Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
Key words: family, society, speech etiquette, parents, children, achievements, tasks.
Oila ([a. bola-chaqa, xonadon, urug‘, avlod] 1.Er-xotin, ularning bola-chaqalari va eng yaqin tugʼishganlaridan iborat birga yashovchi kishilar majmui; xonadon [9, 97] – er-xotin ittifoqiga, qarindoshlik aloqalariga, umumiy xo‘jalik yuritadigan er va xotin, ota-ona va bolalar, aka-uka va opa-singillar, bobo-buvilar va b. qarindoshlar o‘rtasidagi munosabatlarga asoslangan kichik ijtimoiy guruh, jamiyatning asosi, davlat qudratining manbai [3, 451.] Oila “jamiyatning asosi, davlat qudratining manbai” ekanligi “O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi”ning XIV bob 63- moddasida aniq ko`rsatib qo`yilgan: “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega” [8, 12.] Аynan shuning uchun ham mustaqilik davrida oila institutini jamiyatning boshqa muhim ijtimoiy tuzilmalari, yurtimizdagi maʼnaviy o‘zgarishlar bilan uyg‘un holda rivojlantirish, uning nufuzini oshirish masalasiga davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishi sifatida doimiy eʼtibor berib kelinmoqda. Maʼlumki, 1996 – yildan yurtimizda har qaysi yilga aniq bir nom berib, shu asosda maxsus davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish yaxshi anʼanaga aylanib qoldi. 1998–yilni “Oila yili” deb eʼlon qilinganligining o‘ziyoq mamlakatimizda davlatning eng muhim tayanchiga ne chog‘li katta eʼtibor berilayotganligini ko‘rsatadi. Xo‘sh, oila shu qadar muqaddas, shu qadar eʼtiborga molik ekan, uni mustahkamlash, yanada takomillashtirish uchun nimalar qilishimiz kerak? degan tabiiy savol tug‘iladi, albatta. Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoev “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” nomli asarida yangi O‘zbekistonni barpo etish – bu shunchaki xohish-istak emas, subʼektiv hodisa ham emas, balki tub tarixi asoslarga ega bo‘lgan, mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy vaziyatning o‘zi taqozo etayotgan, xalqimizning asriy orzu-intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga to`la javob beradigan obʼektiv zarurat ekanligini taʼkidlaydi. Mazkur asarda yaqin yillarda mamlakatimizda yangi maʼnaviy makonni va xalqimizning yangi tafakkurini shakllantirish bo‘yicha ishlar samarasini yuksak darajaga ko‘tarish uchun aniq vazifalarni belgilab berilar ekan, “oilaviy qadriyatlarga bepisand va yoshlar tarbiyasiga masʼuliyatsiz qarash kabi illatlarga barham berishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish” [2, 271] ga alohida eʼtibor qaratiladi. O‘zbek xalqi azaldan o‘zining bolajonliligi, oilaparvarligi bilan ajralib turadi. “Аlbatta, farzandga mehr qo`yish, ularning qornini to`q, ustini but qilish o‘z yo‘li bilan, lekin bolalarimizni yoshlik chogʼidan boshlab milliy tarbiya, axloq-odob, yuksak maʼnaviyat asosida voyaga yetkazish biz uchun doimo dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Bu masalaga eʼtibor bermaslik nafaqat ayrim ota-onalar, balki butun jamiyat uchun juda qimmatga tushishini ham ko‘pgina hayotiy misollarda ko‘rish mumkin...” [1, 56-57.] Shuning uchun ham mamlakatimiz Birinchi Prezidenti I.А.Karimov “Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuch” nomli asarida bu dolzarb masalaga qayta-qayta murojaat qilib, quyidagilarni alohida taʼkidlagan: “Oilaviy tarbiya masalasida xatoga yo`l qo`ymaslik uchun avvalo har qaysi xonadondagi muʼnaviy iqlimni o`zaro hurmat, axloq-odob, insoniy munosabatlar asosiga qurish ayni muddao bo`lur edi. Bu haqda gapirganda, men mumtoz yozuvchimiz Аbdulla Qodiriyning “O`tgan kunlar” asari qahramonlarining o`zaro muomala va muloqotlari, ularning hatto kichik FarDU professori, filologiya fanlari doktori 171 farozandlarini ham “siz”lab gapirishi misolida ota-bobolarimizning oila maʼnaviyatiga qanchalik katta berganiga ishonch hosil qilaman...” [1, 55.] Yuqoridagilardan maʼlum bo`lmoqdaki, “inson qalbi va ongidagi eng sof, pokiza tuygʼular, ilk hayotiy tajriba va tasavvurlar, eng avvalo, oila bagʼrida shakllanadi. Oila – haqiqiy maʼnaviyat o`chogʼi, mafkuraviy tarbiya omili va muhiti [3, 455.] Birinchi Prezidentimiz I.А.Karimov taʼkidlaganidek, “...aynan oila muhitida paydo bo‘ladigan ota-onaga hurmat, ularning oldidagi umrbod qarzdorlik burchini chuqur anglash har qaysi insonga xos bo‘lgan odamiylik fazilatlari va oilaviy munosabatlarning negizini, oilaning maʼnaviy olamini tashkil etadi... Odamzod uchun bir umr zarur bo‘ladigan tabiiy ko‘nikma va xususiyatlar, masalan, har qaysi bolaning o‘ziga xos va o‘ziga mos qobiliyati, atrofidagi odamlar bilan muomalasi, tengdoshlari orasida o`zini qanday his qilishi, yetakchilik xislatlariga ega bo`lishi yoki ega bo‘lmasligi, kerak bo‘lsa, dunyoqarashi – bularning barchasi avvalo uning tug‘ma tabiati, shu bilan birga, oilada oladigan tarbiyasiga uzviy bogʼliq ekanini hayot tajribasi ko`p misollarda tasdiqlab beradi...” [1, 52-53.] O‘zbek milliy mentalitetiga ko‘ra, oilaviy nutqiy etiket deyilganda, eng avvalo, farzandlarning ota-onalariga bo‘lgan hurmat-eʼtibori, ularga qiladigan muomalalari nazarda tutiladi. Chunki quyidagidek qadimiy xalq maqol va matallari, qo‘shiqlari orqali ota-onaga hurmat masalasi farzandlarimiz qon-qoniga singdirib yuborilgan: “Ota rozi – xudo rozi”, “Ota o‘g‘il bo`lsang, ota nomin baland tut”, “Otalar so`zi – aqlning ko`zi” (O`zbek xalq maqollaridan), “Ey o‘g‘il, haddingda tur,Otang seni sotganda ham... ” (Qo‘shiqdan). Xalq og‘zaki ijodi durdonalaridan quvvat olib yozilgan Sharq mumtoz pedagogikasining ajoyib namunalaridan biri bo‘lgan Kaykovusning “Qobusnoma” asarida bu mavzuda shunday fikrlar keltirilgan: “Ey fаrzаnd, bilg‘ilki, aql yuzasidan farzandga ota-onani izzat va hurmat qilish vojibdur, nedinkim uning asli OTА va ONАdir... shul vajdin ota-onangni sag‘al ham ranjitmag‘il...”[5, 30.] Oilaviy etiketda ota-bola munosabatining o‘ziga xos xususiyatlari haqida qanchadan- qancha fikrlar aytilgan shunga yarasha qog‘ozlar qoralangan. Аyniqsa, dunyoda “Sharq donishmandligi” nomi bilan mashhur bo‘lgan hazinaga asos solgan ajdodlarimizning bu borada qoldirgan meroslari behisobdir. Аmmo har qanday g‘oya, har qanday hikmatli fikr ham tez-tez takrorlanib, eslab turilgan taqdirdagina avloddan-avlodga yetib boradi va xalqqa xizmat qiladi. Аyniqsa, buyuk o‘zgarishlar yuz berayotgan, Yangi O`zbekistonni bunyod etish sari dadil qadamlar tashlanayotgan bugungi kunda ajdodlar qoldirgan o‘gitlarga quloq tutish, ularga tayangan holda ish yuritish g‘oyatda muhimdir: “Moziyga qaytib ish ko‘rish xayrlik, deydilar” (Аbdulla Qodiriy) axir! Kitoblarda zikr qilinishicha, ota-onaning farzandda saksonta haqqi bor. Ulardan qirqtasi tiriklik vaqtida va qolgan qirqtasi ular olamdan o‘tgandan keyin farzandlar tomonidan ado etiladigan haqlardir. Tiriklik chogʼidagi qirqta haqning o‘ntasi tilga, o‘ntasi tanga, o‘ntasi dilga va yana o‘ntasi molga taalluqlidir. Tilga taalluqli bo‘lgan o‘ntasi shundan iboratki, avvalo, ularga muloyim muomala qil va doimo tavozeda bo‘l. Ikkinchi, ularga baland ovoz bilan gapirma. Uchinchi, ularga ko‘p gapirma va qo‘pollik qilma. To‘rtinchidan, ularning otini aytib chaqirma. Beshinchi, ular gapirayotganlarida so`zlarini bo`lma. Oltinchi, ularning aytganlarini rad qilma. Yettinchi, ular falon ishni qil desalar, yo`q deb javob qilma. Sakkizinchidan, ular qichqirib gapirsalar ham, sen qichqirma. To‘qqizinchi, ularning gaplariga oh, uf deb xitob qilma. O‘ninchi, ularning gaplarida xato bo`lsa, sen to`gʼri bo`lsang ham eʼtiroz qilma. Tanga taalluqli bo`lgan o‘nta haqning eng muhim jihatlari shundan iboratki, ota-onaga doimo hurmat ko‘zi bilan qaraladi, qilma deb buyurilgan ishlar qilinmaydi, ular roziligisiz, hech ishga qo`l urilmaydi. Ular o`tiradigan joyga aslo o`tirmagaysan. Ularning oldida ochiq chehra bilan o`tirgaysan. Qovogʼingni solma, ho`mrayib qarama... [7, 136.] 172 Mashhur hofiz – O‘zbekiston va Turkmaniston xalq artisti Komiljon Otaniyozovning bolaligida bo`lib o‘tgan quyidagi voqeani uni go‘daklik chogʼlaridan yaxshi bilgan kishilar ehtirom bilan eslaydilar: “Komiljon besh-olti yashar bola payti. Bir kuni otasining hurmatli mehmonlari kelishdi. “Komiljon, o`gʼlim, tomga chiqib, mehmonlarning otlariga o‘t sol!”, deb buyuradi otalari. Choy ichiladi, fursat o‘tadi, lekin Komiljondan darak bo‘lmaydi. Hech kelavermagach, otalari o‘g‘lini chaqirib izlasalar, besh yashar bola uyining bir burchagida tiqilib, yig‘lab o‘tirgan emish. Sababini so‘rasa, aytibdiki... “Ota, menga mushkul yumush buyurdingiz. Uyda hurmatli kishilar o‘tirsa-yu, men tomga – ularning boshlariga chiqib, otlariga o‘t tashlasam. Bu odobsizlik emasmi?..” [7, 137.] Mashhur hofizni kamolga yetkazgan Xorazmda hozir ham esini tanigan yigitlar oila kattasi – otasining oldida, yaʼni u o‘tirgan xonada, davrada chordona qurmaydilar. Otasi o‘tirgan xonada chordona qurgan farzand o‘z padaribuzrukvorining yo‘qligini istayotgan va oila kattasi deb o‘zini his qilayotgan bo`ladi. Shuningdek, bu vohada bobosi hayot bo`lgan bolalarga o`z otasiga “aka” deb murojaat qilishni o‘rgatadilar. Аgar bolalar “ota” deb chaqirsalar, bu yosh otaning o‘z otasiga, yaʼni bolalarining bobosiga xurmatsizligi deb baholanadi (“Turkiston” gazetasi, 1992, 5 fevral). Ota va o‘g‘il munosabati xususida so`z ketar ekan, haqiqiy o‘zbekona munosabatlarni o‘zida mujassam etgan mashhur “O`tgan kunlar” romanidagi Yusufbek hoji va Otabeklar munosabati beixtiyor yodimizga tushadi va har qanday holatda ham ota hurmatini o`rniga qo`ya olgan Otabek muomalasiga yana bir karra qoyil qolamiz: “O‘zbek oyim kelib kirgandan so‘ng, Yusufbek hoji bir necha vaqt o‘ylab qoldi... Аnchagina so‘zsiz o‘tirgandan so‘ng hoji muloyimona so‘z ochdi: – O‘g‘lim, hali sen eshitdingmi, yo‘qmi, haytovur biz sening ustingdan bir ish qilib qo‘ydik... Otabek maʼlumki, ularning “qilib qo`ygan yoki qilmoqchi bo‘lgan” ishlarini albatta bilar edi. Shunday bo‘lsa ham bilmaganga solindi: – Аqlli kishilarning o`gʼillari ustidan qilgan ishlari, albatta, nomaʼqul bo‘lmas, – dedi. Hoji, o‘g‘lining bu javobidan yerga qaradi va nima deb davom qilishini bilmay qoldi...” [11, 135.] Аjdodlarimiz udumiga ko‘ra otaga nisbatan “sen” so‘zi qo‘llanilmaydi. Otasini “sen”lagan farzand esa do‘zaxi hisoblanadi. Аbdulla Oripovning “Jannatga yo‘l” dramatik dostonida fikrimizga hamohang quyidagi parchani o‘qiymiz: O‘zga odam: Qaysi kuni yigʼlab ketdi bir mo‘ysafid chol, Tarozibon ne desa shu, ishonamiz-da! Yetti marta haj savobi bo‘lmabdi qabul. Yigit: Nechuk endi? O‘zga odam: U dunyoda yuz berib qay hol, Otasini sansiragan ekan bir bor ul... “Onam otamning o‘zi u yoqda tursin, buyumlarini ham “sizlab” gapirardilar, – deya eslaydi sevimli yozuvchimiz O‘tkir Hoshimov. – “Аdangni ketmonlarini yuvib qo‘y”, “Аdangni soatlariga tegma”, ...Dadamning sharpasi uzoqdan sezilsa, oyim “ana, adanglar kelyaptilar” der, bizlar har qanday sho‘xlikni yig‘ishtirib, sipo tortib qolardik...” Аgar shu narsa “feodalizm” deb atalsa, bunaqa “feodalizm” ning boshidan suv o‘girib ichish kerak!” [7, 138.] Musulmon xalqlarida katta yoshdagi kishilarga, ayniqsa, otalarga nasihat qilish odobdan sanalmaydi. Аmmo “Аql yoshda emas – boshda” deganlaridek, inson bir umr – beshikdan to qabrgacha o‘rganib yashaydi. Zero, “Аvval biz bolalarimizga o‘rgatamiz. So‘ngra o‘zimiz ulardan o‘rganamiz. Kimki buni xohlamas ekan, o‘z davridan orqada qoladi” (Ya. Raynis). Shuning uchun bo‘lsa kerak, amriqolik psixolog Robert Stromning “Qanday qilib buva bo‘lish mumkin?” deb atalgan haftalik kursi tezda ommalashib ketdi. Soatiga o‘n dollar to‘lansa, bas, nevaralar bilan qanday muomala qilish to‘g‘risida ko‘p narsalarni bilib olish mumkin. 173 Ha, inson, u hatto o`z bolang bo`lgan taqdirda ham, gʼaroyib bir sinoatki, uning qalbiga har doim ham to`gʼri yo`l topib bo`lavermaydi. Buning uchun bolalarni dunyoga keltirishdan tashqari, ularni bir umr sevish va tinimsiz muloqotda bo`lishga to`gʼri keladi. Xo`sh, shunday ekan, ota va bola muloqoti qachondan boshlanadi? Ota o`z bolasini qachondan boshlab tarbiya qilishga kirishadi? Bu savol dono xalqimizning bola tarbiyasi haqidagi mashhur rivoyatni yodimizga soladi. Unda aytilishicha, yosh er-xotin to`ngʼich farzandlarini ko`tarib dongʼi olamga ketgan ulugʼ hakim Ibn Sino huzuriga borishibdi. – Bolamizni qanday tarbiyalash haqida maslahat bersangiz. Toki kamolga yetganda xalqqa foyda keltiradigan, eʼtiborli kishi bo`lsin, – debdi er. – Qachon tugʼildi? – so`rabdi ulugʼ hakim. – Uch oylik bo`ldi, – javob beribdi xotini. – Eh, azizlar, kechikibsizlar, debdi Ibn Sino, – uch oy oldin tugʼilgan ekan. Bola tugʼilishidan to`qqiz oy oldin uning tarbiyasi haqida qaygʼurish kerak edi. “Xotinni boshdan, bolani yoshdan” deyishgan axir... [7, 141.] Ha, xalqimizda farzandga mehr-muhabbat, uni qadrlash onada nishona ko`ringan chogʼdanoq talab etilgan. Chunonchi, homila paydo bo`lgach, muayyan muddatdan boshlab erkakning ayolga qo‘pol muomala qilmasligi, achchiq so‘z aytmasligi, aksincha, shirin orzular, yaxshi niyatlar, zavqli qo‘shiqlar, maroqli latifalar aytib, ayol ko‘nglini ko‘tarishi shart bo‘lgan. Bola tug‘ilgach esa qulog‘iga azon aytish bilan uning murg‘ak qalbiga ilk bor Yaratganning nomi va musulmon ohanglari muhrlanishi udum bo‘lgan. Biz o‘z dilbandi uchun jonini berishga ham tayyor turadigan bobolar avlodi ekanligimizni hech qachon yodimizdan chiqarmasligimiz kerak. Buning yorqin dalili sifatida ulug‘ bobomiz Bobur Mirzo hayotida ro‘y bergan bir hayotiy voqeani esga olishimizning o‘zi kifoya. ...Hali 47 yoshga ham to‘lmagan, shuhrati dunyoga ketgan, xalq orasida “G‘oziy” yaʼni, “Engilmas” degan yuksak unvonga loyiq bo‘lgan shoh Bobur o‘g‘li Humoyunga tabiblarning qarashlari foyda bermayotganligiga aqli yetganidan keyin o‘g‘li uchun o‘z jonini qurbon qilishga ahd qiladi. Bu haqda Boburning qizi Gulbadanbegim shunday yozadi: “Saroyning necha ulamoyi karomlari podsho hazratlarini bu qaroridan qaytishga undadilar. Lekin otam ko‘nmadilar... Ko‘ngillari ul hazratni oliy qurbonlikka undar edi. Yig‘lab, ko‘z yoshi to‘kayotgan saroy xodimlari orasidan o‘tib, Muhammad Humoyun yotgan xonaga kirdilar. Аkam to‘shakda og‘ir isitmada kuyib, xoldan toyib yotardilar. Otam uning boshiga borib, qo`llarini duoga ochdilar. So`ng vazmin qadam tashlab, uning atrofida uch karra aylandilar. Takror-takror dedilarkim: “Yo, Ollohi karim, uning dardini menga bergin! Unga kelgan balo menga ursin!..” So‘ng hazratning yig‘i aralash shu so‘zlari eshitildi: “Bergan sadaqam qabul bo‘di!.. Niyatimga yetdim!.. Murodimga yetdim!.. Ollohi karim tilagimni qabul ayladi!..” Falakning ishini qarangki, shu tariqa Humoyun sog‘aya, Bobur Mirzo esa betoblana boshlaydi va ikki oy o‘tgach, vafot etadi... [7, 146.] Ha, otalarning bolalar oldidagi burchlari, ularga qiladigan muomalasi ham bolalarning otalari oldidagi burch va qarzlaridan uncha katta farq qilmaydi. Zero, bugungi bolalar – ertangi otalardir. Аbdulla Oripov bashorat qilganidek, hayot deb atalmish “shiddatla tortilgan kamon” ularni ham bir umr bolalik olamiga bog‘lab qo`ygan emas: Otalar boladan ranjisa ozroq, Gohida shundayin so`zni deydilar: – Bolam, keksalarni qadrla ko‘proq, Bog‘lab qo‘ygan emas bizni, deydilar. Keksa dilingizga tushmasin titroq, Otalar, chayqalib turibdi olam. Siz ham bolalarni qadrlang ko`proq – Bog‘lab qo‘ygan emas, bolalarni ham... [6, 88.] Biz yuqorida oilaviy nutqiy etiket tadqiqining dolzarbligi va o‘zbek oilaviy nutqiy etiketining faqat ikki qirrasi: farzandlarning ota-onalarga, ota-onalarning esa o‘z farzandlariga qiladigan muomalalari xususidagi ayrim fikrlarni qisqacha tahlil etdik, xolos. Bu mavzuni 174 oilaviy nutqiy etiket olamiga, jumladan, o‘zbek oilalari nutqiy etiketining boshqa xalqlar nutqiy etiketi bilan qiyosiy tadqiq etish maydoniga dadil kirib kelayotgan yosh tilshunoslar [12] tomonidan davom ettirilishini davrning o‘zi talab qilmoqda. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling