etishga xizmat qiladi. Rang-qutim o‘chib ketdi. Nega desangiz, ishning bu yog‘i sal ishkalroq edi-da! (X.To‘xtaboyev. “Sariq devni minib”) O‘qdek uchib borib, quvlab borayotgan odamning yelkasiga tirmashdim. Ikkovimiz Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling