Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

particular 
society, 
the 
norms 
of 
etiquette 
and 
socio-cultural 
speech 
norms. 
Key words: sociolinguistic studies, National mental factors, sociopragmatic studies, 
ethnolinguistics, ethnopsychology, cognitive psychology, psycholinguistics, sociolinguistics and 
social linguistics 
Yosh xususiyatlari deganda, kishining fiziologik xususiyatlaridan tashqari, uning yoshiga 
muvofiq qarashlari, xatti-harakatlari hamda axloqiy madaniy-meyoriy qoidalari tushuniladi. Biz, 
tadqiqotimiz mavzusidan kelib chiqib, yuqoridagi xususiyatlarning dastlabkisidan tashqari 
barchasi bilan qiziqamiz.
Yoshimiz ulg‘aygani sari biz bilan tengdosh kishilarning qanday harakat qilishi, qanday 
ko‘rinishi va o‘zini qanday tutishi kerakligi haqida madaniy tasavvur hosil qilamiz, ya’ni yosh 
xususiyatini rivojlantirib boramiz. Yoshimiz ulg‘aygani sayin esa do‘kon peshtaxtalaridagi yoki 
gazeta va jurnallarda reklama qilinayotgan kiyimlarga qarab, o‘zimizni juda keksa yoki juda 
yosh his qilamiz. Bu hislar yoshni qanday tushunishimiz, shuningdek, boshqa kishilarning 
yoshini qanday aniqlashimiz bilan bog‘liq bo‘ladi. Ayrim kishilar o‘zlarini 35 yoshda keksaygan 

Dotsent, “Profi University” sitoraoyqizim.gmail.com 


175 
hisoblashsa, boshqalar o‘zlarini 40 yoki 50 da ham yosh hisoblashadi. Yosh bilan bog‘liq 
bo‘lgan hech narsa bizning yosh yoki keksa ekanligimizni anglatmaydi. Bizning yosh haqidagi 
tasavvurlarimiz, ko‘pincha, ulg‘ayish bilan bog‘liq holda o‘zgarib boradi.
Zamonaviy tadqiqotlarda ijtimoiy omillarning nutqdan foydalanish xususiyatlariga 
ta’sirini hisobga olish zarurligi qayd etilgan. Hozirgi vaqtda pragmalingvistik omillarni parallel 
hisobga olish tendensiyasi tobora ko‘proq namoyon bo‘lmoqda, shunga qaramay, so‘zning 
semantikasini tahlil qilishda prinsipial yondashuv bir xil bo‘lib qolmoqda. Garchi ma’lum 
darajada bu sohaga kirishga ruxsat berilgan bo‘lsa ham, “ekstralingvistik” yondashuv doirasida, 
ona tilida so‘zlashuvchi uchun so‘zning ma’nosi jamiyatda ma’lum bir davrda mavjud bo‘lgan 
umumiy bilim ekanligini tan olish nazarda tutiladi. S.V.Lebedevning fikricha, evfemizm kabi 
umumiy ma’noli so‘zlarning tilda tarqalishi ijtimoiy omillarning ta’siri bilan, ulardan 
foydalanish jamiyatda o‘rnatilgan meyorlar va baholash tizimiga rioya qilish zarurati bilan 
bog‘liq. Bular hayotdan ketish, jinsiy aloqalar, fiziologik funksiyalar va boshqalar bilan bog‘liq 
bo‘lgan parafrazlar, masalan: u bizni tark etdi, vafot etdi [Лебедева С.В, 2009: 62-68]. 
Siyosatda evfemizmlar ijtimoiy nomaqbul hodisalarni neytrallash maqsadiga xizmat qiladi 
[Леонтьев А.А, 1997: 216]. Evfemiya va evfemizatsiya haqidagi zamonaviy lingvistik 
tadqiqotlarning muhim xususiyati ularning funksional jihatiga qiziqishning ortishidir. Shuni 
ta’kidlash kerakki, tijorat, siyosiy, ijtimoiy va boshqa mezonlarni farqlash evfemizmlar har doim 
vaqt, madaniyat va muloqot holati bilan shartlanganligini ko‘rsatadi.
Zamonaviy fan tomonidan e’tirof etilgan evfemiyaning ijtimoiy xususiyatlari bilan bog‘liq 
holda, S.N.Orlova iqtisodiy matbuotda evfemizmlarning paydo bo‘lish sabablarini aniqlashda, 
eng avvalo, iqtisodiy evfemizm belgilari bank, savdo-iqtisodiy sohalardagi salbiy hodisalarni 
yumshatishning og‘zaki vositalari sifatida ta’riflanib, ularning asosiy maqsadi – bu sohadagi 
salbiy hodisalarni pardalash ekanligi belgilab olindi [Орлова С.Н, 2010: 169]. Bizning 
tadqiqotimiz uchun muallifning fikri muhim:
Evfemiya diqqatni chalg‘itishning assotsiativ mexanizmi ta’siriga asoslangan keng 
ma’nodagi so‘zlarni ishlatganda salbiy reaksiyalarni yumshatish uchun psixologik himoya 
mexanizmi rolini o‘ynashi mumkin. Yangi ijobiy tilni yaratish uchun shaxslar “jamoaviy 
o‘yin”ga kirishi kerak.
Inson faoliyati uni doimo “olam obraziga” tayanishga majbur qiladi, bu esa tilda aks 
ettirilishi mumkin bo‘lmagan ma’lum his-tuyg‘ular, tajribalar, munosabatlar, baholarni keltirib 
chiqaradi. Hozirgi vaqtda jamiyatda muhokama qilinishi odatiy bo‘lmagan mavzular doirasi 
kengaydi, bu og‘zaki bo‘lmagan evfemistik aloqa vositalari tizimining kengayishiga olib keldi, 
chunki biz turli mentalitetga ega bo‘lgan odam bilan muomala qilamiz. Bu jamiyatdagi 
meyorlarning o‘zgarishi ta’sirida yo‘q bo‘lib ketuvchi haqiqiy axloqiy qadriyatlarni “qog‘ozga 
o‘rash” va inson ongiga yetkazish uchun boshqa ifoda vositalarini talab qiladi. A.A.Zalevskaya 
to‘g‘ri ta’kidlaganidek, “uni qo‘llaydigan odamning tili – bu subyekt integral psixikasining faqat 
bir tomoni”, demak, dunyoni idrok etuvchi shaxsning individual ongi uning voqelikni idrok 
etishdagi ko‘p qirrali tajribasi elementlarini o‘z ichiga oladi va bu tajriba til belgilari bilan bir 
qatorda boshqa semiotika belgilarini ham o‘z tarkibiga oladi [Залевская А.А, 2011: 80].
Tilshunos olima L.Raupova tadqiqotida ham yuqoridagi aytilgan fikrlarga mos keluvchi 
ma’lumotlarni uchratish mumkin. Chunki tilshunos so‘zlovchi va tinglovchining yoshiga ko‘ra 
farqlanishi ham alohida-alohida jamiyatlar sifatida qarash mumkinligini alohida e’tirof etadi. 
Haqiqatan ham bolalar nutqi bilan kattalar nutqi orasida anchagina tafovutlar mavjudligini 
hayotdan ko‘z yumish, vafot etish voqeasini turli yoshdagi kishilar turlicha yetkazishlarining 
tavsifiga diqqatini qaratadi. [L.R.Raupova, 2019: 138 :] 
1. 50 yoshlardagi kampir nutqi: 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling