Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- SAVDO OBYEKTLARINI NOMLASH TAMOYILLARI (NUKUS SHAHRI RESTORAN, KAFE VA TO‘YXONALARI MISOLIDA) PRINCIPLES OF NAMING COMMERCIAL OBJECTS
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Лебедева С.В. Содержание и специфика термина “проксиматика”// Вопросы психолингвистики. – 2009. – № 10. – С. 62-68. 2. Леонтьев А.А. Язык, речь, речевая деятельность. – Изд. 2-е, стереотипное. – М.: Смысл, 1997. – 216 с. 3. Орлова С.Н. Причины появления эвфемизмов в экономической прессе // Вестник Университета российской академии образования. – М., 2010. – № 5 (53). – С. 169. 4. Залевская А.А.Значение слова через призму эксперимента: монография. – Тверь: ТГУ, 2011. – С. 80. 5. Nutq madaniyati. L.Raupova. . – Innovatsiya ziyo. 2019. – T.: -B.138. 6. O‘.Hoshimov. “Ikki eshik orasi”romani. “Yangi asr avlodi” nashriyoti, -T.: - B.584 SAVDO OBYEKTLARINI NOMLASH TAMOYILLARI (NUKUS SHAHRI RESTORAN, KAFE VA TO‘YXONALARI MISOLIDA) PRINCIPLES OF NAMING COMMERCIAL OBJECTS (NUKUS CITY AS AN EXAMPLE OF RESTAURANTS, CAFES AND WEDDING VENUES) Farhod Bobojonov * Annotation. The article covers the relationship between naming and naming service, the formation of the naming system in Uzbek, the problems in choosing or creating a name in the state language, the analysis of the names of restaurants, cafes and wedding halls in the city of Nukus. Key words: naming, naming, naming principles, naming service, naming, naming service, nationality, popularity, sonority, compactness, territorial compatibility, naming trade, production and service facilities, restaurant, cafe and wedding hall names. O‘zbek tilida keyingi yillarda neyming atamasi tilshunoslikka doir ilmiy ishlarda, biznesga doir matnlarda ko‘p uchraydi. Neyming termini nomlash, nom berishga nisbatan ishlatilsa-da, ma’no doirasi, qo‘llanish obyektiga ko‘ra so‘zlashuv nutqiga xos nom so‘zidan farq qiladi. “O‘zbek tilida nom so‘zi borliqdagi har qanday narsa-predmet, voqea-hodisa, belgi-harakat, miqdor kabilarga nisbatan ishlatiluvchi so‘z bo‘lsa, neyming ishlab chiqarish va savdo-sotiq obyektlari, mahsulotlar, ularning markasi (brendi) nomlarini qamrab oluvchi terminologik birlik ekanligi bilan xarakterlidir. Bu termin zamonaviy tilshunoslikka ham aynan shu ma’nosida kirib * Filologiya fanlari nomzodi, dotsent. Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAU huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘linmasi rahbari 178 keldi va bugungi kunda ishlab chiqarish va savdo-sotiq obyektlari, mahsulotlarni nomlashning lingvistik jihatlarini o‘rganuvchi faoliyat turiga nisbatan faol ishlatilmoqda.”[2] Obyektlarni davlat tilida va milliy an’analardan kelib chiqqan holda nomlashni muvofiqlashtirish tizimini huquqiy tomondan tartibga solishga, nomlashni davlat tilida amalga oshirishga keying yillarda hukumat darajasida e’tibor qaratilyapti. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-martda qabul qilingan “Savdo, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlariga nom berishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 144-sonli qarori [1] sohaning rivojlanishi uchun huquqiy asos vazifasini o‘taydi. Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda ko‘plab obyekt va hududlarni davlat tilida nomlash masalasi ko‘tarilmoqda va bu borada salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Yangidan tashkil etilayotgan savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari, qo‘shma korxonalar, firmalar va boshqa xo‘jalik birlashmalarini milliy brend darajasiga ko‘tarila oladigan nomlar bilan atashda tilshunoslarning tavsiyalari muhim o‘rin tutadi. Tilda har qanday nom til hamjamiyati vakillari ongida qandaydir borliq tasavvurini yoki mavhum tushunchaning in’ikosini shakllantirishi lozim. Ya’ni nomlash jarayonidagi eng muhim jihat nom inson ongida predmet yoki tushunchaning vizual modelini yaratishi kerak. Shuningdek, nomlashda milliylik, ommaboplik, jarangdorlik, ixchamlik, hududiy muvofiqlik kabi talablarni ham hisobga olish zarur. Savdo, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlariga nom berish masalasini Nukus shahridagi restoran, kafe va to‘yxonalar misolida ko‘rib chiqqanimizda nomlash bilan bog‘liq qiziqarli xulosalarga keldik. Qoraqalpog‘iston poytaxti Nukus shahrida, umuman Qoraqalpog‘istonda o‘zbek va qoraqalpoq tillari davlat tili hisoblanadi. Shu bois tashqi yozuvlar, savdo obyektlarining nomlari har ikki tilda ham yozilishi mumkin. Biroq tilakka qarshi eng ommabob savdo obyektlari hisoblangan yirik restoran va to‘yxonalarning nomlanishi jarayonlarini o‘rganib chiqqanimizda, ularning aksariyati xorijiy so‘zlar ekanligi ma’lum bo‘ldi. Tahlillarimizda obyektlarning turlari va nomlanish davriga e’tibor qaratish orqali qiziqarli natijalarni qo‘lga kiritdik. Savdo obyektlaridan ommabop, xizmat ko‘rsatish sifati bo‘yicha Nukus shahrida top 10 talikka kiritilgan restoran, kafe va to‘yxona nomlarini tahlil obyekti sifatida tanlab oldik. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling