Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mira opa.
- 3.To‘yxonalar
- Karvan saray.
2.Kafe nomlari: Alpamis. Qoraqalpoq xalq dostoni qahramoni nomi. Asosan milliy
taomlar tayyorlaydigan tamaddixona. Taxminan 2005-yillardan faoliyatini boshlagan. Tabassum. 2010-yillarda faoliyatini boshlagan milliy taomlar tayyorlaydigan kafe. Mulk egasi o‘zbek millatiga mansub bo‘lganligi uchun o‘zbekcha nom tanlangan. Mang‘it. O‘zbek va qoraqalpoq milliy taomlari tayyorlanadigan kafe. 2000-yillar boshida ochilgan. Mulk egasi Amudaryo tumanidan Mag‘itlik tadbirkor. Qaraqalpag‘im. Go‘shtli taomlar va shashlik savdosiga ixtisoslashgan kafe. 2018-yilda faoliyatini boshlagan. Gulistan opa. 2010-yillarda ochilgan. Mulk egasi bo‘lgan ayolning ismi bilan nomlanadi. O‘zbek milliy taomlari bilan mashur tamaddixona. Mira opa. 2014-yilda ochilgan. Mulk egasi bo‘lgan ayolning ismi bilan nomlanadi. Evropa va qoraqalpoq milliy taomlari tayyorlanadigan kafe Okean. Asosan baliq taomlari tayyorlanadigan kafe. Faoliyatini 1998-yilda boshlagan. Restoran egalari koreys millatiga mansub. 3.To‘yxonalar: To‘yxonalarga qo‘yilgan nomlar xalq dostonlari, doston qahramonlari, saroylar, shuningdek, milliy tushuncha birliklari hisoblanadi. Qirq qiz. 1995-yillarda ochilagan to‘yxona. Xalq dostoni nomi bilan atalgan. Graf. 2010-yillarda ochilagan to‘yxona. Graf nemischa so‘z bo‘lib, qirollik boshqaruvidagi mansabdor shaxs nomi. Turkistan. 2017-yilda ochilgan. Turon zamini nomi ma’nosida qo‘llanilgan. Karvan saray. 2008-yilda ochilagan to‘yxona. Karvon saroy karvonlarning to‘xtashi va dam olishi uchun mo‘ljallangan joy nomi. Shax saray. 2015-yilda ochilgan. Shoh saroyi ma’nosida qo‘llanilgan. Nur saray. 2016-yilda ochilgan. Nurli saroyi ma’nosida qo‘llanilgan. Sultan saray. 2020-yilda ochilgan. Sulton saroyi ma’nosida qo‘llanilgan. Yakka saray. 2021-yilda ochilgan. Yolg‘iz, yagona saroy ma’nosida qo‘llanilgan. Savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari nomlanishi ko‘p yillar davomida tahlil qilinmagan va e’tiborsiz qoldirilgan. Afsuski bu holat haligacha qisman bo‘lsa-da davom etmoqda. Umuman olganda savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlaridan restoran, kafe va to‘yona nomlari tahlilga tortilganda quyidagi jihatlar e’tiborimizni tortdi. 1. Obyektni nomlashda mulk egasining millati, qiziqishlari, yashash hududi kabi omillar yetakchilik qiladi. 180 2. Restoranlarni nomlashda ko‘proq xorijiy jarangdor so‘zlarga murojaat qilingani kuzatiladi. 3. Kafelarga nom berishda mulk egasi bo‘lgan shaxs ismiga va yashash hududiga ko‘proq etibor qaratilgani kuzatiladi. 4. To‘yxonalarga ko‘proq milliy nomlar berilganligi ma’lum bo‘ldi. 5. To‘yxonalarni nomlashda trendga aylangan so‘zlarning keyingi obyekt nomlanishida ikkinchi komponent sifatida qo‘llanilishi (“saroy” so‘zi) kuzatiladi. 6. Keyingi besh yillikda ishga tushgan restoran, kafe va to‘yona nomlarida milliy atamalar ko‘proq qo‘llanilayotganligini kuzatish mumkin. Savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini nomlashda milliylik masalasiga etibor qaratish keying yillarda yo‘lga qo‘yilayotgan jaroyondir. Obyektlarini nomlash muammosi ko‘p yillar davomida e’tiborsiz va tartibsiz holda bo‘lgan. Mazkur sohaning ilmiy tadqiqotlarga asoslangan holda rivojlanishi milliy-madaniy nomlarning trendga aylanishida xizmat qiladi, degan umiddamiz. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling