Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

1.Restoran nomlari: Atiyaj. Qoraqalpoqcha milliy taomlari bilan tanilgan, milliy uslubda 
bezatilgan, 2013-yilda faoliyatini boshlagan restoran. Atiyaj qoraqalpoqcha birmuncha eskirgan 
va badiiy uslubga xos so‘z bo‘lib maqbul vaqt, qulay vaziyat, yaxshi holat ma’nolarini bildiradi. 
Mulk egasi bo‘lgan tadbirkor restoran nomlashga alohida e’tibor qaratgan va izohli lug‘atdan 
mazkur leksemaning yozilishini ko‘rib, aniq ma’nosini topib keyin nomlash jarayonini amalga 
oshirgan. 
ArtIzen. Evropa va milliy taomlari bilan tanilgan, evrouslubda bezatilgan, 2020-yilda 
faoliyatini boshlagan restoran. Atama qisqartma shaklda yasalgan bo‘lib, Art – san’at (ing.), Izen 
– Izentaev (qoraqalpoq rassomi) – familiyasining qisqartmasi ma’nosini ifodalaydi. Mulk egalari 
qoraqalpoq rassomi Izentaevning avlodlari hisoblanadi. 
Sofram. Asosan turk taomlari tayyorlanadigan, turk uslubda ta’mirlangan, 2021 yilda 
faoliyatini boshlagan restoran. Sofram so‘zi turk tilida dasturxonim (sofra – dasturxon, -m – -im 
egalik qo‘shimchasi) ma’nosini anglatadi. Restoran egasi turkiyalik tadbirkor hisoblanadi. 
Neo. Asosan Evropa va qisman milliy taomlari bilan tanilgan, evrouslubda bezatilgan, 
2003 yilda faoliyatini boshlagan restoran. Mazkur inglizcha so‘z “yangi” ma’nosini bildiradi. 
XXI asr boshlarida juda ommalashgan nom. 
Merlion. Asosan Evropa va qisman milliy taomlari tayyorlaydigan, 2004-yilda faoliyatini 
boshlagan restoran. Singapur ramzi hisoblangan baliq tanali she’r boshli afsonaviy jonzodning 
va Rossiyadagi yirik IT korporatsiyasining nomi. Mulk egalari koreys millatiga mansub. 
Falcone. Asosan milliy taomlari tayyorlaydigan, 2018-yilda qayta ishga tushgan (oldin 
Elita nomida bo‘lgan) restoran. Falcone italyancha so‘z bo‘lib, burgutning bir turi hisoblanadi. 
Atama shu ma’nosidan olingan. Mulk egasi qush boqishni hush ko‘radi. 


179 
Bacardi. Asosan Evropa taomlari hamda dengiz mahsulotlari bilan tanilgan restoran. 
2015-yilda faoliyatini boshlagan. Bacardi so‘zi Kubada yaratilgan alkogolli kokteyl nomi 
bildiradi. 
Las Vegas. Evropa va milliy taomlari tayyorlaydigan restoran. 2016-yilda faoliyatini 
boshlagan. Atama Amerikakadagi kazinolar shahri bo‘lgan Las Vegas nomidan olingan. 
Armada. Asosan milliy taomlari tayyorlaydigan restoran. 2010-yilda faoliyatini 
boshlagan. Armada ispancha qudratli flot, katta harbiy kuch ma’nolarini beradi. Sobiq harbiy 
bo‘lgan restoran egasi ta’rificha mazkur atama Arma (Arman) da (Damekulov) farzandining 
ismi va familiyasining qisqartmasi.
Otabek&Kumush. Asosan milliy va qisman evropacha taomlar tayyorlaydigan, 2012-
yilda faoliyatini boshlagan restoran. Nomlash “O‘tgan kunlar” milliy romani qahramonlari 
ismlaridan olingan. Restoran sohibasi o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisi.
KANN. Asosan evropacha, qisman milliy taomlar tayyorlaydigan, 2006-yilda faoliyatini 
boshlagan restoran. Atama restoran egasi oila a’zolarining ismlaridagi bosh harflarlardan 
tuzilgan abbreviatura. 
Edison. Evropacha va milliy taomlar tayyorlaydigan, 2017-yilda faoliyatini boshlagan 
restoran. Edison – elektr lampochkasini kashf etgan fizik olim. Restoran eski lampochkalar
avtomashina qismlari va boshqa antikvar jihozlar bilan bezalgan. Mulk egasi texnikaga 
qiziquvchi inson. 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling